(Shoshilib qilingan ishlar nechog’liq yaramas bo’ladi.
Shoshib pishirilgan oshni iste’mol qilsa, kishi xasta bo’ladi.
Shoshqaloqlik-barcha adashgan kishilar ishi,
Ehtiyotkorlik-barcha ezgu kishilar ishi.)
Shunday qilib, Yusuf Xos Hojib feodal tendentsionalligi va klerikal aqidalar
zaminida tutilgan ziddiyatlarga qaramay o’z davrining progressiv axloqiy-ta’limiy
qarashlarini ilgari so’rgan atoqli ma’rifatparvar va murabbiy sifatida gavdalanadi.
Ahmad Yugnakiy iste’dodli shoir va donishmand murabbiydir. Undan saqlanib
qolgan yagona adabiy meros «Hibbatul-haqoyiq» badiiy so’z san’ati va adabiy
tilning juda qimmatli hamda nodir yodgorligidir.
Ahmad Yugnakiyning hayoti va faoliyati haqida nihoyatda oz ma’lumot
saqlanib qolgan. Uning hayot yillari, ijtimoiy turmushi va boshqalari ma’lum emas.
«Hibbatul-haqoyiq» ning ayrim misralari va ayrim nusxalariga boshqalar tomonidan
yozilgan qaydlar shoirning hayti va faoliyati haqida bir oz bo’lsa ham, tasavvur hosil
qilishga imkon beradi.
«Hibbatul-haqoyiq» ning tekstida kitobning yozilgan yili, joyi, hatto nomi ham
ko’rsatilmaydi. Faqat bir baytda shoir o’z nomini tilga oladi:
Adib Ahmad ayttim adab, pand so’zum, So’zum munda qolur, bour bu o’zim.
Bu qaydlardan shoirning nomi Adib Ahmad, otasining ismi Mahmud, vatani
Yugnakiy, kitobning nomi «Hibbabul-haqoyiq» («Haqiqatlar armug’oni») ekani
ma’lum bo’ladi.
Amir Sayfiddin degan kishi sharafiga aytilgan ikkinchi qaydda Adib Ahmad
haqida bunday deyilardi:
Adiblar adibi, fozillar boshi,
Guhartin so’z aytmish, etin so’z bishi.
(Adiblar adibi, fozillar boshi gavhardan so’z aytish, go’zal so’zlar o’ylab
chiqardi).
Ugan rahmat etsun, bu soat anga,
Yarin qo’psa, bo’lsun eranlar boshi.
(Shu damda Xudo uni rahmat qilsin, tirilsa mardlarga bosh bo’lsin).
1. «Hibbatul-haqoyiq» ayrim qo’l yozma va nashrlarda «Aybatul-aqoyiq»
(axming tushib qolish hodisasi Qadimgi turkiy tillarga xosdir) va «Atibatul-
haqoyiq» tarzida yozilgan.
2. Yugnak (yoki Yug’noq) nomli joy Farg’ona vodiysida ham, Turkiston va
Samaraqand atrofida ham bo’lgan, lekin Ahmad Yugnakiyning bo’lardan qaysi
birida tavallud topgani aniq emas.
Bu qayd Adib Ahmadning shuhratli shoir va fozil kishi bo’lganini ko’rsatadi.
Nihoyat, ma’lum shaxs tomonidan yozilgan qaydda shoirning ko’zi ojiz
bo’lgani va kitobning 14 bobidan iborat ekanligini aytadi:
Tug’ma ko’rmas erdi adibning ko’zi,
Tuzatdi bu o’n to’rt bob ichra so’zi.
Ahmad Yugnakiy haqidagi ma’lumotlar shulardan iborat. Biroq shoirning
«Hibbatul-haqoyiq» dostoni bu ma’lumotlarni bir muncha to’ldirishga, doston
avtorining yashagan davrini taxmin qilishga imkon berdi.
Birinchi jahon urushi boshlarida turk olimi Najib Osim Istambuldagi Ayo-
Sufiya masjidining kutubxonasida mo’g’ul tilidagi rassoil (risolalar) to’plamiga
kiritilgan bir qo’l yozmani topdi. Qo’l yozma turkiy tilda bo’lib, u mo’g’ulcha xatlar
to’plamiga yangilish kiritilgan ekan. Topilgan qo’l yozma hali ilm-olamiga ma’lum
bo’lmagan Ahmad Yugnakiyning «Hibbatul-haqoyiq» dostoni bo’lib chiqdi. Qo’l
yozma hijriy 884 yilning 7 zulqa’da oyida (1480 yilning 30 yanvarida) Istambulda
Abdurazzoq Baxshiy tomonidan ko’chirilgan bo’lib, uyg’ur yozuvi bilan
ko’chirilgan tekstga misralardan keyin arabcha transkriptsiyada va fors-tojik tilida
ayrim izohlar ham beradi.
«Hibbatul-haqoyiq» ning 1480 yilda ko’chirilgan nusxasidagi noma’lum shaxs
tomonidan yozilgan qaydda dostonning 14 bobdan iborat ekanligi aytilgan edi. Biroq
«Hibbatul-haqoyiq» ning o’sha 1480 yilda ko’chirilgan nusxasi 235 bayt. U ikki
bobdan tashkil topgan. Dostonning 3-4 boblari ahmad Yugnakiyning Dod-
Sipaxsolordan in’om va ehson ko’tganini ravshan ko’rsatadi.
5-bob (40-62 baytlar) bilan maqtovi va johillikning zarariga, 6-bob (63-86
baytlar) til odobiga, 7-bob (87-110 baytlar) dunyoning foniyligiga, 8-bob saxiylik
va bahillikka, 9 va 10 boblar (176-226 baytlar) turli masalalarga ba-ishlangan bo’lib,
11-bob (227-235 baytlar) kitobning xotimasidir. Avtor xotimada kitobxonga
murojaat qilib bunday deydi:
(Hikmatli so’z va nasihat kitobini bitdim, uni kim o’qisa, asal totgandek bo’ladi.
Men, Adib Ahmad, odob-pand so’zlarini aytdim, so’zim qoladi, o’zim o’lib
ketaman. Kuz keladi, yoz o’tadi, um o’tib boradi, bu yoz va kuzlarning umrini
tugatdi. Shuning uchun men turkcha kitobni yaratdim, istasang uni ma’qulla,
istasang malomat qil. O’zim (o’lib) ketganda, nomim qolsin deb, bu tansiq so’zlarni
yodgorlik uchun bitdim).
Ahmad Yugnakiy O’rta Osiyo ilm-fanining yirik o’cholaridan biri bo’lib,
olamshumul fan arboblarini etishtirgan bir davrda yashadi. U diniy mistik
adabiyotning namoyondalari singari insonning ilmiy faoliyati va qobiliyatini
qoralamaydi, mutakallimlar kabi din-shariat dogmalarining ilm-fanga qarshi kurash
vositasi qilib qo’ymaydi, balki u Yusuf Xos Xojib kabi ilm-fanni yoqlaydi, olimlar
va fozillarni ulug’laydi, ma’rifatparvarlikni tartib qiladi, kishilarni ilmli, ma’rifatli
bo’lishga chaqiradi, joxillikka qarshi kurashadi.
Ahmad Yugnakiy ilm-ma’rifatni «Hibbatul-haqoyiq» ning markaziy
masalalaridan biri qilib qo’ydi, dostonning asosiy qismini (5-bob-2nav) xuddi shu
masala bilan boshladi, boshqa bobolardagi axloq-odob masalalarini ham ilm-
ma’rifat va olimlar donishmandligi bilan bog’ladi. Doston Ahmad Yugnakiyning
XII asrning donishmand ma’rifatparvari va ilmning jarchisi sifatida gavdalantiradi.
Shoir olim bilan johilni bir-biriga qarama-qarshi qo’yadi, olim bilan baxt-saodat
yo’lini topsa, johil nodonligi tufayli ko’rgiliklarga giriftor bo’ladi, ilm va olimni
qadrlash, ilm o’rgatishga tirishish lozim deydi:
(Bilim to’g’risida so’zlamoqdaman, so’zimni yaxshi tingla, bilimdon kishilarga
o’zingni bog’la. Bilim bilan baxt-aodat yo’llari o’rganiladi, bilim egallab saodat
yo’lini top. Bilimli kishi qimmatli oltindir. Johil bilimsiz kishilar arzimas qalbaki
(aqcha) dir, bilimsiz er ayol (zaifa) dir. Suyakka ilik, er kishiga ilm kerak. Erning
ko’rki aql, suyakning ko’rki ilmdir. Bilimsiz iliksi suyakdek bo’sh-quriqdir, iliksiz
suyakka qo’l uzatmaydilar. Er kishi bilan o’rganib, bilguvchi bo’lib qoldi, bilimsiz
tiriklikda ko’rguliklar ichida qoldi. Bilimli o’r o’lsa ham,oti o’lmaydi,bilimsiz kishi
hayot chog’ida ham uning oti o’likdir.)
«Hibbatul-haqoyiq» didaktik doston bo’lib, axloq-odob maslalari undagi
ko’pchilik boblarning tematik asosini tashkil etadi. Shoir til odobi saxiylik, baxillik,
kamtarlik, ezgulik va boshqalar haqida xuddi Yusuf Xos Xojib kabi zamonasining
peshqadam murabbiysi sifatida fikr yuritib, kishilarga o’git beradi.
Rost, sog’lom va mazmunli so’zlashish, kerak bo’lganda, sir saqlay olishni
matab, laqmalik, yolg’on so’zlash va sergaplikni qoralagan shoir tilni tiyish
odobning boshi deydi:
(Eshitgil, olimlar nima deb ayturlar: adablarning boshi til saqlashdir, tilingni tiy,
toki tishingni sindirsin, agar tilingni tiymasang tishing sinadi. Er kishi ehtiyot bilan
sog’lom so’zlaydi,ko’p gapirgan til yovsiz dushmandir. Bekor so’z so’zlashdan
saqlan, tiling bo’shlig’i bir kuni boshga etadi. Tili bo’sh odam aqlli bo’larmidi. Bu
tilning bo’shlig’i boshini eydi. Agar kishida ikki narsa biriksa: u o’rinsiz so’zlar
bilan laqmalik qilma, ikkinchidan, uning so’zlari yolg’on bo’lsa, u kishi uchun
muruvvat yo’llari berkiladi. )
Shoir kishilarni birovni achchiq va yomonso’zlar bilan ranjitmaslikka chaqirib,
tilning yarasi bitmas yaradir deydi:
(Tiling bilan uch hissini qo’zg’ama, bil, o’q yarasi bitib ketadi-yu, lekin til
yarasi bitmaydi).
Shoir dostonning to’rtinchi navida sahiylik va baxillik haqida so’zlab, himmat
va sahiylikni baxillik va ziqnalikka qarama-qarshi qo’yadi, bu masalalarga doir
pandomiz mulohazalarini, qisman bo’lsa-da, boshqa boblarga singdiradi, badiiy til
vositalaridan, xususan, o’xshatishlardan va xalq maqollari hamda ta’birlaridan
foydalanadi.
(Maqtamoqchi bo’lsang, sahiylarni maqta, baxillarga o’q-yoyni to’g’irla),
degan shoir sahiylik ta’rifida aytadi:
Himmat va saxovatni insonning eng yaxshi fazilati sifatida ta’riflagan Ahmad
Yugnakiy kishilarni qashshoqlarga, muxtojlarga, sitamdidalarga, qaramli va
mushfiq bo’lishga chaqiradi:
(Yaro (yaxshi) oshingni yaxshilarga edir, qodir bo’lsang, yupun-
yalong’ochlarni kiyintir. Zinxor kishilarga zulm-mashaqqat etkazma, agar shunga
mubtalo bo’lgan kishini ko’rsang, uni bu balodan qo’tqar.)
Unday kishilarning do’stligi ham quruq so’z va yasamalikdan iboratdir:
(Do’stlik majaz bo’ldi, qani haqiqat? Ming kishini ichida bitta ham to’g’ri kishi
topilmaydi. Ko’p kishilar ichdan otqindir, do’sting to’g’ri bo’lib ko’rinsa ham, buni
uning sirtqi ko’rinishi deb bil.)
Shoir amaldorlarni, zodagonlarni marhamatli va shafqatli bo’lishga chaqiradi,
arzimas sabab yoki biror bahona bilan kishilarni o’limga mahkum qilish va
jazolashga qarshi isyon qiladi:
(Agar bir ayb qilib bosh kesilsa, dunyoda biror tirik odam qolmaydi. Ahmad
Yugnakiy ko’pni mensimagan mutakabbir va balandpravoz kishilarni qoralab,
kamtarlik va xushtavozolikni targ’ib qiladi:)
(Yana kerak bir so’zim bor senga, uni senga aytmoqchiman, menga quloq sol!
Bu so’z shundan iborat: mutakabbirlikni boshingdan chiqar, tavoze bo’l, shu xislatga
etish, unga tomon bor.)
(Ulug’liqqa etsang, engiltak bo’lma, atlas kiysang agar, bo’zini unitma.)
B. Marg’iloniy Ali ibn Abu Baxr al-Farg’oniy ar Rishtoniy taxminan 1150-1197
yillarida yashagan. Fiqx olimi Burxoniddin Rishton qishlog’ida tug’ilib, Buxoro
madrasasida ta’lim olgan. Marg’ilondagi madrasada mudarislik qiladi. Ko’p yillik
muallimlik faoliyati asosida bir qana fiqx ilmiga, pedagogika doir risolalar yaratadi.
«Ilimga kirishuvchi uchun birinchi asos»(«Bidoyat al mubtabiy»), «Mashabning
yoyilishi», «Nashr al-mazxab», «Tajnis haqida kitob», («Kitob at tajmis»), «Ziyoda
qilish», («al-Mazid»), «Hat marosimlari», («Manosik al xaj»), «Farzandlar haqida
kitob», («Kitob al-faroiz») shular jumlasidandir. «Bidoyat al-mubtadiy» kitobi
mashhur bo’lib, 8 jilddan iborat. «Kifoyat al-muntaxiy» («Ilimni nihoyasiga
etkazuvchining qanoatlanishi») nomli katta sharh yozgan keyincha unga «al-
Hidoya» («Qo’llanma») nomli qisqa sharh yozgan. Bu sharh O’rta Osiyo, Hindiston,
Turkiyada keng tarqalgan. Bu risolada Sharq mamlakatlaridagi madrasalarda asosiy
qo’llanma bo’lib kelmoqda. Asar fors, ingliz va rus tillariga tarjima qilingan.
«Uning «Ilmga kirishuvchi uchun birinchi asos» risolasi o’ziga xos pedagogika
darsligidir. Kitobning bilimlarini o’zi uning amaliy ahamiyatidan dalolat beradi. U
haqda mutafakkir shunday yozadi: «Ilimga kirishuvchi uchun birinchi asos» ni
qo’yidagi bo’limlarga bo’ldim: fanning, «bilim»ning mohiyati va uni
takomillashtirish tarixi; ta’lim jarayonida ongli intilish; fanni o’qituvchini, o’rtoqni
va sharoitni tanlash, qunt, qobiliyat intilish, darsni boshlanishi, uni davom ettirish
vaqti, tashkil etish tartibi haqida; yodda saqlab qolish tartibi haqida; umid, ishonch
haqida; bilim olish vaqti haqida; bilim olish vaqtida Xudodan qo’rqish haqida; yodda
saqlab qolish va unitilish; umrining uzayishi va qisqarishi haqida».
Fanning va bilim olishning mohiyati haqidagi bilimda hadis ilmidan kelib chiqib
«har bir muslim va muslimani bilim olish sasosiy burchi»deb ko’rsatiladi. Bilim
olishda sharoit davr talabibosh mezon ekanligi va hayotda zaruriy bilimlarni
egallashni ko’rsatadi. (Meditsina). Tibbiyot ilmini bilish zarurligini ta’kidlab hatto
payg’ambar ham davolanganligini misol keltiradi. «Fan ikkiga bo’linadi»-deb
qonunshunoslik va e’tiqod fani, hamda inson tanasi haqidagi tibbiyot fani ekanligini
tahlil etadi. Mutafakkir asosan insonshunoslik fanlari haqida muloxaza yuritib qalb
va tana uyg’unligini ko’rsatadi. Risolani pedogagik jihatdan qimmatli XII asr
o’rtalarida ta’lim qonuniyatlariga qo’l urishidir. «Ta’lim jarayonida ongli intizom»
bo’limida, muallif «-Har kimning ishi uni aniq maqsadga yo’nalganligi bilan
belgilanadi»-deb yozadi. Fanni o’rganayotgan nima uchun o’rganayotganini o’ylab
ko’rishi kerak. Ilm ahli fanni, olimlikni qadrini tushirmasligi, kamtar bo’lishi talab
etiladi»-degan edi.
Qo’llanmaning «Fanni, o’qituvchining, o’rtoqni va sharoitni tanlash» bobida
didaktik jihatdan qimmatli masalalarni talqin qiladi. Ayniqsa nimani o’rganish,
ta’limni mazmuni masalasini ta’kidlasa bo’ladi. «Fanni o’rganayotgan eng zarurini,
ayni sharoit uchun eng qulayini o’rganishni» tavsiya etadi.
Bugungi kunda huquqiy, demokratik ta’lim sari borayotganda B.
Marg’iloniyning muhitni hisobga olgan holdao’qituvchini tanlash masalasi
mulohazaga loyiq. Bugungi ta’lim inqirozi sabablaridan biri ham ko’p o’chraydigan
o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabat uyg’unligini yo’qligida, ziddiyatda
deb tan olinmoqda. O’qituvchi noto’g’ri tanlasa, bilimdan ham judo bo’linadi-deb
ko’rsatiladi. Shu bo’limda bilim olishda chidamlilik, iroda zarurligini, tinmay
izlansa va o’qisa maqsadga etisha olishini uqtiradi.
«Bilim olishda 6 narsa kerakligini: sezgirlik, kuchli xohish, chidamlilik, bir
burda non, o’qituvchi maslahati, etarli vaqt» deyiladi. «Do’st tanlashda,
olijanobligini, to’g’ri fazilatni hisobga olish, xo’shyoqmas, dangasa, sergap,
jinoyatchi va o’g’ridan uzoqroq yurishni» afzal deydi.
Xalq maqolidagi «Do’sti kimligiga qarab kishini qadr-qimmatini baholash
alohida ta’kidlanadi.
B.Marg’iloniy maslahatli ish hayotiy zaruratligini quyidagi fikrida isbotlashga
harakat qiladi: «Kishi hech qachon maslahat ishdan zarar ko’rmaydi. Deydilarki:
odam xali o’zi yarim odam. Haqiqiy odam o’zini to’g’ri fikri bo’lgan va boshqalar
bilan ham maslahatli ish qiladigan kishidir. O’zining mustaqil fikri bo’lsa ham
maslahatlashmaydigan yoki boshqalarni aytganini qilib o’zini mustaqil fikri
bo’lmagan odam yarim odamdir»-deydi.
Fanni va ustozni qadrlash bo’limi ham pedagogika tarixida ilk bor talqin etiladi.
Bilim olishda fanni va o’qituvchini hurmatlash bosh mezon ekanligi-fanni
hurmatlash o’qituvchini hurmatlash, o’qituvchini hurmatlash fanni hurmatlash bilan
o’lchanishini o’qtiradi. B. Marg’iloniy o’quvchini bilim olishda o’qituvchini quli
sifatida talqin qilib, A. Navoiydan oldinroq, «Bir harf o’rgatgan kishiga ming dirham
loyiq deb yoritadi». Shu bilan birga bilim olishda birga bilim olayotganlarni ham
qadirlash, ularni ham hurmatlab bir-biridan bilim bahrasidan foydalanish, o’zaro
bilim olishni maslahat beradi.
Bilim olishda qunt, harakat bo’lishi o’ziga xos didaktik ahamiyatga ega: «Bilim
olishda qunt bosh masala, izchillik uning o’lchovidir. Bilim izlovchi avvalo darsdagi
qunti, tirishqoqligi va tunlari bilan takrorlashi orqali bunga erishadi. Bilim olishda
oqshomdan tonggacha vaqt eng qulay vaqtdir».
Shu bilan birga mashhur pedagog B. Marg’iloniy aqliy mehnatni
murakkabligini, unda me’yor bo’lishini ko’rsatadi: «Bilim oluvchi o’zini haddan
tashqari qiynalmasligi yoki o’qishni to’xtatib qo’ymasligi, balki ma’lum
mo’’tadillik, o’rtachalik, izchillik kerak. Mo’’tadillik har bir narsaning asosidir»-
deb yozadi.
Bilim olishdagi faollik o’qigan bilan birga o’qishda ko’rinadi. Shuning uchun
mulohazalik, fikr qilish ta’limning bosh mezoni sifatida ko’rsatiladi.
Asrlar bo’yi dunyoda sinf dars tizimini asoschisi sifatida Ya.A. Komenskiy deb
kelindi. B. Marg’iloniy ushbu qo’llanmada «Darsni boshlanishi, uni davom etish
vaqti va uni tashkil etish» bo’limida darsning ilmiy asoslarini tiplarini ko’rsatadi.
Ta’limdagi izchillik ham, ta’limni bolalarni imkoniyatiga mos bo’lishi qonuniyati
ham B. Marg’iloniy tomonidan asoslab berilgan. «Shuni e’tiborga olish kerakki»
deb yozadi, dars vaqti bilimni boshlovchi uchun ozroq tez o’zlashtiradigan bo’lishi.
O’quvchiga material oddiy tushunadigan bo’lishi zarur.
O’qituvchi darsda o’tgan mashg’ulotlarni ham takrorlashi juda foydalidir.
O’quvchilar darsda o’zi tushunmagan narsani yozib olmasligi kerak, aks holda
bo’shliq mulohazasizlikka olib boradi, deydi.
«Bilim oluvchi uchun har qanday sharoit va har qanday aqt, har kimdan
qulaydir». Birinchi kun darsni 5 marta takrorlashi, uchinchi kun 3 marta takrorlashni
tavsiya etadi.
Ta’lim musohabani, bahsni hamiyatini olim ishonchli asoslaydi. «bilim
olishning qulay vaqti bo’limida bilim olishni beshikdan to tobutgacha»-degan
iborani ishlatiladi.
Bilim olishda yozib borishni ma’lum topadi. «Yoddan chiqish mumkin yozuv
esa doimo qoladi»-deydi. «Hayot qisqa bilimni chegarasi esa keng»-deb vaqtni
bekorga ketgazmaslikni o’qtiradi. Shunday qilib, faqatgina B. Marg’iloniy bir
risolasining tahliligina uning ta’lim jarayoni qonuniyatlari haqida qimmatli meros
qoldirishdan dalolat beradi. Pedagogika faniga asos soluvchilardan biri bizning
bobokalonimiz ekanligi ham fahrlidir.
Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat barpo etilishi va
uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo’shgan hissasi
Аmir Temur hаyotlik dаvridаyoq uning hаrbiy sаn’аti vа dаvlаt boshqаrish
uslubigа bаg’ishlаngаn mаxsus аsаr yarаtilib, u «Temur tuzuklаri» nomi ostidа
shuhrаt topаdi. Bu аsаr shаxsаn Temurning og’zidаn yozib olingаn deb hisoblаnаdi.
Undа dаvlаtni boshqаrishdа kimlаrgа tаyanish, toj-u tаxt egаlаrining tutumi
(yo’nаlishi) vа vаzifаlаri, (vаzir vа qo’shin boshliqlаrini sаylаsh, sipohlаrning
mаoshi) mаmlаkаtni idorа etish tаrtibi, dаvlаt аrboblаri vа qo’shin boshliqlаrining
burchi vа vаzifаlаri, аmirlаr, vаzirlаr vа boshqа mаnsаbdorlаrning toj-u tаxt oldidа
ko’rsаtgаn аlohidа xizmаtlаrini tаqdirlаsh tаrtibi vа boshqаlаr xususidа bаyon
etilаdi.
Аmir Tеmur umr bo’yi quyidаgi o’n ikki tаmоyilgа аmаl qilgаn:
o
Hаr еrdа vа hаr vаqtdа islоm dinini qo’llаb-quvvаtlаgаn.
o
Dаvlаt ishlаrini kеngаsh аsоsidа bоshqаrgаn.
o
Sаlаtаnаt ishlаrini murоsаyu mаdоrа оrqаli yurgizgаn.
o
Dаvlаt ishlаrini qоnun-qоidа vа tuzuklаrgа аsоslаnib bоshqаrgаn.
o
Аmirlаr vа sipоhiylаrgа hurmаt ko’rgаzgаn.
o
Аdоlаt vа insоfgа tаyangаn.
o
Fuqаrоlаrgа izzаt-hurmаt ko’rgаzgаn.
o
Аzmu jаzm bilаn ish tutgаn.
o
Rаiyat аhvоlidаn dоimiy оgоh bo’lgаn.
o
Turku tоjik, аrаbu аjаmning turli tоifаlаrigа hurmаt ko’rsаtgаn.
o
Do’stlаrni unutmаgаn vа ulаrgа yordаm bеrgаn.
o
Hаr jоydа sipоhiylаrni hurmаt qilgаn.
“TЕMUR TUZUKLАRI”DАGI
O’GITLАRNI MОHIYATI VА
VАZIFАSIGА KO’RА
QUYIDАGI GURUHLАRGА
АJRАTISH MUMKIN:
“TЕMUR TUZUKLАRI”DАGI
O’GITLАRNING АХLОQ VА ОDОBGА
DОIR TURLАRI:
1. Din vа shаriаtgа dоir.
2. Dаvlаt vа uni idоrа etishgа dоir.
3. Kеngаsh o’tkаzishgа оid.
4. Pоdshо vа vаzirlаrgа dоir.
1. Аdоlаt vа аdоlаtsizlik.
2. So’z vа ishоnch birligi.
3. Do’st vа dushmаnlik.
4. Bоtirlik vа qo’rqоqlik.
5. So’z vа shirin-suхаnlik.
“Tеmur tuzuklаri”dаgi hikmаtlаrdаn nаmunаlаr:
1. Аdоvаt emаs, аdоlаt еngаdi.
2. So’zlаguvchi gаr nоdоn erur, tinglаguvchi dоnо o’lsin.
3. Оtа bo’lmаgаn, оtа qаdrini bilmаs.
4. Do’shmаndаn qo’rqmа, munоfiqdаn qo’rq.
5. Ishоn. Аmmо shubhа qil.
6. Kuch – аdоlаtdаdir.
7. Do’stlik sinоvdа chiniqаdi.
8. Filning dumi bo’lgunchа, chumоlining bоshi bo’l.
9. Tоy mingаn – оt hаm minаdi.
10. Bоtir jаngdа bilinаr, dоnо – mаshvаrаtdа.
11. Birliksiz kuch bo’lmаs.
Amir Temur o‘zining hayoti tamoyillari haqida shunday degan:
1.
“Men o‘z hayotim mobaynida besh narsaga qat'iy e'tiqod qo‘ydim va hamishalig‘
ularga amal qildim, ular ushbulardir:
2.
Dostları ilə paylaş: |