Аnnоtаtsiya
Аnnоtаtsiya
- bаdiiy
, ilmiy,
mеtоdik аsаrlаrning muаllifi
, mаvzusi, mаnbаsi, undа ko‘tаrilgаn
аsоsiy mаsаlаni ko‘rsаtishgа qаrаtilgаn qisqа хаbаrdir. Аnnоtаtsiya o‘zining kаmso‘zligi, hаjm
jihаtidаn nihоyatdа kichikligi bilаn bаyоnning bоshqа turlаridаn аjrаlib turаdi. Batafsil yozilgan
annotatsiya quyidagi savollarga javob bera olishi lozim.
1. Ishda nima haqda so‘z boradi?
2. Muallif qanday savollarni o‘rtaga qo‘yadi?
3. Bu savollar qanday yoritib berilgan?
4. Ishning tuzilishi qanday?
5. Ishni qanday baholash mumkin?
6. Yozilgan ish kimlarga mo‘ljallangan? v.h.
topshiriq. Annotatsiya yozishda ishlatiladigan konstruksiyalarni
daftaringizga
yozing va
uchta
misol topib
, qatorni to‘ldiring.
Rezyume.
Маtn mazmunining qisqacha bayoni (резюме), uning tuzilishi va ifoda materialining
xususiyatlari.
Rezyume - fransuzcha so‘z bo‘lib,
yozilgan
, aytilgan yoki o‘qilgan
narsaning
qisqa
holatda aks
ettirish
,
qisqacha xulosa
, biror narsaning yakuniy natijasi.
Topshiriq
Nuqtalar o‘rniga tegishli qo‘shimchalarni qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
1. Men bu badiiy kitoblar... do‘stim... oldim. 2. Dugonam... hovlisi oldi...
vositachilik
, xo‘jalik
mollari va oziq-ovqat do‘koni bor. 3. Biz dushanba kuni avtobus... Toshkent... jo‘naymiz. 4. U
o‘rtog‘i bilan kutubxona... chiqdi. 5. Siz hovlingiz... qanday mevali va manzarali daraxtlar
ekkansiz? 6. Biz dars... so‘ng stadion... futbol ko‘rgani boramiz. 7. Siz bu matn... lug‘at
yordami... tarjima qildingizmi? 8. Siz qanday asarlar... yoqtirasiz? 9. Nafisa bo‘sh vaqti... ota-
onasi... yordam beradi. 10. Shahrimiz... dunyo... barcha mamlakatlari... ko‘plab
sayyohlar
kelishadi. 11. Tomoshabinlar taniqli san’atkor... olqishladilar.
Mustaqil ta’lim
Publitsistik nutq uslubi. Publitsistik maqolalar bilan tanishish va tahlil qilish. “Men
tanlagan
soha va OAV” mavzusida esse yozish..