mavzuning mohiyatini ochib beruvchi mustaqil tadqiqot ishidir. Qoidaga ko‘ra, referat
ko‘rilayotgan mavzu yuzasidan bir qancha nuqtai nazarlarni o‘zida jamlaydi hamda muallifning
shaxsiy fikrini ham aks ettiradi.
Referat qismlarining tuzilishi va uning ustida ishlash bosqichlari:
Odatiy tartibga ko‘ra referat ustida ishlashning boshlang‘ich qismini tanlangan mavzuning izohi
ochib berishi lozim. Unda mavzuning dolzarbligi, ushbu mavzu yuzasidan hozirgacha fanga
ma’lum bo‘lgan va o‘z
tasdiqini topgan faktlar
,
natijalar; olimlarning uni o‘rganish
ustida olib
borgan ishlari
; adabiy manbalardan keltirilgan misollar,
foydalanilgan materiallar
;
o‘rganilayotgan mavzuning amaliy yoki ilmiy tasdiqini topgan masalalari o‘z aksini topadi.
Referat quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:
1. Titul varag‘i – ma’lum tartibga ko‘ra referatning nomi( mavzusi), loyihaning ilmiy
rahbari, uning muallifi ismi sharifi hamda uni qaysi bir o‘quv muasasasiga taalluqli
ekanligini ko‘rsatishi lozim.
2. Reja – o‘z o‘rnida, referatning bo‘limlari (qismlari)ning nomlanishi va aniq raqamlar
orqali belgilanishi asosida tuziladi.
3. Kirish qismi – o‘rganilayotgan mavzuning muqaddimasi bo‘lib, nimaga asosan
aynan shu
mavzu tanlangani
,
uning maqsad va vazifalari, foydalanilgan adabiyotlarning tahlilini
to‘liq qamrab oladi.
4. Asosiy qism – bu referatning eng muhim qismi hisoblanadi va o‘zida mavzuning asl
mohiyatini aks ettiradi. U bo‘limlardan iborat bo‘lib, har birida alohida bir muammo yoki
mavzuning aniq bir tomoni ko‘rib
chiqiladi
, hamda unga muvofiq nazariy mulohazalar,
muallifning shaxsiy mushohadalari va tadqiqotlari keltiriladi.
5. Xulosa – bu qism referat uchun umumlashtiruvchi so‘nggi so‘z vazifasini bajaradi. Unda
amalga oshirilgan ilmiy ishning natijasi keltirib chiqariladi va kelgusida tavsiyalar
beriladi.
Adabiyotlar ro‘yxati – foydalanilgan adabiyot va ilmiy ishlar (
kitoblar
, matnlar, jurnal va
monograflar)ni qamrab oladi.
6. Referat hajmi - 14-15 bet (A4 format)dan iborat bo‘lishi kerak.
7.
Taqriz -
sаylаnmа bаyоnning bir turi.
U
bаdiiy
, ilmiy, mеtоdik vа bоshqа аsаrlаrgа bеrilgаn
bаhоdir. Taqrizdа аsаr tаnqidiy tаhlil еtilаdi, shu nuqtаi nаzаrdаn bаhоlаnаdi. Аsаrning
yutuqlаri hаm, nuqsоnlаri hаm ko‘rsаtilаdi. Tаqrizchi o‘zining dа’vоlаrini turli dаlillаr
аsоsidа isbоtlаy bоrаdi, аsаrgа ilmiy izоhlаr bеrаdi.
8. Taqriz yоzish оdоbi хоlislikni, hаqiqаtdаn chеtlаshmаslikni tаlаb еtаdi. Tаqriz qilinаyоtgаn
аsаrning
yutuq vа kаmchiliklаri
, nаzаriy vа аmаliy аhаmiyati hаqqоniy ko‘rsаtilishi lоzim.
Аsаrgа bаhо bеrishdа muаllifning shахsiyati, оbro‘si еmаs, bаlki uning (аsаrning)
хususiyatlаri, аhаmiyati ko‘zdа tutilаdi.
9. Taqriz yozishda quyidagi sxemaga amal qilinadi:
10. 1.Tezis (umumiy holati) va uni ochib berish.
11. Kitob (film, teatr)ning baholanishi.
12. Taqrizning boshlang‘ich qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi: Kitob (film,
teatr)da hikoya qilinadi.
13. Kitob (film, teatr)da muammolar ko‘tariladi.
14. Taqrizni baholash qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:
15. Men …
hisoblayman -
16. Mening fikrimcha…
17. Mening nazarimda…
18. … menga yoqdi.
19. …menda katta taassurot uyg‘otdi.
20. Kitob (film, teatr) …o‘rgatadi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi dotsenti Sh.R.Qobilov
va boshqalar tomonidan Akademiya kunduzgi ta’lim tinglovchilari uchun tayyorlangan
“Iqtisodiyot nazariyasi” o‘quv dasturi hamda ushbu dastur asosida tayyorlangan ishchi
o‘quv
dasturiga
T A Q R I Z
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat –
yengilmas kuch” asarida “Taraqqiyotimizning har bir yo‘nalishi bo‘yicha maxsus adabiyotlar
yaratish to‘g‘risida fikr yuritib, ko‘pchilik darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari saviyasi talab
darajasida emasligini” qayd etgan edi.
Yaratilgan darsliklar
, qo‘llanmalarning barchasi yangicha
qadriyatlar va demokratik prinsiplar hamda biz barpo etishga intilayotgan erkin
fuqarolik
jamiyati talablariga javob beradigan munosabatlar sifatida ijtimoiy gumanitar fanlarning asosiy
tadqiqot mavzulariga aylanishi lozim. Mualliflar tomonidan tuzilgan o‘quv dasturi yuqoridagi
talablarni inobatga olib, taraqqiyotning
umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti mohiyati va uning
qonun- qoidalari, mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot hamda bugungi jahon xo‘jaligi va unda
O‘zbekistonning o‘rni kabi masalalarni o‘rganish ehtiyojidan kelib chiqqan.
O‘quv dasturi hamda u asosida tuzilgan ishchi o‘quv
dasturi kirish
, o‘n to‘rtta mavzuni o‘z
ichiga olgan to‘rt bo‘limdan iborat. Mualliflar tinglovchilarning iqtisodiy taraqqiyotning
mazmuni, umumiy asoslari, jamiyatda ro‘y berayotgan demokratik islohotlar va modernizatsiya
jarayonlari mohiyatini tushunib yetishi, iqtisodiyotning sir-asrorlarini idrok etishi hamda
O‘zbekiston va jahon mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotining o‘ziga
xos jihatlari
, mohiyati,
rivojlanish bosqichlari haqidagi bilimlarni shakllantirish maqsadini ko‘zlagan.
Shuningdek, o‘quv dasturi “Iqtisodiyot nazariyasi” fanini o‘rganishda nazariya bilan
amaliyotning uzviy bog‘lanishi, O‘zbekiston iqtisodiyotida yuz berayotgan hodisalar talqin
etilishi va izohlanishi talablari ham inobatga olingan. Iqtisodiy bilimlarni berishda va
tinglovchilarning mustaqil ravishda o‘zlashtirishlarida umumiylik va milliylikning uyg‘unligini
ta’minlash nazariyasi real iqtisodiy hayot bilan uzviy bog‘lash nazarda tutilgan.
Mualliflar har bir mavzuni o‘rganishda tinglovchilarning mustaqil ishlashlarini e’tiborga olib,
yangi avlod adabiyotlari ham keltirganlar. Bu tinglovchilarning adabiyotlar bilan
mustaqil
ishlashlarida qulaylik yaratadi. O‘quv dasturi tinglovchilarni amaldagi qonunlarni o‘rganishga
ham undaydi.
Mualliflar fan bo‘yicha o‘quv dasturi va ishchi o‘quv dasturini iqtisodiyot nazariyasidagi ilg‘or
tafakkur asosida tuzganlar. Ayniqsa bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri, mamlakatimizda
demokratik 1991-yildan 2000-yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladigan birinchi bosqich,
iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-
gumanitar
sohalarni izchil isloh qilish
, aholi turmush darajasining muntazam oshib borishini
ta’minlash, 2001-yildan 2010- yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqich-
mamlakatimizni
faol demokratik yangilash, isloh etish va modernizatsiya qilish bosqichlari o‘z
aksini topgan. Ishchi o‘quv dasturida esa mamlakatimizning hozirgi rivojlanish bosqichi
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi rivojlanish strategiyasi, deb qarash, uning ahamiyatini ochib
berish masalalari o‘rin olgan.
Yuqoridagilarni
inobaga olib
, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Iqtisodiy fanlar”
kafedrasi dotsenti, polkovnik Sh.R.Qobilov va boshqalar tomonidan tayyorlangan “Iqtisodiyot
nazariyasi” fanini o‘rganish bo‘yicha o‘quv dasturini chop etishga tavsiya etaman.
Toshkent moliya instituti
“Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi mudiri,
iqtisod fanlari
doktori
, professor T.Jo‘rayev
Dostları ilə paylaş: