4. Ta'limning noan'anaviy usullari. Mustaqil tafakkurni rivojlantirish
Ta'lim oluvchilarning ta'lim faoliyatiga ko’ra ta'limning quyidagacha metodlari ajratiladi:
1. Tushuntiruv-ko’rsatmalilik metodi - bu metod reproduktiv metod bo’lib, unda faoliyat o’kituvchi tomonidan olib boriladi, o’quvchilar ta'lim jarayonida bilim oladilar, tanishadilar.
Bu metod juda keng tarqalgan metodlardan biri bo’lib, uni takomillashtirilgan usullari mavjud, bu - dasturlashtirilgan ta'limdir. Reproduktiv metodda o’quvchi faoliyat ko’rsatib, unda o’quvchiga berilayotgan bilimni qayta xotirada tiklab, olingan bilimni nusxa sifatida qabul qiladi.
Muammoli ta'lim metodi - o’qituvchi tomonidan tashkil etilib, u produktiv xarakterga egadir. Ushbu metod orqali o’quvchi bilim va malakalarini shakllantiradi. Ushbu metodni takomillashtirish yo’llaridan biri, ishchan o’yinlarni tashkil etishdan iboratdir. Qisman izlanish metodi - o’qituvchi nazorati ostida tashkil etiladigan metod bo’lib, u produktiv xarakterga ega, bunda o’quvchi ijod qiladi.
Tadqiqot metodi - o’qituvchi ilm yordamisiz tashkil etiladigan ta'lim metodi bo’lib, u o’quvchining mustaqil izlanishi, fikrlashi va bilimlar transformasiyasini talab etadi.
Ta'lim jarayoni tashkil etishning o’ziga xos metodlaridan biri ishchan o’yinlardir. Ishchan o’yinlar munosabatlar tizimini modellashtirish, faoliyat xarakteristikasini tashkil etishga yordam beradi.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ta'lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni kiritish ta'kidlanadi. Pedagogik texnologiya - bu ta'lim jarayoniga sistemali yondashuv bo’lib, unda ta'lim jarayonini tashkil etishda texnika va inson imkoniyatlari hisobga olinadi va ularning o’zaro munosabati ta'limning optimal formalari yaratilishiga zamin bo’ladi.
Pedagogik texnologiyalarni quyidagi tarkibiy qismlarga bo’lish mumkin;
- Ta'lim-tarbiya ishtirokchilari shaxsiga qo’yiladigan ijtimoiy
talablar;
- hamkorlik faoliyati a'zolarining kasbiy tayyorgarligi;
- Ta'lim jarayonining maqsadi, mazmuni, mohiyati, amalga oshirish vositalari;
- Ta'lim jarayonini differensiasiyalashtirish;
- Ijodiylik.
O’quvchini mustaqil ta'lim olishga o’z-o’zini rivojlantirishga tayyorlash bugungi kun maktabining asosiy vazifasidir.
Ta'lim jarayonida o’quvchining mustaqil ta'lim olishini faollashtirish zarur. Mustaqil ta'lim masalaning qo’yilishi, yechish, o’z-o’zini nazorat va baholashning yo’llarini o’quvchi tomonidan tanlanishi va bajarilishi bilan xarakterlanadi.
O’quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun fikrlash xususiyatlarini shakllantirish zarur. Fikrlash operasiyalari asosida dars jarayoni faollashtiriladi. Bu o’qituvchining: "Nima uchun?", "Qanday maqsadda?", "Sabablari Qanday?", "Natija nima uchun shunday bo’ldi?-"singari savollarning muhokamasi orqali amalga oshirilishi mumkin. O’qituvchilarni evristik, muammoli vaziyatlarga tortish, tanqid, gumon holatlarini muhokama qilish, ulardagi muammolarni mustaqil holda topish va ularni yechish uchun o’z loyihalarini tuzish va himoya qilish o’quvchilar tafakkurining ma'nodor va unumdor bo’lishiga xizmat qiladi.
Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta'lim samarasi past bo’lishi muharrar.Albatta, bilim kerak, ammo, bilim o’z yo’liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylik. Hozirgi zamon o’quv muassasalarining vazifasi yosh avlodni mustaqil fikrlashga o’rgatishdir. Albatta, fikrlashda ham individual farqlar mavjud. Fikrlashni bilish - bu insonning aqlidir.
Aqlning quyidagi sifatlarini ajratish mumkin:
Mazmundorlik (boyligi, chuqurligi, hukmga boyligi).
Fikrlashning kengligi (keng va tor) va chuqurligi, nazariya va amaliyotning uzviyligiga bog’liqdir. Amaliyot, hukmning to’g’riligi mezonidir.
Fikrlashning mustaqilligi - umumiy tajribani qo’llay olish, shaxsiy fikrga ega bo’lish, tajribaga munosabat bildirish.
Aqlning tanqidiyligi, o’z ishini aniq baholay olish, uni o’lchash.
Aqlning mahsuldorligi.
Fikrning ketma-ketligi.
Tafakkurning tezligi.
Aql haqida ayrim olimlar va arboblarning fikrlari keltirilgan. "Ulug’ aql egalari o’z oldilariga maqsad qo’yadilar, qolgan odamlar o’z istaklari ortidan ergashadilar" (Vashington Irving).
"Aql - bu yaxshi tashkil etilgan bilimlar tizimidir" (K.D.Ushinskiy).
Yuqorida aytib o’tilgan barcha sifatlar yosh o’zgargan sari o’zgarib boradi. Ijodiy ishda fikrlashning mustaqilligi va tanqidiyligi zarur bo’lib, u aqliy faoliyatning produktivligini ta'minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |