9-mavzu: Ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslari


Ko’nikma va malakalarni shakllantirish



Yüklə 51,08 Kb.
səhifə5/10
tarix16.11.2022
ölçüsü51,08 Kb.
#69493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
9-mavzu

5. Ko’nikma va malakalarni shakllantirish
Ko’nikma va malakalarni shakllantirish bilimlarni o’zlashtiribgina qolmay xilma-xil ko’nikma va malakalarni hosil qiladilar.
Ko’nikma - mashq qilish natijasida yuzaga kelgan hatti-xarakatlarning avtomatlashgan usuli. Fiziologik jihatdan ko’nikma bosh miyaning katta yarim sharlari po’stlog’ida hosil bo’lib, vaqtinchalik nerv bog’lanishlarining barqaror tizimining funksiyasini ta'minlaydi.
Dinamik-stereotiplarni yaratish sharoitlari bir vaqtning o’zida avtomatlashgan akt bilan murakkab analitik-sintetik faoliyatni yuzaga keltiradi. Buning natijasida nafaqat ko’nikmalar, balki malakalar ham yuzaga keladi.
Malaka - oldinga qo’yilgan maqsad va hatti-harakat sharoitidan kelib chiqadigan muvaffaqiyatli harakatlar usulidir. Malakalar hatti-harakatning maqsad va konkret shart-sharoitlariga tegishli bo’lgan holda doimo suyanadi. Odam ishni qanchalik yaxshi bilsa, uni shunchalik malakali amalga oshiradi va undan foydalanadi.
Ko’nikma va malakalar hatti-harakat uslubi bo’la turib, ma'lum faoliyat turiga qarab ishlab chiqarish, o’quv, ijtimoiy, sport, tashkiliy, texnik faoliyat, ilmiy faoliyat, san'at sohasidagi ko’nikmalar va boshqalar bo’lishi mumkin. Lekin, barcha faoliyat turlarida qo’llaniladigan ko’nikma va malakalar mavjud: bular - harakat, sensor, aqliy ko’nikma va malakalardir. harakat ko’nikmalariga jismoniy mehnat, sport va o’quv ko’nikmalari (xat yozish, tez o’qish va xokazo) kiradi.
Sensor ko’nikma va malakalarga o’lchov, yorug’lik, ovoz va simvolik ma'lumotlarni tez va to’g’ri qabul qilish bilan bog’liq bo’lgan va boshqarish markazlarida takrorlab borishlar kiradi.
Aqliy ko’nikma va malakalarga-kuzatish usullari, malakalarni rivojlantirish, og’zaki va yozma hisob-kitobni ishlab chiqish, harakatlarga yo’naltirish, kitob bilan ishlash, arxiv materiallarini yig’ish, ilmiy tajriba o’tkazish va xokazo. Ko’nikmalar mashq qilish natijasida yuzaga keladi, ya'ni bunda maqsad sari yo’naltirilgan (doimiy) qaytarish mustahkamlashga olib keladi va samarali usullar asosida qayta-qayta qaytarilishi amalga oshiriladi.
Inson tomonidan egallangan ko’nikma va malakalar yangi ko’nikmalarni shakllantirishiga ta'sir ko’rsatadi. Qonuniyatlar:
1. Ko’nikma hosil bo’lishining notekis jarayoni. Bu mashqlarning egri grafigida namoyon bo’ladi.
2. Ko’nikmalarning ko’chishi. Ijobiy ko’nikmalarning yangilarinishakllanishiga ta'siri ko’chish deyiladi. Ko’nikmalardagi salbiyta'sir esa interferensiya deb ataladi, bunda eski ko’nikmayangisining shakllanishiga xalaq beradi.
3. Ko’nikmani progressiv va regressiv - ko’nikma uzoq vaqt miqdorida xizmat qilishi uchun undan foydalanish lozim. Aks holda deavtomatlashtirish yuzaga kelib, zarur harakatlar o’z tezligi, yangiligi, aniqligi va avtomatlashtirilgan harakatlarni ta'minlovchi xususiyatlarini yo’qotadi.
Odatlar bu shunday hatti-harakatlarki, ular o’z-o’zidan, avtomatik tarzda yuz beradi. Odatlarni insonning madaniy va aloqiy xulqida ahamiyati katta.
Ta'lim boshqariladigan jarayoni bo’lib, bunda har bir bolaning harakati qadamba-qadam nazorat qilinadi, o’qituvchi har bir bosqichda o’quvchining bilimlarini malakalarini o’zlashtirish haqida axborot olib turadi, yangi material avvalgi materialni o’zlashtirishga qarab taqdim etiladi.


Yüklə 51,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin