1. Kеys-stаdi” tushunchаsining mоhiyati vа uning kеlib chiqish tаriхi.
2. Kеys tipоlоgiyalаri, Kеysni ishlаb chiqishi.
3. Kеys-stаdi” tехnоlоgiyasi tuzulishi yoki pеdаgоgik pаspоrti. .
Tayanch so’zlar: Case-study, keys: tarixi,keys-stadi, basket (Ishchan korrespondentsiyani ko’rib chiqish uslubi) ,garvard universiteti,NIU-VShE, MGIMO.
Keys uslubi (ingl. Case method - keys-uslub, Case-study - keys-stadi, aniq vaziyat uslubi, vaziyatli taxdil uslubi) - real iqtisodiy,ijtimoiy va biznes-vaziyatlarning tavsiflaridan foydalangan xolda o’quvchilarda aniq ko’nikmalarni shakllantirish texnikasidir. Uquvchilar vaziyatni taxdil
qilishlari, muammo mohiyatini tushunishlari,mumkin bo’lgan echimlarni taklif etishlari va
ularning eng yaxshilarini tanlashlari kerak.Keyslar real vaziyatga yaqin bo’lgan materiallarga
asoslanadi.Aniq vaziyatlar uslubi (“Case-study” uslubi) o’yinli bo’lmagan imitatsion faol o’qitish uslublari qatoriga kiradi.“Case-study” uslubining maqsadi - talabalar guruhining umumlashgan kuchi bilan ishning aniq holatidan kelib chiqadigan vaziyatni, ya’ni aniq ish jarayonida namoyon bo’ladigan “Case”HH taxdil qilish, amaliy echimlarini ishlab chiqish va ularpi takdimot etishdan iborat. Jarayonning tugashi - taklif etilgan varianglarni baholash va ularning ichidan eng samaralisini tanlashdir.“Case-study” uslubi quyidagilarni nazarda tutadi: -tijorat amaliyotidan yozma ko’rinishda tayyorlangan keysga misol; -keysni talabalar» tomonidan mustaqil o’rganish va muhokama qilish;
-auditoriyada o’qituvchi rahbarligida keysni birgalikda muhokama qilish;-“muhokama jarayoni echimga qaraganda muhimroq” tamoyiliga rioya etish (ushbu uslubning alohida xususiyati - real hayotdan olingan dalillar asosida muammoli vaziyatlar yaratishdir); “Case-study” uslubi ijtimoiy-iqtisodiy hayotda vujudga kelgan haqiqiy holat (mezonlari)ni namoyish etadi.