Transformatorning foydali ish koeffitsienti (FIK). Transformator ikkilamchi chulg‘amidan olingan aktiv P2quvvatning birlamchi chulg‘amdagi aktiv P1quvvatga nisbati -transformatorning foydali ish koeffitsienti deyiladi va bilan belgilanadi, ya’ni
bunda Pp- po’lat o’zakdagi quvvat isrofi, PM-chulg’amlardagi quvvat isrofi. Turli yuklanishda transformatorning foydali ish koeffitsienti quyidagi
bunda Snom transformatorning nominal to’la quvvati, cosφ2 iste’molchi quvvat koeffitsienti.
I2 – yuklamadagi tok, I2nom –transformator ikkilamchi chulgamidagi nominal tok.
Pk- transformator qisqa tutashuv quvvati. Transformator salt ishlash va qisqa tutashuv tajribalaridan foydalanib, Ppva Pm qiymatlar va ularning nisbati aniqlanadi. Odatda bo’ladi. Transformatorlar amalda 60÷70 % yuklamada ishlatiladi. Katta quvvatli transfor-matorlarda FIK 98÷99 % ga etadi.
Transformatornnng salt ishlash rejimi. Transformatorning birlamchi chulg‘amiga nominal kuchlanish berilib, ikkilamchisi yuklamasiz bo’lgan rejimi uning salt ishlash rejimi deyiladi. Bu rejimning vektorlar diagrammasini yasash uchun Kirxgofning ikkinchi qonuniga muvofiq transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlaridagi EYUK lar tenglamasi tuziladi: i1+e1+es1=ioR1bundan i1= - e1+es1=ioR1yoki va E2= U2bo‘ladi. Bunda ES1=jIox1- sochilma magnit oqimi Fsdan birlamchi chulg‘amda hosil bo’lgan EYUK x1— induktiv sochilma qarshilik. 4.2-rasmda salt ish rejimidagi toklar asosida yasalgan vektor diagrammasi ko‘rsatilgan. Salt ish rejimidagi tokning qiymati birlamchi chulg‘am nominal tokining 2÷10 foizini tashkil qiladi. Shu sababli IoR1 va ES1 ni hisobga olmaslik ham mumkin. Bunda bo‘ladi, holos. S. i. r. dagi Io 4.2-rasm tok induktiv xarakterga ega bo‘lganligi sababli, elektr tarmog‘ining quvvat koeffitsientini pasaytiradi (transformatorlar bilan generator energiyasi 7÷8 marta transformatsiyalanishi sababli ularning elektr tarmog‘idagi kuvvati generatorlarnnkidan6÷7 marta katta). Shu sababli transformatorlar asinxron motorlar singarireaktiv energiyaning asosiy (20 ÷25) iste’molchilaridan hisoblanadi. Binobarin to‘la yuklanmagan transformatorlarni almashtirish yoki iloji boricha ularnielektr tarmog‘idan ajratish bilan quvvat koeffitsientini birmuncha ko’tarishmumkin.