Transformatorning qisqa tutashuv rejimi Nominal yuklama bilan ishlayotgan transformator ikkilamchi chulg’amida tasodifan qisqa tutashib bo’lib qolsa, undannominalga nisbatan 10—20 marta katta tok o‘tishi mumkin. Bunda releli himoyalagichlar ishga tushib, uni bir onda elektr tarmog‘idan ajratadi, aks holda, transformatorda katta avariya sodir bo’lishi mumkin. Qisqa tutashuvdagn transformator parametrlarini aniqlash uchun qisqa tutashuv tajribasidan foydalaniladi.
Qisqa tutashuv tajribasi Transformatorning ikkilamchi chulg‘amini o‘z-o‘ziga yoki ampermetr qisqa tutashtirib, birlamchi chulg‘amga beriladigan kuchlanishni noldan to chulg‘amdagi toklar o‘z nominal qiymatlariga yetguncha oshirib boriladigan tajriba qisqa tutashuv tajribasi deyiladi.
4.3-Rasm
4.3-rasmda transformatorning qisqa tutashuv tajribasiga doir ulanish sxemasi, ekvivalent sxemasi va vektor diagrammasi berilgan. Bunda birlamchi chulg‘amga beriladigan va birlamchi hamda ikkilamchi chulg‘amda nominal toklar hosil qiladigan kuchlanish qisqa tutashuv kuchlanishi Uk deyiladi. Uning qiymati UK= (5,5 ÷11) %U1n, bo‘ladi (U1nbirlamchi chul-g‘amning nominal kuchlanishi). (Uk qiymati kichik bo‘lgani sababli po‘lat o‘zakning qizishiga sarflangan quvvat isrofi hisobga olinmaydi. Shunga ko‘ra ekvivalent sxemada ham magnitlovchi zanjir ko‘rsatilmasligi mumkin. Bunda ikkala chulg‘amdagi toklar nominal bo‘lgani uchun vattmetr bilan o’lchab olinadigan Pk quvvat chulg‘amlarini qizitishga sarflanuvchi quvvat isrofi Pmdeb qabul qilinadi, yani PM= PK Bu quvvat umumiy quvvatning 1—3 foizini tashkil qiladi, ya’ni Pk= (1 ÷Z) %Sn Qisqa tutashuv tokidan o‘lchab topilgan Pk, UK va Ikdan foydalanib, vektor diagrammasini yasash uchun kerakbo‘lgan quyidagi parametrlar aniqlanadi: