Vizualizatsiya (grafik ifodalash, tasvirlash) - bu maxsus algoritmlar yordamida, boshlang‘ich raqamli ma’lumotlarni qayta o‘zgartirish asosida, aks ettirish qurilmalarida (asosan, monitorda) tasvirlarni, jumladan kartografik va boshqa turdagi grafik tasvirlarni chiqarish va ko‘rsatib berish (generatsiya) jarayoni hisoblanadi.
Geografik axborotlarni nisbatan yig‘ilgan shaklda va odatlanilgan ko‘rinishda ifodalash usullaridan biri - bu xaritalar hisoblanadi.
Elektron xaritalar (EX) - raqamli xaritalar yoki GAT ma’lumotlar bazasi asosida monitorda vizualizatsiyalanuvchi kartografik tasvirlar hisoblanadi.
Elektron atlas (EA) - funksional jihatdan elektron xaritalarga o‘xshash bo‘lgan, elektron kartografik maxsulotlarning elektron xaritalar shaklida vizualizatsiyasi tizimi hisoblanadi.
Elektron atlas xaritaning rastr tasvirlarini kadrlar bo‘yicha ko‘rish imkonini beruvchi, kartografik vizualizator, IBM PC uchun mo‘ljallangan kartografiya, kartografik brauzerlar tipidagi dasturiy ta’minot yordamida taqdim etiladi. Odatda, elektron atlaslar tarkibiga kartografik tasvirlar va legendalardan tashqari keng ko‘lamdagi matn shaklidagi sharhlashlar, jadval shaklidagi ma’lumotlar ham kiritiladi, multimedia shaklidagi elektron atlaslar tarkibiga esa - animatsiyalar, video-yozuvlar qatorlari va namoyish taqdimotining ovozli sharhlashlar bilan birgalikda amalga oshirilishi kabi holatlar kiritiladi.
Ob’ektlarning turli xil tavsiflarini yoki ularning nisbatlarini ifodalovchi (atributlar) jadvallar va grafiklar vizualizatsiyaning boshqa vositalariga qo‘shima tarzda va shuningdek, alohida mustaqil shaklda foydalanilishi mumkin.
Animatsiyalar dinamik tavsifga ega bo‘lgan jarayonlarni ko‘rsatish uchun foydalaniladi, ya’ni animatsiyalar chizilgan statik tasvirlarning (kadrlar) ketma-ketlikda ko‘rsatilishidan tashkil topadi va natijada, tasvirlarning uzluksizlikda o‘rin almashinishida harakatlanayotgandek tasavvur xosil qilinadi. GAT tarkibida ma’lumotlarni tahlil qilish natijalarining ifodalanish uchun bir qator uslublar ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan bo‘lib, ulardan mavzularga oid xaritalarni yaratishda samarali foydalaniladi.