9-mavzu. Tuproq haqidagi axborotlarni geografik axborot tizimlari tarkibida ifodalash Reja



Yüklə 321,5 Kb.
səhifə11/11
tarix27.12.2023
ölçüsü321,5 Kb.
#200767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
9-ma\'ruza

Nazorat savollari:
1.Elektron xarita va vizual kartografik materiallar o'rtasidagi farq nimada?
2. Elektron kartaning ramzlari nimani o'z ichiga oladi?
3. Kompyuter yordamida kartografik mahsulot qanday yaratiladi?
4. Raqamli xaritalarni elementlarning tarkibiy yoki GAT faoliyatining natijasi sifatida ko'rib chiqilishi mumkinmi?


6. Plotterdan foydalanish

Grafa tuzib chiquvchi (grek tilida - γράφω so‘zi yozaman, chizaman degan ma’noni anglatadi) plotter - bu rasmlar, sxemalar, murakkab tavsifga ega bo‘lgan chizmalar, xaritalar va boshqa grafik axborotlarni qog‘ozga yuqori darajada aniqlikda avtomatik ravishda chizish uchun mo‘ljallangan qurilma hisoblanadi. Grafa tuzib chiquvchi qurilmalar tasvirni pero (chizuvchi blok) yordamida chizishni amalga oshiradi. Grafa tuzuvchi qurilmalaring kompyuter bilan bog‘lanishi o‘z navbatida, ketma-ketlikda o‘rnatilgan port, Shuningdek parallel port, SCSI-interfeys va Ethernet orqali amalga oshiriladi. Grafa tuzish qurilmalarining ayrim modellari tarkibi o‘rnatilgan bufer (o‘lchamlari 1 Mbayt va undan ortiq bo‘lgan) bilan jihozlanadi.
Dastlabki ishlab chiqarilgan plotterlar (masalan, 1959-yilda ishlab chiqarilgan - «Calcomp 565» rusumidagi model) tamoyil jihatidan, qog‘ozning rolik yordamida siljishi asosida ish bajargan, bunda X va Y koordinatalar belgilanishi peroning harakatlanishi yordamida ta’minlangan. Boshqa bir navbatdagi yondoshuvda (ya’ni, dastlabki CAD-tizimi hisoblangan va Computervision’s Interact I orqali amaliyotga joriy qilingan yondoshuv) modernizatsiyalangan pantograf tipida ishlash funksiyasi nazarda tutilgan bo‘lib, bunda qurilma funksiyalari hisoblash mashinasi orqali boshqarilishi ta’minlangan va qurilma tarkibida chizuvchi element sifatida sharikli perodan foydalanilgan.
Bu uslubning kamchiligi shundaki, ya’ni chizilishi belgilangan tegishli soha uchun mos keluvchi, tegishli makon mavjud bo‘lishi talab qilinadi. Biroq, uning kamchiligidan kelib chiqib, ushbu uslubning afzalligi - peroning joylashish pozitsiyalarining aniqlik darajasini osonlik bilan oshirish va mos ravishda, qog‘ozga tushirilayotgan chizilayotgan rasmning aniqligini ta’minlash imkoniyati mavjudligi bilan bog‘liq hisoblanadi. Keyinchalik ushbu qurilmaning tarkibi qo‘shimcha maxsus kasetta tipida ishlangan tutqich bilan ta’minlangan va o‘z navbatida, turli xil qalinlik va ranglardagi perolar jamlanmasi bilan jihozlangan.





7.6.1-rasm. Grafa tuzib chiquvchi - plotterning umumiy ko‘rinishi

1970-yillarga kelib, Hewlett Packard va Tektronix firmalari tomonidan o‘lchamlari standart ishchi stolining o‘lchamlari bilan mos keluvchi, planshet plotterlar ishlab chiqarila boshlangan. 1980-yillarda esa - yanada kichikroq o‘lchamdagi va shu bilan birgalikda, nisbatan engil bo‘lgan - NR 7470 modeli ishlab chiqilgan, bu model tarkibida qog‘ozning siljishi uchun innovatsion texnologiya - «donador g‘ildirak»dan foydalanilgan.


Ushbu maishiy maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan, o‘lchamlari unchalik katta bo‘lmagan plotterlar ishga oid ilovalarda ham foydalanilishi keng ommalashgan, biroq ish bajarish unumdorligi pastligi sababli, umumiy maqsadlarga mo‘ljallangan nashrlarni tayyorlash uchun deyarli amaliy jihatdan foydasiz hisoblangan.
Yuqori ruxsat etilish qiymatiga ega bo‘lgan, sepuvchi va lazer printerlar ishlab chiqilishi va keng tarqalishi, shuningdek kompyuter xotira qurilmalarining arzonlashishi va rastr tasvirlarni qayta ishlash tezligining ortishi ta’sirida grafa tuzish qurilmalari amaliyotda foydalanishdan siqib chiqarilgan va foydalanish sohalarida deyarli butunlay yo‘qolgan.
Grafa tuzish qurilmalarining quyidagi tiplari ishlab chiqarilgan:

  • Rulonli va planshetli;

  • Peroli, sepuvchi va elektrostatik;

  • Vektor va rastr tavsifga ega.

Grafa tuzuvchi qurilmalar grafik-chizma shaklida axborotlarni yuqori darajada sifatli xujjatlashtirilishi uchun mo‘ljallangan.
Grafa tuzuvchi qurilmalarni umumiy holatda quyidagi ko‘rinishda tasniflash mumkin:

  • Chizmani shakllantirishi bo‘yicha - ya’ni, ihtiyoriy ravishda skanerlovchi va rastr tavsifda skanerlovchi;

  • Manbani joylashtirish uslubiga ko‘ra - ya’ni, planshet, barabanli va aralash tavsifdagi (friksion, abraziv boshchali);

  • Foydalaniluvchi qurollar bo‘yicha (chizuvchi boshcha tipiga ko‘ra) - peroli, foto-tuzib chiquvchi moslamali, skreyb boshchali, frazer boshchali.

Shuningdek, keng formali printerlar va katterlar (ingliz tilida - cutter) ham umumiy nom bilan plotterlar deb nomlanadi. Albatta, ushbu qurilmalarning bu ko‘rinishdagi nomlanishi to‘liq mos kelmaydi, biroq bu nomlanish hozirgi vaqtda standartga aylanib o‘lgarganligi ham rad etib bo‘lmaydigan dalil hisoblanadi.
Nazorat savollari:
1. Grafoqurilma nimani anglatadi?
2. Qanday grafoqurilmalar mavjud?
3. Grafoqurilmalarni qanday siniflash mumkin?
4. Katter nimani anglatadi?
Yüklə 321,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin