Tovushli fayllarni o‘zgartirish Sound Recorder dasturi tovushli fayllarni tahrir qilish, ularga nisbatan maxsus effektlarni qo‘llash va, nihoyat, parametrlarni o‘zgartirish imkoniyatini yaratadi. Bu amallarni bajarish uchun mo‘ljallangan buyruqlar menuning Файл, Правка va Эффекты bandlariga kiritilgan.
Tovushli fayl bilan ishlash uchun uni ochamiz. Bu amal odatdagi usul bilan bajariladi. Endigina yozilgan fayl ham ochilgan deb hisoblanadi.
Bajarilgan o‘zgartirishlar yo‘qolmasligi uchun ularni Сохранить yoki Сохранить как buyruqlari bilan saqlab qo‘yish lozim.
Menuning Правка bandidagi buyruqlar tovushli faylda quyidagi tuzatish amallarini bajarish imkonini beradi:
Вставить(Pastre Insert) – klaviaturadagi muqobil klavishlar (Ctrl + V) ochilgan tovushli faylga ma’lumot almashish buferidagi yozuvlarni joylashtirish;
Смешать буфером(Pastre Mix) – ochilgan fayl ustiga ma’lumot almashish buferidagi yozuvlarni yozish. Natijada audioma’lumotlarning aralashuvi hosil bo‘ladi;
Вставить файл (Insert File) – ochilgan faylga boshqa faylni joylash;
Смешать с файлом (Mix with File) – ochilgan faylni boshqa fayl bilan aralashtirib yuborish;
Удалить до текущей позиции(Delete before current Position)– ko‘rsatilgan pozitsiyaga qadar ochilgan faylning qismini yo‘qotish;
Удалить после текущей позиции (Delete after current Position) – ko‘rsatilgan pozitsiyadan keyingi fayl qismini yo‘qotish.
Ishlatilgan buyruqdan qat’i nazar, joylashtirish joriy pozitsiyada sodir bo‘ladi. Aralashtirish ham pozitsiyadan quyi qismda sodir etiladi. Joriy pozitsiyani ajratib, Запись (Record) tugmasini bosish bilan tovushli faylning kerakli qismini ixtiyoriy tovush manbayidagi audioma’lumotlarga almashtirish mumkin.
Menyuning Эффекты bandida tovushli faylga nisbatan qo‘llaniladigan bir qator maxsus effektlar bo‘yicha buyruqlar jamlangan: