6. Maydalovchi mashinalarni ishlashi va tuzilishi. Bitter-separator, valsovkalar. Paxta chigitining rushankasi bitter-separatorlar yordamida saralanadi. Bu uskuna rushankaga mexanik ta’sir ko‘rsatish tamoyili asosida ishlaydi. Mag‘izni qobiqdan ajratish, butun urug‘ va kesilgan urug‘larni ajratish jarayoni ikki bosqichda boradi: kesilgan urug‘ va qobiqdan mag‘izlarni urib chiqarish, so‘ngra mag‘iz va qobiqni elaklarda ajratish.

7. Presslar. Pak-press, tasmali, shnekli press. Konserva va vino korxonalarida sharbatlarni meva va sabzavotlardan ajratish uchun presslar ishlatiladi. Ishlash tartibi bo‘yicha presslar davriy va uzluksiz; bosimni hosil qilish usuli bo‘yicha – gidravlik, pnevmatik va mexanik turlarga bo‘linadi. Amalda asosan gidravlik pak-presslar (ROK-200s, 2P-41), mexanik shnekli presslar (VPND-5, VPND-10) va tasmali presslar tatbiq etiladi.

Pak-press-Press (ROK-200s) quyidagi qismlardan iborat: og‘ir rama boltlar yordamida fundamentga mahkamlanadi. Yuqorida presslash plitasi joylashadi. Chap ustunining atrofida uchta platformalar aylanadi. Platformalar bir-biriga nisbatan 1200 ostida joylashadi. Birinchi platforma presslanganda, ikkinchisidan to‘ppalar tushiriladi, uchinchisiga esa mezga yuklanadi.