Ikkitalik qirg‘ich-Mahsulotni ikki marta maydalash uchun T1-KP2D markali qirg‘ich mashinasi ishlatiladi. Uskuna ikkita yuqori va pastki teshikli barabanlardan iborat. Mahsulot yuqoridan mashinaga yuklanadi. Yuqori barabanda teshiklar diametri 1,5 mm, pastki barabanda 0,7-0,8 mm ga teng. Barabanning diametri 300 mm, uzunligi 835 mm ni tashkil etadi. Rotorlar to‘rt bichli. Bichlar va to‘r orasidagi masofa 1,5 dan 4 mm gacha o‘zgartiriladi.

55-rasm. Ikkitalik qirg‘ich
Uchtalik qirg‘ich.T1-KP2T mashinasida uchta setkali barabanlar mavjud, (d-388 mm, uzunligi-856 mm). Har bir baraban ichida rotor va to‘rtta bich aylanadi. Teshiklar diametri 5; 1,5 va 0,8 mm bo‘ladi. Agar qirg‘ich oldida urug‘ ajratkich bo‘lsa teshiklar 1,5; 0,8 va 0,4 mm ga teng bo‘ladi.
Uchtalik qirg‘ich. T1-KP2T mashinasida uchta setkali barabanlar mavjud, (d-388 mm, uzunligi-856 mm). Har bir baraban ichida rotor va to‘rtta bich aylanadi. Teshiklar diametri 5; 1,5 va 0,8 mm bo‘ladi. Agar qirg‘ich oldida urug‘ ajratkich bo‘lsa teshiklar 1,5; 0,8 va 0,4 mm ga teng bo‘ladi.
Chiqindilar har bir barabandan alohida chiqadi, zarur hollarda birga yig‘iladi. Bunday uskunalarda pomidor, meva va sabzavotlar va bolalar uchun konservalarni tayyorlash uchun har xil mahsulotlar maydalanadi.
56-rasm. Uch bosqichli qirg‘ich uskunasi (A9-KIT):
5. Don va yog‘li urug‘larni maydalash. Mag‘izdan luzga va qobiqni ajratish ikkita mustaqil operatsiyalarni o‘z ichiga oladi: urug‘larni (shulxadan ajratish) va mag‘izlarni qobig‘idan ajratish (separatsiyalash, elash). Bu operatsiyalarni bajarish bichli va markazdan qochma urug‘ chaqish, diskli va pichoqli qirg‘ich (paxta, urug‘lar uchun), urug‘ elak va bitter-separatorlar (paxta urug‘i uchun) yordamida bajariladi.

Mexanik yo‘l ta’sirida materialni qismlarga bo‘lish jarayoniga maydalash deyiladi. Ikki tur maydalashlar mavjud:
- chaqish, bunda maydalangan material aniq shaklga ega bo‘lmaydi;
- kesish, bunda zarachalar o‘lchami kichrayishi bilan birga ma’lum shakl beriladi.