17 «Ulug'bek xazinasi» romanidan olingan quyidagi ta'rif qaysi qahramonga tegishli? «Аli Qushchi cholning qora qurum bosgan serajin yuziga, paxmoq qoshlari ostidagi tiyrak ko'zlariga hayajon bilan tikildi. Cholning keng yuzi, ko'ksiga tushgan oppoq soqoli, kuch yog'ilib turgan baquwat jussasi, tizzasiga tirab o'tirgan qoqsuyak qo'llari xuddi cho'ng qoyadan o'yib yasalganga o'xshar, vujudidan bo'lakcha bir mardonavorlik, iroda, kuch yog'ilib turardi...» A) usta Temur Samarqandiyga B) Qozizoda Rumiyga
C) Mavlono Salohiddinga D) Mavlono Lutfiyga 18 «Ulug'bek xazinasi» romanida qaysi hukmdor patir ichiga solingan yashirin maktub orqali saltanatda sodir bo'layotgan fitnalarni bilib oladi? A) Mirzo Ulug'bek B) Abdullatif C) Amir Temur D) Abulqosim Mirzo 19 «Ulug'bek xazinasi» romanida usta Temur Samarqandiy qilich yasamaslikka ont ichganligi sabab qaysi hukmdorga qilich yasab berishdan bosh tortadi? A) Abulqosim Mirzoga B) Mirzo Ulug'bekka C) Said Shohruh Mirzoga D) Amir Temurga 20 «Ulug'bek xazinasi» romanida Mirzo Ulug'bek qaysi amirga Damashqda
qolib, Iskandar barlosning suvoriylariga ko'mak berishni buyuradi? A) Mironshohga B) Bobo Husaynga C) Sulton Jondorga D) Idris tarxonga 9-MAVZU : ABDULLA ORIPOV 1. Abdulla Oripovning birinchi marta respublika matbuotida nashr etilgan she'ri qanday nomlangan? A) «Qushcha» B) «Onajon» C) «0'zbekiston» D) «Xotirot»