9-sinf jahon tarixi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə1/11
tarix02.08.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#138393
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
9-sinf Jahon tarixi(1-10-mavzular)


@ TARIXPLATON 9-SINF JAHON TARIXI A.ALIJONOV



9-SINF JAHON TARIXI
(1 – 10-mavzular)


1. XX asr boshlariga kelib qaysi davlatning sanoatida yangi tarmoqlar, ya’ni elektrotexnika, avtomobil va kimyo tez rivojlana boshladi hamda aholisining 36 foizi sanoatda va
40 foizi qishloq xo’jaligi bilan band bo’lishiga olib keldi?
A) Buyuk Britaniya B) Fransiya
C) Germaniya D) Italiya


2. Quyidagi atamalarni ularning ma’nolari bilan
to’g’ri muvofiqlashtiring.
1) kartel; 2) konsern; 3) anneksiya.
a) maqsadli pul jamg’armalarini vujudga keltirish, jamlash, taqsimlash va ishlatish bilan bo’g’liq munosabatlar;
b) bir tarmoqdagi mustaqil kompaniyalar, firmalarning ishlab chiqarish va sotishning umumiy hajmlari, narxlari, sotish bozorlari, har bir ishtirokchining ulushi va boshqalar to’g’risidagi bitim asosida tashkil etilgan tuzilma;
c) ishlab chiqarish va savdoni o’zlaricha emas,markaziy boshqaruv qarori asosida olib boradigan korxonalar birlashmasi;
d) bir davlat hududini butunlay yoki qisman egallab olish;
e) manfaatlar umumiyligi asosida uyushgan korxonalarning yirik birlashmasi.
A) 1-b,2-e,3-d B) 1-b,2-c,3-d C) 1-a,2-e,3-d D) 1-a,2-c,3-d


3. Quyidagilardan noto’g’ri ma’lumot berilgan javobni toping?
A) XIX asr oxirlarida Germaniyada 250 ta, AQSHda esa 185 ta monopoliya faoliyat ko’rsatgan;
B) XX asr boshlarida AQSH da Morganning po’lat tresti po’latning 66 foizini berar edi;
C) XX asr boshlarida bank-gigantlar Fransiyada uchta, AQSHda esa ikkita edi;
D) 1900 – 1913-yillar oralig’ida industrial davlatlar chetga chiqargan kapitalning hajmi uch barobar oshgan edi.


4. Quyidagi voqealarni ular sodir bo’lgan yillar bilan mos ravishda berilgan javobni toping?
1) G’oyat ulkan monopoliyalar – “Umumiy elektr kompaniyasi” (AQSH) bilan “Umumiy elektr jamiyati(Germaniya) o’rtasida jahon bozorini bo’lib olish va o’zaro hamkorlik qilish to’g’risida shartnoma tuzildi; 2) Bu vaqtga kelib millatlararo korparatsiyalar soni 100 taga yetgan edi; 3) Xalqaro sotsialistik ishchi partiyalari uyushmasi tashkil etildi; 4) Germaniyada sanoat ishchilari soni
8,6 mln kishiga yetdi.
a) 1910-yil b) 1899-yil c) 1907-yil d) 1889-yil
A) 1-c,2-a,3-b,4-c B) 1-a,2-c,3-d,4-c
C) 1-a,2-c,3-b,4-a D) 1-c,2-a,3-d,4-c



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin