Mavzu: Muntazam ko`pyoqlarning hajmlari
REJA:
KO’PYOQLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
Qavariq ko’pyoqning ko’p yoqli burchaklari
Parallelepiped, prizma, piramida
MUNTAZAM KO’PYOQLAR VA ULARNING HAJMLARI
Muntazam ko’pyoqlar
Muntazam kopyoqlarning hajmlari
Eyler teoremasi
Ko’pyoqlar va aylanish figuralari kombinatsiyasi
Qavariq ko’pyoqning ko’p yoqli burchaklari
Planimetriyada tekislikdagi burchak deb, bitta umumiy uchga ega ikkita nur va tekislikning ular bilan chegaralangan qismidan hosil bo'lgan shaklga aytiladi, ya'ni bundaotj va lar uchun ikki hoi kuzatilishi mumkin.
Ma'lumki, tekislikdagi ixtiyoriy to'g'ri chiziq uni ikkita yarim tekislikka bo'ladi.
Berilgan a va в tekisliklar AB to'g'ri chiziq bo'yicha kesishsin
Ta’rif: Bitta AB to’g’ri chiiiqdan chiquvchi ikkita a va в yarim tekislikdan tashkil topgan shakl ikki yoqli burchak deyiladi.
AB to'g'ri chiziq ikki yoqli burchakning qirrasi, a va в tekisliklar esa ikki yoqli burchakning yoqlari yoki tomonlari deyiladi.
Ikki yoqli burchak to'rtta harf bilan ifodalanadi, ulardan ikkitasi qirrada, yana ikkitasi ikki yoqli burchakning yoqlarida bo'ladi. Masalan, MABN ikki yoqli burchak.
CD va DE to'g'ri chiziqlar o'zaro kesishadi va shuning uchun ular bitta tekislikda yotadi.
Modomiki, , ekаn, AB qirra (CDE) tekislikka perpendikular bo'ladi. Bundan ikki yoqli burchakning chiziqli burchagini yasash uchun AB qirraning ixtiyoriy D nuqtasidan AB qirraga perpendikular tekislik o'tkazish yetarli. Bu tekislikning ikki yoqli burchak yoqlari bilan kesishish
4-rasm
chiziqlari hosil qilgan.CDE berilgan ikki yoqli burchakning chiziqli burchagi bo'ladi. Planimetriyada ko'rib o'tilgani kabi, quyidagi burchaklar xillarini qarash mumkin:
Bitta yog'i umumiy, qolgan ikkita yog'i bitta tekislikning ikkita yarim tekisligini tashkil etuvchi qo'shni ikki yoqli burchaklar.
Ikkita ikki yoqli burchakning yoqlari ikkita tekislikning to'ldiruvchi yarim tekisliklari bo'lgan vertikal ikki yoqli burchaklar.
Agar qo'shni ikki yoqli burchaklar o'zaro teng bo'lsa, ularning har biri to'g'ri ikki yoqli burchak deyilad
Ikki yoqli burchak chiziqli burchakka keltirilganligidan, ikki yoqli burchaklarning quyidagi xossalari o'rinli:
teng ikki yoqli burchaklarga teng chiziqli burchaklar mos keladi;
katta ikki yoqli burchakka katta chiziqli burchak mos keladi;
barcha to'g'ri ikki yoqli burchaklar o'zaro teng;
vertikal ikki yoqli burchaklar o'zaro teng.
Dostları ilə paylaş: |