*Izoh uchun To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda tashkil etilgan va ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulotlarni ishlab chiqarishga (xizmatlar ko‘rsatishga) ixtisoslashtirilgan korxonalarga quyidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiya hajmlarida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda alohida soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi:
300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha — 3 yil muddatga;
3 million AQSh dollaridan ortiq va 10 million AQSh dollarigacha — 5 yil muddatga;
10 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lganda — 7 yil muddatga.