90
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA CHET TILIGA BO'LGAN
QIZIQISHNI O'YINLAR YORDAMIDA O'STIRISH.
G'ulomjonova Ma'sumaxon G'ayratjon qizi
Fargʻona davlat universiteti Ingliz tili va adabiyot fakulteti 2-kurs
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini
o‘rgatish usullari yozilgan bo‘lib, hozirda ingliz tili dunyo tili bo‘lib bormoqda. Shu
bois uni maktabgacha ya’ni bog’cha yoshidan boshlash kerak. Maqola shu haqida
ma’lumot beradi.
Kalit so‘zlar
: chet tili, so‘zlar, atmosfera, qoida, qo’shiq, multfilm, aqliy,
metodika, nutq, o’yinlar, qiziqarli tarqatma materiallar.
Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so'ng mamlakatimizda chet tillarini
o'rganishga katta e'tibor berib kelinmoqda. Chet tillarni oʻrganishni yanada
rivojlantirish maqsadida muhtaram prezidentimiz koʻplab qarorlar qabul qildilar,
"Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risida
" gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori va shu bilan birga "Maktabgacha
ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" tasdiqlandi.Bu qarorlarda
maktabgacha ta'lim tizimi tarmog'ini yanada rivojlantirish, bolalarni o'qitishning
zamonaviy hamda samarali metodikalaridan foydalanish va maktabgacha ta'lim
muassalarini malakali kadrlar bilan ta'minlash , bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash
kabi masalalar aks etgan . Bugungi kunda taʼlim sohasini yanada rivojlantirish
hukumatimiz diqqat eʼtiborida turgan dolzarb sohalardan biri, desak mubolagʻa
boʻlmaydi.
So'nggi bir necha yil ichida chet tilini o'rganish o'z-o'zini rivojlantirishning bir
usuli emas, balki zarurat bo'lib qoldi. Chet tili nafaqat maktablar va universitetlarda,
balki ko'plab qo'shimcha maktabgacha ta'lim muassasalarida ham ta'limning majburiy
tarkibiy qismiga aylandi. Jamiyatda chet tiliga bo'lgan talab, bir tomondan, shuningdek,
ota-onalar tomonidan til nafaqat zamonaviy insonni tarbiyalashning omili, balki uning
jamiyatdagi ijtimoiy va moddiy farovonligining asosi ekanligini tushunishi, boshqa
tomondan, bu lahza chet tilini erta o'rganishni, ayniqsa, mashhur va dolzarb qilish. Agar
20 yil oldin tilni bilish faqat ba'zi sohalar ishlarida talab qilinadigan bo'lsa, endi kamida
bittasini o'zlashtirish kerak edi. Chet tilini o'qitishning asosiy muammosi talabaning
yoshi. Ma'lumki, bolalar o'rganish uchun qulayroqdir. Yaqin vaqtgacha o'qitish
metodikasi bolalarga qaratilgan edi. Endi ota-onalar chet tilini o'rganishni iloji boricha
erta boshlashga intilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarni chet tiliga o'rgatishning
asosiy maqsadlari:
• bolalarda chet tilida boshlang‘ich muloqot qobiliyatlarini shakllantirish;
91
• o'z maqsadlariga erishish, hayotiy aloqa sharoitida fikr va hissiyotlarini ifoda
etish uchun chet tilidan foydalanish qobiliyati;
• chet tillarini yanada o'rganishga ijobiy munosabat yaratish;
• boshqa mamlakatlar hayoti va madaniyatiga qiziqishni uyg‘otish. Maktabgacha
yoshi, ayniqsa, chet tilini o'rganishni boshlash uchun juda qulaydir. Bu yoshdagi bolalar
til hodisalariga nisbatan sezgirligi bilan ajralib turadi, Ular o'zlarining nutq tajribalarini,
tilning "sirlarini" tushunishga qiziqishadi.
Bolalarga e’tibor bilan ularni qiziqishlarini aniqlovchi testlar, rasmli testlar har
xil savollar bilan aniqlab olishimiz zarur. Har bir bola bilan gaplashib, qiziqishlarini
aniqlab bo’lgach ularga mos qo’shiqlar, o’yinlar, diqqatni jalb qiluvchi qiziqarli va
rangli, multik qahramonlardan iborat tarqatma materiallar bilan dars boshlanadi.
Birinchi navbatda, bolalar bilan salomlashiladi va mavzuni tushuntirishdan oldin
mavzuga oid bolalar bilan kichik suhbatlar olib boriladi, ularni fikrini eshitib, mavzuga
oid qo’shiqlar va o’yinlar bilan boshlanadi. Chunki bolalarda mavzuga oid tushuncha
paydo qilish va darsni tushunishlari oson va qiziqarli bo’ladi. Sekin astalik bilan
qiziqarli tarqatmalarni tarqatib olinadi. Uni ham o’yin orqali tarqatish lozim. Misol
uchun, bolalarni sevimli rangi yoki yoqtirgan multik qahramonlarini so’rab tarqatish
ham mumkin. Tarqatma materiallarni tarqatib bo’lgach, ularni ko’rib nimalarni
tasavvur qilishganini so’rab,sekin-asta mavzuni tushuntiriladi. Kichik yoshdagi
bolalarni diqqati tez bo’linishi mumkin. Tez zerikib qolishmasliklari uchun har xil
o’yinlar bilan qiziqtiramiz. Zerikib qolmasliklari uchun o’yinlar turlari:
“Ko’zgu” o’yini - tanlashdan maqsad bolalarni kuzatuvchanligini, diqqatini
rivojlantirish.
“Xatosini top” nomli o’yin ham bor. Bu o’yinni tanlashdan maqsad- bola darsni
tushunganini aniqlab olish. Misol uchun, bugungi mavzu-sonlarni inglizchada aytishni
o’rgatish. Rasmga sonlarni har xil joylashtiriladi va bolalarga ko’rsatiladi va xatosini
topishlarini so’raladi. Bolalarga ketma- ketlikda o’rgatilgan bo’lsa, ular ham shu
tartibda qaytarishlari kerak. Mavzuni tushunganliklarini qilgan xatolaridan bilib
olishimiz mumkin.
Keyingi qiziqarli o’yinlardan biri bu - mavzuyimizda sonlarni o’rgatayotgan
bo’lsak, sonlar yozilgan rasmni ko’rsatib, bolalardan qaysi son ekanligini
so’raymiz.Bilmagan bolalar o’yindan chiqib yodlagan she’rini yodlab berishadi.
“Ovozli ertak” jarayonida bolalar o'qituvchi bilan birgalikda rasmlarni ko'rib
chiqishadi va shu bilan birga so'zlarni talaffuz qilishadi. “Multfilmlar ingliz tilida” -
ingliz tilini o'qitishda eng yaxshi yordamchilardan biri. Bolalar multfilmlarni yaxshi
ko'radilar va ularni ketma-ket tomosha qilishdan zavqlanadilar. Shuning uchun ingliz
92
tilidagi multfilmlar bir vaqtning o'zida bolalarga chet tilini o'rgatishning ko'plab
muammolarini hal qilishga yordam beradi. • Mavzuga oid muhit; O'qituvchi mavzusiga
qarab o'sha muhitni yaratib bera olsa, bolalar tilni yaxshi o'rganishadi. Masalan,
travelling, birthday, in the kitchen va boshqalar. Travelling (sayohat) mavzusida
o'qituvchi sayohat uyushtirishi, sayohatga qanday vositalar orqali (foot, bicycle,
automobile, train, boat, airplane) borish mumkinligi, qayerlarga sayohat qilish
(Tashkent, Samarkand, Bukhara, England, USA) muhimligi haqida ma'lumot beradi.
Bu usul o'quvchilarning so'z boyligini, til imkoniyatlarini kuchaytiradi, dunyoqarashini
o'stiradi. Qo'shiq va she'rlar orqali tushuntirish yoki esda qolishi qiyin bo'lgan, ma'noga
ega bo'lmagan harf yoki birikmalarni kuyga solib o'rgatish. Bunga misol qilib,
bolalarning ingliz tili alifbosini qo'shiq qilib o'rganishlari, shunchaki, yodlashdan ko'ra
samarali ekanligini ko'rsatish mumkin. Aqliy va jismoniy harakatlar bilan bo'g'liq
bo'lgan o'yinlar. Multfilmlar; Bolalar til o'rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni
tushunmasada, multfilm qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan
so'zlarni tushunishga intiladi.Bu esa bolalar uchun qiziq va til o'rganishlari uchun
samarali yo'l.
Sinf muhitini yaxshilash uchun qo‘shiq va harakatli o‘yinlardan foydalanish.
Moslashuvchan sinf atmosferasini yaratish, ba'zida har qanday ta'lim usulidan ko'ra
muhimroqdir. Sinfda dars boshida inglizcha yoqimli qo'shiq bilan o'qituvchi
boshchiligidagi barcha bolalar birgalikda qo'shiq kuyladilar va uning ohangiga mos
ravishda biroz raqsga tushadilar. Bu o‘z-ozidan ularning tanalarini chiniqtirib, yanada
tetik bo‘lishga va qo‘shiqni so‘zlarini tezroq yod olishga yordam beradi. Inglizcha
muhit, muhimi, yaxshi o'quv atmosferasiga tabiiy ravishda kirishga imkon beradi.
Bolalarning o'zini-o'zi boshqarish qobilyati sust bo‘lib, butun mashg‘ulot davomida
e’tiborini jamlashi va egallab olishi qiyin. Shuning uchun, o'qituvchi bolalar tinglashni
yaxshi ko'radigan qo'shiqlarni, she'rlarni yoki tilni chiniqtirish uchun tez aytishlarni,
yoki bo‘lmasam bolalar yaxshi ko'radigan animatsion multfilmni taqdim etishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, kichik yoshdagi bolalarga til o'rgatish majburiyat sifatida
emas, qiziqarli mashg'ulot tarzida olib borilishi, bir necha samarali usullardan
foydalanib dars o'tish ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun poydevor bo'lib
xizmat qilishi mumkin. Bolalarga chet tillarini o'rganish qanchalar muhimligini tabiiy
sharoitlar orqali to'g'ri tushuntirib borilishi darkor. Chunonchi, buyuk mutafakkir Abu
Nasr Forobiy ham ko'plab xorijiy tillarni mukammal bilgan, bu tillarda bemalol
gaplasha olgan hamda shu tillarda ijod qilgan. Bunday imkoniyat allomaning dunyo
ilm- fanini o'rganishga, buyuk ishlarni amalga oshirishiga turtki bo'lgan. Zero, Navoiy
bobomiz aytganlaridek, «Til bilgan - el biladi’’.
Dostları ilə paylaş: |