91-mavzu. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning tuzilishi. Akulalar turkumi, tuzilishi, ko‘payishi va hayotiy jarayonlarining asosiy xususiyatlari. Tikanli akula va kit akula. Baliqlarning yashash muhitiga moslashishi



Yüklə 376,51 Kb.
səhifə3/13
tarix09.04.2023
ölçüsü376,51 Kb.
#95270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
91 mavzu biologiya

Hazm qilish sistemasi hazm qilish organlari og'iz bo'shlig'iga olib kiradigan og'izteshigidan boshlanadi. Jag'larda plakoid tangachalaming o'zgarishidanhosil bo'lgan konussimon tishlar joylashgan. Og'iz bo'shlig'i halqumgaochiladi. Halqumning ikki yon tomonida jabra yoriqlari joylashgan.Halqumga yana sachratqich ham ochiladi. Halqum qizilo'ngachga,qizilo'ngach esa oshqozonga ochiladi. Oshqozon ingichka ichakka ochiladi, shu joyda oshqozon osti bezi joylashgan. Yo'g'on ichakningdiametri ancha keng va ichida spiral klapani bor. U ichakning so'rishyuzasini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Yo'g'on ichak kloakaga ochiladi. Tana bo'shlig'ida taloq joylashgan.
Nafas olish sistemasi Jabralar nafas organlari bo'lib xizmat qiladi. Har bir jabra yorig'i biruchi bilan halqumga, ikkinchi uchi bilan tashqariga ochiladi. Jabra teshiklaribir—biridan keng jabralararo to'siq bilan ajralgan va bu yerda jabra yoylarijoylashadi. Jabra yoriqlarining oldingi va keyingi devorlarida jabra yaproqlariboshqa baliqlardagi singari ektoderma hisobidan rivojlanadi
Qon aylanish sistemasiAkulaning yuragi vena sinusi, yurak bo'lmasi va qorinchasi, arterialkonusdan iborat. Arterial konus yurak singari ko'ndalang targ'il muskuldan tuzilgan. Konusdan qorin aortasi boshlanadi. Qorinaortasining chap va o'ng tomonidan 5 juft jabraga olib keluvchiarteriyalar chiqadi va qon jabrada kislorod bilan to'yinib, arteriya qonigaaylanadi. Arteriya qoni jabradan olib ketuvchi arteriyalarga yig'iladi.Jabradan olib ketuvchi arteriyalar juft aorta ildizlariga quyiladi. Aortaildizlari keyingi tomonda o'zaro qo'shilib, gavdaning qolgan barcha qismini arterial qon bilan ta’minlaydigan toq orqa aortani hosil qiladi.Venoz sistemasi toq dum venasidan boshlanadi. Bu vena bir juftkeyingi kardinal venalarga bo'linib, buyraklarga kiradi va birqanchakapillyarlarga bo'linib, buyrak qopqa sistemasini hosil qiladi Buyraklardanyana bir juft kardinal venachiqib, keyingi kardinal venalarga yig'iladi.Gavdaning bosh qismidan venoz qon bir juftoldingikardinal venalargato'planadi. Oldingi va keyingi kardinal venalar yurak oldida o'zaroqo'shilib, Kyuve kanalini hosil qiladi va u vena sinusiga ochiladi. Qorinva ichaklardan qon ichak osti venasi bilan jigarga kiradi va kapillyarlargatarmoqlanib, jigar qopqa sistemasini hosil qiladi, u yerdan jigar venasichiqib, vena sinusiga quyiladi.

Yüklə 376,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin