91-mavzu. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning tuzilishi. Akulalar turkumi, tuzilishi, ko‘payishi va hayotiy jarayonlarining asosiy xususiyatlari. Tikanli akula va kit akula. Baliqlarning yashash muhitiga moslashishi



Yüklə 376,51 Kb.
səhifə4/13
tarix09.04.2023
ölçüsü376,51 Kb.
#95270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
91 mavzu biologiya

Ayirish sistemasi-ayirish organi bo'lib tana buyragi —mezonefros xizmat qiladi.Chiqaruv yo'llari vazifasini Volf kanallari bajaradi va kloakaga ochiladi.
Ko’payishiUrg'ochisining tuxumdoni tuxum yo'li bilan qo'shilmagan. Tuxum yo'likloakaga ochiladi. Urg'ochilarining jinsiy va ajratish yo'llari bir —biri bilan qo'shilmagan. Juft urug'donining kanallari buyrakning oldingibo'limi bilan qo'shilgan. Urug'don kanallari buyrak orqali o'tib, Volfkanallariga quyiladi. Shunday qilib, erkaklarida Volf kanallari ham siydikyo'li, ham urug' yo'li vazifasini bajaradi. Volf kanallari ham kloakagaochiladi. Ayrim jinsli, urug'lanish ichki. Ayrim turlari tirik tug'adi.
Akulalar turkumi. Akulalar ancha yirik, tanasi torpedasimon, dum suzgichi juda kuchli rivojlangan. Terisini qoplab turgan tangachalari haqiqiy suyakli baliqlarnikidan batamom farq qiladi. Ularning tangachalari qalin va yirik plastinkalardan iborat bo‘lib, har qaysi tangacha ustida sirtdan emal bilan qoplangan tishsimon o‘simtasi bo‘ladi. Akula jag‘ida bunday o‘simtalar tishlarga aylanadi. Barcha umurtqali hayvonlar, shu jumladan, odamlarning tishlari ham akulalarn ikiga o‘xshash tuzilgan. Akulalar juda serharakat yirtqich baliqlar bo‘lib, ancha yirik hayv onlarga, shu jumladan, cho‘milayotgan odamga ham hujum qiladi. Ko‘pchilik akulalar tirik tug‘adi, ba’zi turlari tuxum qo‘yib ko‘payadi.Akulalarning kattaligi har xil bo‘lgan 250 turi ma’lum. Ular orasida uzunligi 40–45 sm bo‘lgan tikanli akula eng kichigi, uzunligi 15 m keladigan gigant akula yoki 18 m ga yetadigan kit akulasi eng yirik hisoblanadi. Lekin bunday bahaybat akulalarning tishlari juda mayda bo‘lib, ular mayda qisqichb aqasimonlar va baliqlar bilan oziqlanadi.Tog'ayli baliqlar sinfiga 650 dan ortiq tur kiradi va ular ikkita kenja sinfga bo'linadi: 1. Plastinka jabralilar kenjasinfi; 2. Yaxlit boshlilar kenja sinfi. Plastinka jabralilarkenja sinfi o'z navbatida ikkita turkumni, ya'ni Akulalar va Skatlarni o'z ichiga oladi. Bular suvda yaxshi suzadi va yirtqichlik bilan hayot kechiradi. Bo'yi 5 m gacha boradigan Atlantika va Tinch okeanlarda yashaydigan ko'k akulani, 15 -20 m gacha boradigan kitsimon vagigant akulalami, Qora dengizda yashaydigan 1 m gacha boradigan tikanli akulalarni ularning vakili sifatida olish mumkin.

Yüklə 376,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin