Mavhum qaynash qatlamining gidrodinamikasi Mavhum qaynash qatlami quyidagicha hosil qilinadi. IHtiyoriy shakldagi vertikal idish (masalan, tsilindr) tubiga sim to`r o`rnatilib, uning yuzasiga muayyan qalinlikda sochiluvchan donador qattiq material zarrachalari to`kiladi. SHundan so`ng apparat tubidan yuqoriga, to`r orqali havo (yoki suyuqlik) oqimi yuboriladi.
Dastlab, havo oqimini tezligi (sarfi) kichik bo`lganda, to`r ustidagi material qatlami qo`zg`almas bo`ladi. Havoning tezligi ma`lum bir qiymatlarga ega bo`lganda qatlamdagi materialning og`irligi gaz oqimining gidrodinamik bosimiga teng bo`lib qoladi. Gaz tezligi yanada oshirilsa, zarrachalar harakati tezlashadi, qatlam kengayadi va u Huddi qaynayotgandek bo`lib ko`rinadi, qatlamni bunday holati mavhum qaynash holati deyiladi. Mavhum qaynash holatida mahsulot qatlamidagi zarrachalar turli yo`nalishlar bo`ylab siljib, intensiv aralasha boshlaydi (1- rasm, b-sxema). qatlamning erkin yuzasida to`lqinlanish va chayqalishlar kuzatiladi. Bu paytdagi qatlam holatining manzarasi Huddi qaynayotgandek ko`rinadi.
Mavhm qaynash holatida zarrachalar qatlamining balandligi o`sadi va undagi bo`shliq hajm ulushi ortadi. Mavhum qaynash qatlamining strukturasi ishchi muhit turidan (gaz yoki suyuqlik) bog`liq bo`ladi. Tehnikada mavhum qaynash qatlami asosan gaz oqimida tashkil etiladi. Sanoat qurilmalarida turli jinsli qatlam holatlarini hosil bo`lishi qurilma va zarrachalarning shakli, o`lchami va yuzasiga, zarrachalar va oqim zichliklarining nisbatiga, oqim tezligi va gaz tarqatuvchi to`rning turiga bog`liq bo`ladi. K soni qiymatini ortishi bilan qatlamning turli jinslilik darajasi ortadi. Bu paytda qatlamdagi gaz oqimi nafaqat uzluksiz oqim, balki pufakcha shaklida ham harakatlanishi mumkin (1-rasm, v-sxema). Harakatdagi gaz pufakchalari qatlamdagi zarrachalarning aralashuvini tezlashtiradi. Kelgusida, gaz sarfining ortishi bilan pufakchalar o`lchami qurilma diametrigacha kattalashuvi mumkin. Bu paytda gaz pufakchasi ustidagi zarrachalar qatlamining porshenli harakati kuzatiladi.
.