Ammiakli usul bilan necha %li nitrat kislota ishlab chikarish mumkin?
Azot (II) -oksidining azot (IV)-oksidiga aylanish reaksiyasi, kinetik xududda boruvchi, nokatalitik, gomogen reaksiyadir. Nitrat kislota ishlab chiqarishda eng sekin boruvchi bosqich NO ni NO2 ga oksidlanishi reaksiyasidir. Mana shu reaksiya ishlab chiqarish jarayonining umumiy tezligini belgilaydi. Bu reaksiya nitrat kislota ishlab chiqarishning ikkinchi bosqichi bo’lib, quyidagi tenglama bo’yicha boradi.
2NO+O2 ↔2NO2+112,3kJ
Bu reaksiya 1500C dan past haroratda, amalda to’liq 2NO2 hosil bo’lishi tomonga yo’naladi. Agar harorat oshirilsa muvozanat chapga, ya’ni NO2 ni parchalanib NO va O2 hosil bo’lish tomon siljiydi. 8000C da NO2 ning hosil bo’lishi umuman to’xtaydi. Barcha bir bosqichli reaksiyalarda haroratning ortishi reaksiya tezligini keskin oshiradi, ammo NO ning NO2 ga oksidlanish reaksiyasi, bu umumiy qoidaga bo’ysunmaydi, aksincha haroratning ortishi bu reaksiya tezligini kamaytiradi. Bu hodisani tushuntirish uchun bir necha gipotezalar o’rtaga tashlangan. Bulardan nisbatan to’g’ri deb tan olingani, bu NO ning oksidlanishi orqali mahsulot dimer hosil bo’lish bilan borish reaksiyasidir.
2NO↔(NO)2-AH; O2+(NO)2↔2NO2-AH
Dimerning hosil bo’lishi issiqlik chiqishi bilan boruvchi qaytar jarayondir. Demak, haroratning oshishi bu reaksiyada muvozanatni chapga NO2 ni parchalanishi tomonga siljiydi.
Demak, haroratning ortishi bilan NO ni oksidlanish reaksiyasi tezligining kamayishiga sabab, haroratga ortgan sayin konsenrasiyasining kamayishidandir. Binobarin,bosimning ortishi va haroratning pasayishi NO ni oksidlash reaksiyasini tezlashtiradi. Azot (IV)-oksidi assosiasiyalanib dimerlanish xossasiga ega.
2NO2↔N2O4+57kJ
Haroratning pasayishi bilan dimerlanish darajasi ortadi; atmosfera bosimida 00C haroratda NO2 ni assosiasiyalanishi 71 %ga teng, -150Cda esa 92 %ga yaqin, 1500C da N2O4 umuman bo’lmaydi, to’liq NO2 ga parchalanadi. Reaksiya hajmining kamayishi bilan borganligi uchun ham bosimning ortishi N2O4ning ko’payishiga olib keladi. Har qanday haroratda ham bu reaksiyalar amalda juda tez muvozanat holatiga keladi. Azot (IV)-oksidi, NO bilan ham o’zaro quyidagi reaksiya bo’yicha ta’sir etadi.
NO+NO2^N2O3+40,2kJ
Ammo azot (III)-oksidining amaldagi miqdori kam bo’ladi. Oksidlarning oksidlanish va assosiasiyalanish reaksiyalari tufayli nitroza gazlarining aralashmasi hosil bo’ladi. Qaysikim uning tarkibida azot va kislaroddan (havo bilan kirgan) tashqari NO, NO2, N2O4 va N2O mavjud bo’ladi. Bu oksidlar konsentrasiyalarning nisbatlari sharoitga qarab keskin o’zgarib turadi, ammo asosiy komponent NO2 va N2O4 larningo’zidir.
Azot (IV)-oksidi va azot qo’sh oksidini suv bilan adsorbsiyalash jarayonnning uchinchi va oxirgi bosqichi hisoblanadi. Azot (IV)-oksidi va N2O4 suv bilan quyidagi tenglama bo’yicha ta’sir etadi.
2NO2-H2OHNO3+HNO2+116kJ
N2O4-H2OHNO3+HNO2+59kJ
Hosil bo’lgan nitrit kislotasi beqaror bo’lganligi uchun o’z-o’zini oksidlash va o’z -o’zini qaytarish reaksiyalariga kirishadi. 3HNO2=HNO3+2NO+H2O-75,8kJ
Umumiy holda NO2 va N2O4 ning adsorbsiya reaksiyasi bunday yoziladi:
3NO2+H2O2HNO3+NO+136kJ
3N2O4+2H2O4HNO3+2NO+101kJ
N2O3 suv bilan birikib faqat nitrit kislotasiga aylanadi. NO va N2O4 lar amalda suvda erimaydi, betaraf oksidlardir.
Bu ekzotermik reaksiyalar hajmning kamayishi bilan bog’liq boradi. Demak, bosimni oshirish muvozanatni nitrat kislota hosil bo’lish tomonga (o’nga), haroratni oshirish esa uni parchalanishi tomonga (chapga) siljitadi.
.98-variant