91-variyant Poliamidlar ishlab chiqarish texnologiyasi. Ular asosida olingan polimerlarning xossalari va ekspluatatsiyasi. Poliamidlar



Yüklə 80,54 Kb.
səhifə18/40
tarix21.06.2022
ölçüsü80,54 Kb.
#61973
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
91-100

Issiqlik tarqalishi.

Issiqlik tarqalishining umumiy jarayonida odatda uchala usul — issiqlik o ‘tkazuvchanlik, konveksiya va nurlanish yo‘li bilan issiqlik almashishi bir vaqtda sodir bo'ladi. Uchala usulning amalga oshishi turlicha bo‘lishi mumkin. Bunda issiqlik almashish sharoitiga qarab bir usul boshqa usulga nisbatan ustunlik qilishi mumkin. Konveksiya va nurlanish usulida issiqlik almashishining birgalikdagi harakati natijasida devor va gaz oqimining nurlanishi bilan issiqlik tarqalish jarayoni sodir boMadi. Issiqlik nurlanuvchi gaz oqimi va devor orasida tarqalish jarayoni konveksiya va nurlanish orqali issiqlik almashining birgalikda ta ’siri natijasida solishtirma issiqlik oqimi sodir boMadi — bu qo‘sh issiqlik almashuvi deyiladi: Bir m uhitdan (suyuqlik yoki gaz) ikkinchi muhitga issiqlikning bir qatlamli yoki ko‘p qatlamli qattiq devor orqali o'tishi issiqlik uzatilishi deyiladi. Qalinligi 8 va sirt yuzasi 1 m2 boMgan bir qatlamli devorning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti X (Vt/mK), muhit haroratlari tsl va ts2 hamda ikkala tom onining a, va a 2 issiqlik berish koeffitsientlari berilgan (59- rasm). Issiq m uhitdan devorga issiqlik konveksiya orqali o‘tadi
.

  1. Tashlandik azot oksidlarini katalitik tozalash usuli kanday reaksiyalar asosida amalga oshiriladi?

Sanoatda ajralib chiqadigan chiqindi gazlar tarkibida asosan NO va NO2 gazlari uchraydi. Bu gazlarni tozalashda qiyinchilik azot oksidi – NO gazining past kimyoviy aktivligidir va uni suyuqlikda yomon erishidir. Ushbu muammorri hal etishning quyidagi yo'llari ma’lum:
1) NO gazini NO2 gazigacha to'liq oksidlash;
2) selektiv, ya’ni ikkala gazni bir xil yutadigan absorbent tanlash;
3) suyuq fazada NO gazini oksidlab yoki suyuq katalizator ishtirokida NO gazini kimyoviy aktiv moddaga aylantirish.
Sanoatda NO gazini gaz fazasida O2 bilan gomogen oksidlash usuli qo'llaniladi. Jarayonni tezlashtirish uchun gaz fazasiga kislorod qo'shiladi, lekin bu usul kislorodning katta sarfi bilan bog'liq. Chunki azot oksidi bilan faqat 1% kislorod reaksiyaga kirishadi, qolgani atmosfera havosiga tashlanadi. Azot oksidining oksidlash jarayoni katalizator ishtirokida tezlashadi.
Azot oksidini oksidlash va ulami suvga yutilish jarayonlarini tezlashtirish uchun suyuq fazada kislorod va ozon bilan oksidlash hamda bir vaqtning o'zida oksidlash va suyuq oksidlovchi yutgichlarga yuttirish orqali amalga oshiriladi. Gazsimon oksid- lovchilarning (kislorod va ozon) suyuq fazada erish tezligi haroratga, bosimga, komponentlaming konsentratsiyasiga, fazalararo yuza kattaligiga, oqimlar turbulentligiga va shu kabi omillarga bog'liq. Kislorod va ozonning suyuq fazada erishi sekin boradigan jaray o n b o 'lib , NO gazining suyuq fazada oksidlanishini limitlaydi. Agar suyuq oksidlovchilar ishlatilsa, erish jarayonining bosqichi limitlanmaydi.
NO gazini oksidlash uchun quyidagi oksidlovchi moddalar tekshirilgan: H2O2, KMnO4, KBrO3, HNO3, (NH4)2Cr2O7, Na2Cr2O7, K2Cr2O7.
Ular ichida eng faol oksidlovchi bo'lib KBrO3 hisoblanadi, keyingi o'rinlarda HNO3, KMnO4 va H2O2 oksidlovchilari hisoblanadi.
Azot oksidlarini absorbsiya qilish uchun suv, ishqorlar va selektiv sorbentlaming eritmalari, kislotalar va oksidlovchilar qo'llaniladi.
Suvga absorbsiyalanishi. Azot oksidlari, ayniqsa NO2 gazi suvga yaxshi yutiladi. Bunda nitrat kislotasi hosil bo'ladi.
3NO2 + H2O → 2HNO3+NO
Yutilmagan azot oksidlari Н2O2 bilan oksidlanadi:
NO + H2O2 → NO2 + Н2О
N2O3 + H2O2 → N2O, + H2O
N2O4 + H2O → HNO3 + HNO2
Jarayonda asosan vodorod peroksidining sarfi tozalash jarayonining iqtisodiy ko‘rsatkichni belgilaydi. 1t HNO3 kislotasi olish uchun 6 kg H2O2 sarf bo‘ladi. Azot oksidlarini suv va HNO3 kislotasiga yutilish jarayoni ham ishlab chiqilgan. Bunda azot oksidlarini HNO3 yutilishi bilan uning konsentratsiyasi oshib boradi. Shunda NO gazi suyuqlik chegarasida NO2 ga aylanadi. Jarayonni tezlashtirish maqsadida suyuq katalizatorlar ishlatiladi, tozalash darajasi 97 % ni tashkil etadi.


Yüklə 80,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin