Markazdan qochma nasosning asosiy ishchi elementi qobiq 3 ichida 1 valga urnatilgan, erkin aylanuvchi 2 ishchi gildirak bo`lib, suyuqlikni unga kirishi o`q yo`nalishida va chiqishi gildirak kanallari orqali radius yo`nalishida buladi. Ishchi gildirak ikkita (old va orqa) gardishlar va ular orasida joylashgan kuraklardan tashkil topgan bo`lib, kuraklar gildirak aylanishiga teskari tomoniga egilgan holda tayyorlanadi. Suyuqlik ishchi gildirakdan qobiq ichidagi 3 spiralsimon olib keluvchi moslama yordamida 13 uzatkichga chiqariladi. Ishchi gildirak aylanganda kurak pari oraligida uning o`qidan gradusda joylashgan har bir m massali suyuqlik xajmiga ta’sir etuvchi markazdan qochma kuch F ta’sir qiladi. Ana shu markazdan qochma kuch ta’sirida suyuqliq gildirakdan chiqishi natijasida uning atrofida bosim ortadi, ishchi gildirak markazida bosim pasayadi (vakuum xosil buladi), xamda suyuqlikning surish quvuridan uzluksiz kelishi ta’minlanadi. Xozirgi kunda axamiyati va ishlash sharoiti buyicha ko`p turdagi xilma-xil tuzilishdagi markazdan qochma nasoslar ishlab chiqilgan. Konsol turdagi markazdan qochma nasoslar Konsolli markazdan qochma nasosning umumiy shakli 2.1- rasmda keltirilgan. Bu gorizontal valli bir g`ildirakli nasos bo`lib, ishchi gildiragi valning muallaq qismiga maxkamlangani uchun «konsolli» nasos deb nomlangan. Konsolli nasosning kesimi va asosiy detallari 2.2-rasmda, tashqi kurinishi esa 2-rasmda berilgan. Bu erda 4 ishchi gildirak 12 valga shponka yordamida o`rnatilib, 21 gayka bilan maxkamlangan. Qobiq 7 ichki qismi spiralsimon bo`linma shaklida bo`lib, 6 uzatkich bilan bir butun xolda cho`yandan qo`yilgan va 15 yog`-vannali tayanch turimlariga boltlar bilan urnatiladi. Tayanch turimlariga urnatilgan 3 podshipniklar 12 po`lat valning tayanchlari bo`lib, o`qiy va radial hosil bo`ladigan kuchlarni qabul qiladi. O`qiy kuchlarni muvozanatlash maksadida 4 ishchi gildirakning orqa lappagida 23 kuch yengillatuvchi bir nechta teshikchalar ko`zda tutiladi. Nasos ichki b