Nima uchun azot dioksidini suv bilan absorbsiyasi bosim ostida olib boriladi?
Azot (II) oksid. Rangsiz, zaharli gaz. U befarq oksid hisoblanadi. Bog’lanish tartibi 2,5. Unda uch elektronli boglanish mavjud. Bu gaz harorat ta’siriga chidamli. Lekin 100oS da parchalanadi:
3NO=N2O+NO2
NO azot va kislorodning o’zaro ta’siridan hosil bo’ladigan yagona oksididir. Reaksiya elektr yoyi ta’sirida amalga oshib, qaytar tarzda sodir bo’ladi. 3000 oS da darhol muvozanat yuzaga keladi.
N2 + O2 2NO
NO ammiakni Pt va Rh aralashmasi katalizatorligida oksidlash jarayonida ham hosil bo’ladi:
4NH3 + 5O2 4NO + 6H2O
NO labatoriyada quyidagi usullarda olinadi:
2KJ + 2KNO2 + 2H2SO4 = 2K2SO4 + 2NO + J2 + 2H2O
3Cu + 8HNO3= 3Cu(NO)2 + 2NO + 4H2O
NO ham kuchli oksidlovchi va qaytaruvchi. SO2 ni oksidlab SO3 ga aylantiradi:
SO2 + 2NO= SO3+ N2O
NO ga galogenlar ta’sir etib nitrozil galogenidlar hosil bo’ladi:
2NO + Cl2=2NOCl
nitrozilxlorid hosil bo’lib (u sariq rangli). Shunga o’xshash NOF va NOBr birikmalar ham ma’lum.
Juda kuchli oksidlovchilar( K2Cr2O7 va K2Cr2O7) ta’sirida NO nitrat kislotagacha oksidlanadi:
10NO+6KMnO4+9H2SO4=6MnSO4+10HNO3+3K2SO4+4H2O
NO havo kislorodi bilan oson oksidlanib qo’ng’ir tusli gaz NO2 ni hosil qiladi:
2NO+O2=2 NO2
NO turli komplekslarda ligand sifatida qatnashadi. [Fe(NO)4], [Fe(NO)4I2], [Co(NO)4]. Past haroratda NO qattiq holatga o’tib dimer - N2O4 hosil qiladi.
NO nitrat kislota olishda ishlatiladi.
.
96-variant Ekstraksion fosfat kislota ishlab chiqarish. Fosforitlardan ekstraktsion fosfat kislota (EFK) olish uchun 93% li sulfat kislota ishlatish afzaldir. Bunda texnologik jarayondagi suv balansi yaxshilanadi – gipsning yuvilishini ko’p miqdordagi suv bilan amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Natijada chiqindiga chiqariluvchi fosfogips bilan yo’qotiladigan fosfat kislota va zararsizlantirish lozim bo’lgan oqava suvlar miqdori kamayadi. Kislota konsentratsiyasining oshirilishi olinadigan fosfat kislotadagi P2O5 miqdorini o’zgartirmaydi, gips kristallanishining maqbul sharoiti orqali oldindan belgilanadi. Yanada yuqoriroq konsentratsiyali sulfat kislota ishlatilganda issiqlik ajralishi (suyultirish issiqligini ortishi hisobiga) keskin ortadi, uni esa sistemadan ajratib olish talab etiladi. Digidratli usulda fosfat kislota olishda fosfat xom ashyosi tarkibidagi barcha ftorning (asosan SiF4 tarzida) 3-5% igina gazli faza bilan ajraladi, taxminan 80%i EFKga, 15-17%i esa fosfogipsga o’tadi. Sovutish usuli va ventilyatorning uzatishga bog’liq holda ekstraktordan ajratib olinadigan gaz tarkibidagi ftoridlar konsentratsiyasi, ftor hisobida 0,2-2,5 g/m3 ni tashkil etadi. Ekstraksiya sexida o’rnatilgan absorbtsiya sistemalari, asosan, chiqindi gazlarini tozalash uchun mo’ljallangan, bunda hosil bo’ladigan H2SiF6 ning kuchsiz eritmalari neytrallash stansiyalariga yuboriladi yoki fosfogipsni yuvish uchun ishlatiladi. Tabiiy fosfatlardan ekstraksion fosfat kislota ishlab chiqarish ko’rsatkichlari analitik ma’lumotlar bo’yicha aniqlanadi: P2O5 ning texnologik unumi (Kunum,%), ya’ni P2O5 ning xom ashyodan fosfat kislotaga o’tish darajasi apatitni qayta ishlashda – 95-96% ni va turli fosforitlar uchun – 71-94% ni tashkil qiladi. U P2O5 ning eritmaga ajralish koeffitsenti (Kajr., %) dan 2-3% ga kichikdir. Buni fosfogipsni fosfat kislotadan yuvilishining to’la bo’lmasligi bilan izohlanadi: yuvilish koeffitsienti (Kyuvish, %) odatda 97-99% ni tashkil etadi. Vaholanki: Kunum = Kajr.۰Kyuvish/100 ga teng. Ekstraktsiyalashning digidratli usulida kislotaga P2O5 ning mahsulotli (xo’jalik) unumi 93-95% ni tashkil etadi, shunga mos ravishda 1 t P2O5 li mahsulotga 2,73-2,65 t apatit (1075-1045 kg P2O5) va 2,48-2,45 t (CaO ni bog’lash uchun stexiometrik me’yordagi, ya’ni 1 t apatitga 0,915 t) 100% li sulfat kislota sarflanadi. Fosforitlarni qayta ishlashdagi sarf koeffitsentlari apatitlarni qayta ishlashdagiga nisbatan: fosfat bo’yicha 1,5-2,3 marta; fosfat tarkibidagi P2O5 bo’yicha 1,02-1,27 marta; sulfat kislota bo’yicha 1,2-1,7 marta kattaroqdir. Xom ashyo harajatlari EFK ishlab chiqarish umumiy harajatlarining 70-80% ni tashkil etadi.