Gipsli bog‘lovchi moddalar kuydirilgan gips-toshni maydalab tuyish bilan hosil qilinadi. Gips-toshning kuydirilish temperaturasiga va sharoitiga qarab undan qurilish gipsi, juda mustahkam gips hamda angidridli sement hosil qilinadi. Tarkibida ikki molekula suv bo‘lgan kalsiy sulfatli cho‘kindi tog‘ jinsi gips (CaSO4∙2Н2О) ni va ayrim sanoat chiqindilarini pishirib, suvsizlantirib bog‘lovchilar olinadi.
Tabiiy gips-tosh oq rangli, qattiqligi 2 (Maos shkalasi bo‘yicha), zichligi 2200-2400 kgg‘m3 bo‘lgan jinsdir. Gips tosh zaxiralarining eng kattasi Buxoro viloyatida mavjud.
150….170 0С da kuydirilgan gips-toshni tuyib maydalangan mahsulot qurilish gipsi deb ataladi.Ikki malekula suvi bo‘lgan kalsiy sulfati 65 0С da qizdirilganda, u o‘z xususiyatini o‘zgartiradi va tarkibidagi suv asta-sekin yo‘qolib, degidratatsiyalana boshlaydi.
CaSO4∙2Н2О→ CaSO4∙0,5Н2О Q1,5Н2О
Tabiiy kalsiy fosfatni fosfat kislota hamda konsentrlangan fosforli o‘g‘itlarga gidro-kimyoviy usulda aylantirish natijasida olingan chiqindi-fosfogips sanoat uchun yirik xom ashe manbai hisoblanadi. Asosiy ishlab chiqarilayotgan mahsulot bilan birgalikda hosil bo‘ladigan fosfogips miqdori qayta ishlanayotgan har tonna fosforit yoki apatitga nisbati 1,4….1,6 tonna ko‘p bo‘ladi. O‘zbekistonda fosfogips Olmaliqda va Samarqandda ko‘p miqdorda to‘plangan.
Tarkibida ikki molekula suv bo‘lgan gips sifatida chiqadigan kalsiy sulfat suvda deyarli erimaydi, shuning uchun undan fosfat kislota eritmasi oson ajratib olinadi, fosfat kislota eritmasi ma’lum temperaturada konsentrlangunga qadar bug‘latiladi.
Fosfogips tarkibida 75....95% ikki molekula suvli gips bor. Fosfogipsda ftoridlar yoki kremniy ftoridlar ikkinchi darajali tarkibiy qism hisoblanadi. Bu hol oddiy texnologiya asosida fosfogipsdan olinadigan gipsli bog‘lovchi moddalarning xossasini yomonlashtiradi. Biroq maxsus ishlab chiqilgan usullar asosida fosfogipsdan sifati tabiiy xomashyodan hosil qilinadigan mahsulotdan qolishmaydigan tayyor bog‘lovchi modda olish mumkin.
Gips ishlab chiqarish. Qurilish gipsi uch xil usulda ishlab chiqariladi:
Gips-tosh kukunlatib tuyiladi va pishiriladi.
Gips-tosh maydalanib pishiriladi, so‘ngra tuyiladi.
Gips-tosh maydalanib, yuqori bosimli suv bug‘ida ishlanadi va quritilib tuyiladi.
Gips-tosh shaxtali va aylanma xumdonlarda yoki bug‘ beriladigan avtoklavlarda pishiriladi. Shaxtali xumdonlarga 15 mm yiriklikda, bug‘ beriladigan avtoklavlarda esa 25……50 mm yiriklikda solinadi: qozonlarga gips-tosh kukun holida solinadi.
Gips-tosh bolg‘ali maydalagichlada yoki po‘lat sharli tegirmonlarda maydalaniladi.
Amalda gipsni qaynovchi qozonlarda pishirib olish usuli keng tarqalgan. Po‘lat silindr va vertikal o‘qqa o‘rnatilgan qorgichdan
iborat bo‘lgan qozonga kukun-tuyilgan gips solinadi. Qozonning diametri buylab turtta isitgich quvurlari o‘tkazilgan. Ularda xom gips pishiriladi va tayyor maxsulot qozon tagidagi g‘alvir orqali gips yig‘uvchi bunkerga tushadi. Qozonning 2 m3 xajmining ish unumi 1 soatda 1000 kg ni tashkil etadi. Gips kukunining qozonda pishish vaqti 1-1,5 soat.
Asosan yarimsuvli gipsdan iborat bo‘lgan va gips-toshdan termik ishlash yo‘li bilan tayyorlanadigan qurilish gipsi deb ataluvchi maxsulotni fosfogipsdan xam olish mumkin. Buning uchun fosfogips tarkibidagi fosfat kislotasini yuvib tashlash kerak. Aks xolda, birinchidan, fosfogips tarkibidagi fosfat kislota tayyor maxsulotning tishlashish muddatini uzaytirib yuboradi, ikkinchidan, qurilish fosfogipsning mexanik mustaxkamligi juda past darajada bo‘lib, undan faqat qurilish gipsiga qo‘shimcha sifatida foydalanish mumkin.
Gipsning xarakteristikasi. O‘z kristall strukturasiga kura, gipsning quyidagi asosiy xillari bor: shakarsimon siniq mayda donali gips yoki bushliqda tartibsiz yunaladigan yirik donali Gips (alebastr); ipaksimon tovlanadigan, tug‘ri joylashgan, ipsimon kristallardan tarkib topgan tolali jins xamda qatlam strukturali yassi tiniq kristallar tarzida joylashgan plastinkasimon gips.
Tarkibida ikki molekula suv bo‘lgan gips monoklin singoniyaga mansub. Uning kristall to‘ri Са2Q ionlari xamda SO sulfat tetraedrlarini o‘z ichiga olgan suv molekulalaridan iborat qatlamlar bilan bo‘lingan qavatlardan tarkib topgan.
Odatda, gips ustunsimon va tabletkasimon shakllarda kristallanib, ko‘pincha qaldirg‘och dumini eslatuvchi qo‘shayrilar hosil qiladi. Shuningdek, qirralari qiyshiq va yuzasi silliq yosmiqsimon kristallar ham gips uchun xos.
Gips-toshning zichiligi undagi aralashmalarga bog‘liq bo‘lib.2200-2400kgg‘m3 ni tashkil qiladi. Gipsdan tayyorlangan shag‘alning hajmi massasi 1300…1600 kgg‘m3 dan iborat bo‘lib, namligi keskin ravishda 3-5% va undan ham ko‘proq chegarada o‘zgarib turadi.