A. A. Adizov Fiskal institut Matematika va axborot



Yüklə 316,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix03.06.2023
ölçüsü316,41 Kb.
#124666
1   2   3   4   5   6
IQTISODCHILAR UCHUN MATEMATIKA ishchi dastur sirtqi 5 yillik

Amaliy mashgulotlar mavzulari 
Soat 
(baza) 
Soat 

Matritsalar va ular ustida amallar. Determinantlar va 
ularnning asosiy xossalari 



Matritsa rangi. Teskari matritsa 



Chiziqli 
algebraik 
tenglamalar 
sistemasi. 
Chiziqli 
tenglamalar sistemasini yechishning asosiy usullari 



Chiziqli fazo va chiziqli operatorlar tushunchasi 



Funksiya limiti va uzluksizligi 



Bir o„zgaruvchili funksiya hosilasi va differensiali. 
Differensiallanuvchi funksiyalar haqidagi asosiy teoremalar.



Ko„p o„zgaruvchili funksiya differensiali. Ko„p o„zgaruvchili 
funksiya ekstremumi mavjudligining zaruriy va yetarli 
shartlari 



Aniqmas integral. Aniq integral va uni hisoblash usullari 



Birinchi va ikkinchi tartibli differensial tenglamalar 


Jami: 
18 
18 
3. Mustaqil taʼlim uchun tavsiya etiladigan mavzular: 
 “Iqtisodchilar uchun matematika” fani bo„yicha talabaning mustaqil 
taʼlimi shu fanni o„rganish jarayonining tarkibiy qismi bo„lib, uslubiy va axborot 
resurslari bilan to„la taʼminlangan.
Talabalar 
auditoriya 
mashg„ulotlarida 
professor-o„qituvchilarning 
maʼruzasini tinglaydilar, misol va masalalar yechadilar. Аuditoriyadan tashqarida 
talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida 
berilgan misol va masalalarni yechadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq 
o„rganish maqsadida qo„shimcha adabiyotlarni o„qib referatlar tayyorlaydi hamda 
mavzu bo„yicha testlar yechadi. Mustaqil taʼlim natijalari ma‟ruzachi o„qituvchi 
tomonidan ON o„tkazish jarayonida inobatga olinadi.



Uyga vazifalarni bajarish, qo„shimcha darslik va adabiyotlardan yangi 
bilimlarni mustaqil o„rganish, kerakli maʼlumotlarni izlash va ularni topish 
yo„llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib maʼlumotlar to„plash va 
ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‟garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy 
manbalardan foydalanib ilmiy maqola va maʼruzalar tayyorlash kabilar 
talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash 
va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil taʼlimsiz o„quv 
faoliyati samarali bo„lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg„ulot olib boruvchi 
o„qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o„zlashtirish darajasini tekshirish 
va baholash esa maʼruza darslarini olib boruvchi o„qituvchi tomonidan har darsda 
amalga oshiriladi. 
Mustaqil ta‟lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: 
1.Kompleks sonlar va ular ustida amallar. Kompleks sonning 
trigonometrik shakli. Eyler formulalari. 
2.To„plamlar va ular ustida amallar. Tartiblangan va qisman tartiblangan
to„plam tushunchasi. 
3.Vektorlarning skalyar, vektor va aralash ko„paytmalari. Vektor va 
aralash ko„paytmalarni determinantlar yordamida hisoblash.
4. Chiziqli tenglamalar sistemasini yechishning Gauss va Gauss-Jordan 
usullari.  
5. Chiziqli tenglamalar sistemasini Excel dasturidan foydalanib yechish.
6.Evklid fazosida chiziqli operatorlar. Qo„shma va o„z-o„ziga qo„shma 
operatorlar. Simmetrik operatorlar va ularning xos son va xos vektorlari.
7. Ko„p tarmoqli iqtisod uchun balans modeli. Leontev modeli.
8.Tekislikda ikkinchi tartibli chiziqlar. Ikkinchi tartibli chiziqning 
umumiy tenglamasini kanonik ko„rinishga keltirish. 
9. Fazoda analitik geometriya. Fazoda tekisliklar va ularning joylashishi. 
10. Fazoda to„g„ri chiziq tenglamalari va uning turli ko„rinishlari. 
11. Ketma-ketlik va funksiya limiti. Cheksiz kichik va cheksiz katta 
funksiyalar va ular orasidagi bog„lanishlar.
12. Funksiya differensialining iqtisodiy masalalarni yechishga tadbiqlari. 
13. Ikki o„zgaruvchili funksiyaning to„la differensiali va uning tadbiqlari. 
14. Iqtisodiy masalalarni yechishning ba‟zi metodlari. Leontev modeli.
15. Ishora almashuvchi qatorlar. Leybnis teoremasi. Shartli va absolyut 
yaqinlashish.
16. To„la differensial tenglamalar. Integrallovchi ko„paytuvchi.
17. Tartibi pasayadigan yuqori tartibli differensial tenglamalar.
18. Iqtisodiy masalaning matematik modelini tuzish. Eng sodda iqtisodiy 
masalalarning matematik modellari: ishlab chiqarishni tashkil etish va 
rivojlantirish modeli; optimal bichish modeli; iste‟mol savati modeli. 
19.ChPM ni simpleks usulda yechish. Modifitsirlangan simpleks usul. 
Xos chiziqli programmalashtirish masalasi. Sikllanish. 

-usul.
20. ChPM ni yechishda sun‟iy bazis usuli. 



21. ChPM da ikkilanish nazariyasi. Qo„shma masalalarni qurish va 
yechish.
22. Ikkilanish nazariyasi asosida iqtisodiy masalalarni yechimini tahlil 
qilish.
23. Ikkilangan simpleks usul. 
24. Iqtisodiy masalalarning butun sonli yechimini topish. Butun sonli 
programmalash. 
25. Transport masalasining matematik modeli va xossalari.Transport 
masalasini yechishning potensiallar usuli. 
26. Xos transport masalasi va uni to„g„irlashning

-usuli. Ochiq modelli 
transport masalasi. 
27. Transport masalalariga keltiriladigan taqsimot masalalari. Uskunalarni 
optimal taqsimlash masalalari. Mutaxassislarni ish o„rinlariga optimal 
taqsimlash masalalari.
28. Kvadratik programmalashtirish va uni yechish usullari.
29. Gradient usullar. Qavariq programmalash masalasini yechish uchun 
gradient usullar.Tezlik bilan ko„tarilish usuli.
30. Dinamik programmalashtirish. Uskunalarni ta‟mirlash va yangilash 
masalasini yechish. Kapital mablag„larni optimal taqsimlash masalasi. 

Yüklə 316,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin