A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022



Yüklə 421,04 Kb.
səhifə17/63
tarix05.05.2023
ölçüsü421,04 Kb.
#108165
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22

Muhokama uchun savollar:

  1. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani qabul qilishning shart-sharoitlarini va о‘ziga xos xusutsiyatlarini tushuntirib bering.

  2. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyada ko‘zda tutilgan huquqlar bo‘yicha uch asosiy maqsad va jiddiy yangiliklar nimadan iborat?

  3. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning tuzilishini tushuntirib bering.



6-mavzu. Ijtimoiy ishda bola huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari.
Reja:

  1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan muassasalari (XMT, JSST, YUNESKO).

  2. Birlashgan Millatlar Tashkilotining yordamchi organlari: ularning funksiyalari, vazifalari, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qilish va amalga oshirishni ta`minlash sohasidagi faoliyatning asosiy yo’nalishlari.

  3. Shartnomadan tashqari nazorat mexanizmlari (BMT nizomi asosida) va an`anaviy nazorat organlari (inson huquqlari bo’yicha xalqaro shartnomalar asosida).



Tayanch so’z va iboralar:
BMTning ixtisoslashgan tashkilotlari, XMT, JSST, YUNESKO, Bola huquqlari bo‘yicha xalqaro mexanizmlar, shartnomadan tashqari nazorat mexanizmlari.


1. BMTning ixtisoslashgan tashkilotlarida inson huquqlari masalasi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti (UNESCO) va inson huquqlari UNESCO, necha yildirki, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 27-moddasida e'lon qilingan madaniy hayotda ishtirok etish huquqini amaliy tarzda turmushga tatbiq etishga qaratilgan faoliyat o‘tkazib kelmoqda. Chunonchi, 1966-yilda UNESCOning Bosh konferensiyasi Xalqaro madaniy hamkorlik tamoyillari deklaratsiyasini qabul qilgan va e’lon qilgan. Hukumatlar, Bola huquqlari bo‘yicha xalqaro mexanizmlar ma’murlar, madaniy faoliyat uchun mutasaddi tashkilotlar, uyushmalar va muassasalar bundan buyon ana shu Deklaratsiyaga amal qilishlari lozim, deb topilgan.
Hozirgi kunga qadar UNESCO tomonidan 70 ga yaqin xalqaro shartnomalar qabul qilingan bo'lib, ularning aksariyati inson huquqlari bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liqdir. Shuningdek, UNESCOning Konvensiyalar va tavsiyalar bo‘yicha qo‘mitasiga ham shikoyatlar bilan murojaat qilish mumkin. Murojaatlar alohida shaxslar yoki nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan quyidagi masalalar yuzasidan berilishi mumkin: ta’lim olish huquqi, jamiyatning madaniy hayotida erkin ishtirok etish, san’atdan bahramand bo'lish, ilmjy taraqqiyotda ishtirok etish huquqi, axborot va g‘oyalami har qanday vosita bilan izlash, olish va tarqatish erkinligi, vijdon va so‘z erkinligi.
Xalqaro mehnat tashkiloti Xalqaro mehnat tashkiloti Millatlar ligasi bilan bir paytda Versal shartnomasi asosida 1919-yiIda tashkil topgan. Xalqaro mehnat tashkiloti Birinchi jahon urushidan keyin ijtimoiy sohadagi islohotlami jadallashtirish va ularni xalqaro darajada muvofiqlashtirish maqsadida ta’sis etilgan. Xalqaro mehnat tashkilotining birinchi yig‘ilishi 1919-yilning oktabr-noyabr oylarida Vashington shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda Xalqaro mehnat tashkilotining oltita konvensiyasi va oltita tavsiyasi (lsh kunining davom ettirilishi to‘g‘risidagi 1-konvensiya bilan birga) qabul qilingan.
1946-yilda Xalqaro mehnat tashlaloti Birlashgan Millatlar Tashkilotining birinchi ixtisoslashgan tashkiloti sifatida tashkil topdi. 1969-yilda XMTning 50 yilligi munosabati bilan unga xalqaro Nobel mukofoti berildi.
XMT to‘rtta asosiy strategik maqsadga ega va ular quyidagilardan iborat:
birinchi maqsad- mehnat sohasi bo‘yicha normalar va asosiy tamoyillar hamda huquqlami rivojlantirish va amalga oshirish;
ikkinchi maqsad - ayollar va erkaklar uchun yanada kengroq va qulay ish sharoitini yaratish;
uchinchi maqsad- barcha uchun ijtimoiy himoya samarasini oshirish va ko‘lamini kengaytirish;
to‘rtinchi maqsad - uch tomonlama tuzilmani mustahkamlash va ijtimoiy muloqouii qo‘llah-quvvatlash.
Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) BMTning ixtisoslashgan tashkiloti bo'lib, insonning ijod qilish huquqi va uning ijodi natijalariga qaratilgan mualliflik huquqi va turdosh huquqlar himoyasi bilan shug‘ullanadi. BIMTning shtab-kvartirasi Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan. BIMT 1967-yil 14-iyul kuni Stokgolm shahrida imzolangan, “Butunjahon intellektual mulk tashkilotini tashkil etish haqidagi konvensiya” asosida tashkil etilgan. Konvensiya 1970-yildakuchgakirgan.
BIMTning vazifalaridan bin butun dunyoda davlatlar o‘rtasida kelishuv va bitimlar asosida intellektual mulkni himoya qilishni muvofiqlashtirish va turli shartnoma hamda konvensiyalaming ma’muriy boshqaruvini ta’minlashdan iborat. BIMTning mablag‘lari va faoliyati asosan rivojlanib kelayotgan, ayniqsa, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari, Yaqin sharq mamlakatlari va boshqa davlatlarning rivojlanishiga qaratilgan. Bu tashkilot 1974-yil dekabr oyida BMTning ixtisoslashgan tashkiloti degan maqomni olgan.
BIMT dunyoda intellektual mulk himoyasini ta’minlash va rag‘bat-lantirish borasida yangi va har tomonlama zarur bo‘lgan xalqaro shart-nomalarning yuzaga kelishida vositachilik qiladi. Shuningdek, bu tashkilot barcha davlatlarda intellektual mulkka oid milliy qonunchilikning yaratili-shida har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatadi, a’zo-davlatlarning bir-biri bilan aloqalar o'rnatishida ko‘maklashadi.
1976-yilda BIMT Konferensiyasi tomonidan Doimiy
dastur ishlab chiqilgan. Bu Dasturning asosiy vazifasi ijod bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni har tomonlama rag‘batlantirish, adabiy va badiiy asarlarni tarqatish, rivojlanayotgan davlatlarda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtinsh hamda shu soha bilan shug‘ullanayotgan tashkilotlar ishiga amaliy yordam berishdan iboratdir.
BIMT tashkil topgandan so‘ng harakatda bo‘lgan, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qator xalqaro konvensiyalar normalarini butun dunyo mamlakatlari milliy qonunchilik normalari orqali ijroga qaratishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirgi vaqtda deyarli barcha davlatlarda mualliflik huqu-qini himoya qilishga qaratilgan qonunchilik asoslari yaratilgan. Shuningdek, BIMT mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga oid qonunlar loyihalarini o‘rganib chiqish va tavsiyalar berish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Qabul qilingan yangi qonunlar, huquqiy adabiyotlarni chop etish va tarqatish yax-shiyo'lgaqo'yitgan.
BMTning 1996-yil 2-20-dekabr kunlari Jeneva shahridagi shtab-kvartirasida chaqirilgan diplomatik konferensiyasida qariyb o‘n yil davomida tayyorlangan “BMTning Mualliflik huquqiga oid shartnomasi” va “BMTning Ijrolar va fonogrammalar bo'yicha shartnomasi” qabul qilindi. Bu shartnomalar eng so'nggi texnologiya natijalari hisoblangan elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar, axborotlar bazasi, “Internet” tizimi, kinematografiya asarlari, fonogrammalardan foydalanish, ularga nisbatan bo'lgan huquqlarni amalga oshirish bilan bog'liq bir qator xalqaro huquqiy tizimlarni belgilab berdi. Ijrochitar huquqlarini yanada kengaytirish, fonogramma ishlab chiqaruvchilari manfaatlarini huquqiy shakllarda mustahkamlanganligi amalda bo'lgan soha xalqaro huquqiy normalari ijro-sini yanada kengaytirdi. Ayniqsa, ijrochilaraing shaxsiy nomulkiy va shaxsiy mulkiy huquqlari yanada kengaytirildi1.
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti insonning sog'liqqa bo'lgan huquqining targ'ib etilishi va himoya qilinishidagi asosiy ixtisoslashgan tashkilot hisoblanadi. JSST insonning sog'lom rivojlanishiga oid ko'plab xalqaro hujjatlar, shu jumladan, OIV/OITS dasturining butunjahon miqyosida qabul qilinishi va muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga o'ziga xos hissa qo'shib kelmoqda. JSST BMTning ixtisoslashgan tashkiloti hisoblanadi.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi masalalari bo'yicha tashkiloti ixtisoslashgan idoralar orasidagi eng yirik tashkilot hisoblanib, qashshoqlikka qarshi butunjahon miqyosida ko’rashishning muhim element! va oziq-ovqalga bo'lgan huquqning targ'ib etilishi va himoya qilinishidagi eng ta’sirchan ishtirokchi sanaladi. Taraqqiyot yo'lida qashshoqlikka qarshi ko’rashish borasida 2000-yil sentabrda o'tkazilgan Ming yillik Sammiti davomida 150 ga yaqin davlat boshliqlari va hukumat rahbarlari kelishuvga erishgan edilar.



Yüklə 421,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin