BMTning ixtisoslashgan muassasalari
BMTning ixtisoslashgan muassasalari maxsus sohalardagi hamkorlikni ta’minlovchi hukumatlararo universal tashkilotlardir. Ular quyidagi xususiyatlarga egadirlar:
birinchidan, bunday tashkilotlarni ta’sis etuvchi shartnomalar hukumatlararo harakterga ega;
ikkinchidan, ta’sis hujjatlari doirasidagi keng xalqaro javobgarlikka ega bo‘ladilar;
uchinchidan, maxsus: iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, insonparvarlik va boshqa sohalarda hamkorlikni ta’minlaydilar;
to‘rtinchidan, BMT bilan yakin aloqadadirlar.
Hozirgi kunda BMTning 16 ta ixtisoslashgan muassasalari mavjud. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
birinchi, ijtimoiy xususiyatli tashkilot (MOT, VOZ);
ikkinchi, madaniy va insonparvarlik tashkilotlari (YUNESKO)
uchinchi, iqtisodiy tashkilot (YUNIDO);
To‘rtinchi, moliyaviy tashkilotlar (MBRR, MVF, MAP, MFK);
beshinchi, qishloq xo’jaligi sohasidagi tashkilotlar (FAO I-FAD);
oltinchi, aloqa va transport sohasidagi tashkilotlar (IKAO, IMO, VPS, MSE);
yettinchi, metereologiya sohasidagi tashkilot (VMO).
O‘zbekiston Respublikasi BMTdan tashqari uning barcha asosiy ixtisoslashgan muassasalari a’zosidir.
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti. 1946 yilda tashkil etilgan bo‘lib, qarorgohi Jeneva shahrida. Uning asosiy faoliyat sohalari yuqumli kasalliklarga qarshi ko’rash, karantin va sanitariya qoidalarini ishlab chiqish va ijtimoiy harakterdagi masalalardir. Xalqaro Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti Sog‘liqni Saqlash tizimlari ishlarini tashkil etishda, samaradorligini oshirishda, kadrlar tayyorlash va kasalliklarga qarshi ko’rashda ko’maklashadi.
BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) 1945 yilda tashkil etilgan, qarorgohi Parij shahrida. YUNESKOning asosiy maqsadi davlatlar o‘rtasida ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlikning va ommaviy axborot vositalarining ishlatilishi yo‘li bilan xalqaro tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashdan iborat.
Jahon intellektual mulk tashkiloti 1967 yilda tashkil etilgan, qarorgohi Jeneva shahrida, uning asosiy maqsadi bugun dunyoda intellektual mulkni himoya qilish va bu sohadagi xalqaro kelishuvlarni hayotga tadbiq etishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |