A. A. Ibragimov, V. U. Xo’jayev, O. M. Nazarov bioorganik kimyo



Yüklə 162,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/105
tarix21.12.2023
ölçüsü162,73 Kb.
#187815
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   105
bioorganik kimyo

Nazorat savollari:
1.
Lipidlar gidrolizi natijasida hosil bo’ladigan moddalarni 
sanab bering? 
2.
Yog’ni agregat holati nima bilan bog’liq? 
3.
Lipoidlar qatoriga qanday moddalar kiritiladi? 
4.
Aminospirt xolinning kimyoviy tuzilishini yozing. 
5.
Sterinlarning qanday turlari ma’lum ? 
6.
Ateroskleroz kasalligiga qanday sabablar ma’lum ? 
7.
Membranadan ionlarni o’tkazish mexanizmini tushuntiring? 
8.
Ionofor deb qanday moddalarga aytiladi? 
9.
Immunitet deb nimaga aytiladi? 
10.
Vaksinalar qanday tabiatga ega? 
 
 
5.2. Biomembranalar funksiyasi va tuzilishi. 
 
Yuqorida ta’riflangan fosfolipidlar o’z molekulasida gidrofil va 
gidrofob qismlarini tutishi sababida tirik organizm faoliyatida muhim 
rol 
o’ynaydi. 
Ular 
hujayra 
va 
hujayraning 
maxsus 
tuzilmalari(organoidlari) - membranalarning asosiy komponenti 
sifatida ta’riflanadi. Har bir tirik hujayra atrofida membrana mavjud. 
Membrana hujayra faoliyatida muhim vazifani bajaradi: modda va 
ionlarni hujayraga kirishi va chiqishini nazorat qiladi va amalga 
oshiradi. Membrana o’ta murakkab tizim bo’lib, asosan lipid va 
oqsillardan tarkib topadi. 


160 
Tarixi:1665 yili angliyalik mikroskop kashfiyotchisi
R.Guk
hujayrani (
cellulae
)ko’radi. 1677 yili gollandiyalik 
A.Levenguk 
ko’plab tirik hujayralarni ta’riflaydi. 1839 yili germaniyalik T.Shvann 
hujayra nazariyasini kashf qiladi (asoslaydi). 

Membrana
” atamasi X1X asrning o’rtalaridan boshlab 
ishlatiladi. Qanday ma’noda? Membrana - hujayra chegarasi. 
Membrana hujayra tarkibidagi modda va ionlarni tashqi muhitga 
chiqarmaydi va tashqaridan hujayraga kiritmaydi. 
1895-1902 
yillari 
E.Overton
membranadan o’tadigan 
moddalarni ularni lipidlardagi eruvchanligi bilan bog’liqligini 
o’rganadi. Membrana tarkibida xolesterin va boshqa lipidsimon 
moddalar mavjudligini taxmin qiladi. 
1970 yillarda membarana tuzilishi haqida zamonaviy tasavvurlar 
shakllandi: lipoprotein ansambllari (murakkab tuzilmalari) sifatida 
ko’riladi. Demak, oqsil va lipidlardan iboratligi isbotlanadi. 
7-rasm. Membrana tuzilishining Sinjer-Nikolson modeli 
(suyuq mozaikasimon model) 


161 
Membrananing asosiy vazifalari: turli metabolitlar transporti
energiya generatsiyasi (to’planishi), hujayralar bo’linishi, asab 
impulslarini o’tkazish va boshqalar.
Kimyoviy tuzilish nuqtai nazaridan membrana lipid asosiga 
(matriks) ega bo’lib, uning yuzasida oqsil molekulalari joylashadi va 
ko’p vazifalarni aynan ular bajaradi. Oqsildan tashqari, ayrim 
membranalar tarkibiga uglevod, terpen, porfirin va boshqa turdagi 
moddalar kirishi mumkin. 
Membrana tuzilishining molekulyar modellari ko’p taklif 
qilingan.Ulardan biri 
Sinjer-Nikolson modeli
(7-rasm). Membrananing 
qismlari muntazam yangilanib turadi, ammo umumiy tuzilmasi xayot 
davomida o’zgarmaydi. 
Membrana orqali transport quyidagi bosqichlardan iborat. 
1.
O’tkaziladigan moddani gidrofob muhitdan o’tadigan kompleks
hosil qilish. 
2.
Membrananing qarshi tomonida kompleks parchalanishi va 
o’tkazilgan modda suv muhitiga yuborilishi. 
3.
O’tkazuvchi modda eski holatga qaytishi. 
Birinchi marta 
B.Pressman
1964 yili ayrim ionlarni ayrim 
antibiotiklar yordamida transportini amalga oshirgan. 
Bunda antibiotik peptid tabiatiga ega bo’lgan. Uni 
ionofor 
deb 
umumiy transportchi modda uchun nom berilgan. Ionoforlar 
konformasiyasi shunday bo’ladiki, ular K
+
ioniga moslashgan bo’lsa, 
unda Na
+
yoki boshqani ushlamaydi. Bo’shliq o’lchami aynan K
+
ga 
mos bo’ladi. 

Yüklə 162,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin