A. A. Ibragimov, V. U. Xo’jayev, O. M. Nazarov bioorganik kimyo



Yüklə 162,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/105
tarix21.12.2023
ölçüsü162,73 Kb.
#187815
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   105
bioorganik kimyo

 
Nazorat savollari: 
1. Kamfora oksidlanishida necha tur kislotalar hosil bo’ladi? 
2. Akoron molekulasi nechta izopren birligini kiritadi? 
3. Akonit o’simligini alkaloidlari terpenlarni qaysi guruhiga kiradi? 
4. Tetraterpenlar guruhiga qanday misollar keltira olasiz? 
5. Terpenlar xomashyodan qanday ajratib olinadi? 
6. Atirni xushbo’y hidini qanday modda hosil qiladi? 
7. Steroid so’zini mazmunini tushuntiring? 
8. Gestaganlar qanday vazifani bajaradi? 
9. Ikkita androgendan qaysi biri kuchliroq ta’sirga ega: androsteron va 
testosteron? 
10. Kortikoidlar qanday guruhlarga bo’linadi? 
 
 
6.5. Vitaminlar haqida umumiy tushuncha. 
Reja 
1.Vitamin atamasi haquda umumiy tushuncha, 
2. Ularning asosiy turlari va ta’siri. 
 
Tayanch iboralar
: retinol, akseroftol, avitaminoz, gipervitamino, 
organizm talabi, tiamin, aneyrin, anevrin, kokarboksilaza, riboflavin 
niatsin, 
piridoksin, 
askorbin 
kislotasi, 
tokoferol, 
ergosterin, 
to’yinmagan yog’ kislotalar. 

Muammoli vaziyat
: V vitamin parchalanganda qanday ikkita 
geterosiklik halqa hosil bo’ladi? Qaysi koferment tarkibida V 
vitamin ta’sir etadi? 
Vitaminlar atamasi lotincha vita(hayot) so’zidan kelib chiqadi. 
Kimyoviy nuqtai nazardan ular quyi molekulyar biorgegulyatorlar 
sinfiga kiradi. Vitaminlar kam miqdorda inson organizmining normal 
faoliyati uchun zarur moddalar hisoblanadi. Vitaminlar oziq-ovqat 
bilan kerakli miqdorda kiritilishi lozim, chunki organizm biosintez 
hisoblidan o’zini ehtiyojini qoplay olmaydi. Organizm faoliyati uchun 


207 
zarur bo’lgan noorganik tuzlar, mikroelementlar, energiya manbalari 
vitaminlar qatoriga kiritilmaydilar. Almashtirib 
bo’lmaydigan 
aminokislotalar ham vitaminlar qatoriga kiritilmaydi. Ayrim 
vitaminlar tashqi omillar ta’sirida organizmda hosil bo’lishi ham 
mumkin. Masalan, D-vitamini UB nurlari ta’sirida, A-vitamini esa – 
karotinlardan. 
Qadimdan e’tirof etilgan, ayrim xastaliklar ma’lum bir oziq-
ovqat isthemolidan so’ng tuzaladi. Masalan, singani davosi limon, 
raxitni esa - baliq jigarining yog’i. Vitaminlarni rolini ilmiy asoslab 
bergan olimlar 
Eykman va Xopkins
1929 yili Nobel mukofoti bilan 
taqdirlanganlar.


Yüklə 162,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin