Tahliliy funksiya.
Ishonchli va huquqiy asoslangan axborot
korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda ishlatiladi.
Tahlil bu
qabul qilingan qarorlar natijasida erishilgan yutuq va kamchiliklami
o ‘rganish hamda u orqali natijalami yanada yaxshilash maqsadida ichki—
tashqi omillami izlash jarayonidir.
Hisob funksiyasi
korxona xo‘jalik faoliyati hujjatlar asosidagi
yalpi, uzluksiz va o ‘zaro bog‘langan ifodasidir.
Asosiy
va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar,
daromadlar
va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ulaming harakati bilan
bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari
buxgalteriya hisobining obyektlaridir.
Buxgalteriya hisobining obyektlari jam lam a schyotlarda aks ettiriladi.
Analitik hisobni yuritish tartibi buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan
mustaqil ravishda belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi to ‘g ‘risidagi
qonunga binoan,
buxgalteriya
hisobining subyektlari
bo‘lib, Davlat hokimiyati va boshqaruv
organlari, 0 ‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik
shaxslar, ulaming 0 ‘zbekiston Respublikasi
hududida hamda undan
tashqarisida joylashgan shu’ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va
boshqa tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi.
Yuridik shaxs tashkil
etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda buxgalteriya hisobini yuritadi va
buxgalteriya (moliya) hisobotini taqdim etadi. Kichik korxonalar 20-
sonli “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan soddalashtirilgan
buxgalteriya hisobi va hisobotni tuzish tartibi to ‘g ‘risida” deb
nomlangan buxgalteriya hisobining milliy standard
asosida buxgalteriya
hisobini soddalashtirilgan tartibda yuritadilar.
Dostları ilə paylaş: