2-BOB. BUXGALTERIYA BALANSI
2.1. Buxgalteriya balansi haqida tushuncha, uning tuzilishi,
mazmuni va ahamiyati
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan
biri hisoblanadi. Buxgalteriya balansini iqtisodiy jihatdan olganda
xo‘jalik mablagMarini joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha
bir-biriga tengligini ta ’minlaydi deb aytish maqsadga muvofiqdir.
“Balans” so‘zi lotincha bo ‘lib, uning aynan tarjimasi “bis”- ikki
karra va “Ians”
tarozi pallasi, y a ’ni tarozining ikkita pallasini tengligi
degan m a’noni, muvozanat tenglik ramzini bildiradi. Tarozi muvozanat
ramzi sifatida buxgalterlaming xalqaro gerbida ham aks ettirilgan.
Buxgalteriya hisobida “balans” tushunchasi
ikkita ahamiyat kasb
etadi:
1. Jamlangan summalar
tengligi, y a’ni schyotlarning debeti
bo‘yicha summalar jami va krediti bo‘yicha summalar jam ining tengligi,
har bir sintetik schyot m a’lumotlarining (boshlang‘ich qoldig‘i,
debet va
kredit aylanmalari, oxirgi qoldig'i) mazkur sintetik schyotga tegishli
analitik schyotlar m a’lumotlariga tengligi, balans aktividagi moddalar
summalari jami va passividagi moddalar summalari jam ining tengligini
ifodalaydi;
2. Moliyaviy hisobotning asosiy shakli bo‘lib, xo‘jalik
yurituvchi
subyektning m a’lum sanadagi mulkiy va moliyaviy ahvolini aks
ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini ifodalaydi.
M ablag‘lar holatidagi o ‘zgarishlar ulaming turlari bo‘yicha
buxgalteriya hisobi schyotlarida o ‘z ifodasini topadi va har oyning
oxirida har bir mablag‘ning oy davomidagi o ‘zgarishi,
oy oxiriga
bo‘lgan qoldig‘i hisob-kitob qilinadi. Demak, buxgalteriya hisobi
schyotlari mablag1 turlari bo ‘yicha mulk egasiga yetarli m a’lumotlami
beradi. Lekin bu m a’lumotlarda mablagMaming joylanishi ulami moddiy
javobgar shaxslar bo‘yicha taqsimlanganligini ko‘rsatib beradi, ammo
29
ulaming qaysi m ablag‘lar hisobiga tashkil
qilinishi ham mulkdor uchun
zaruriyati yuqori.
Korxona va tashkilotlar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tegishli
faoliyat ko‘rsatish jarayonida xomashyo bir turdan ikkinchi bir turga
aylanadi. Buxgalteriya hisobida har bir mablag‘ning
harakati turlari
bo‘yicha hisob-kitob qilinadi va hisobot davri oxiriga mablag‘lar holati
bo‘yicha to ‘liq m a’lumotni olish imkoniyatini beradi.
Buxgalteriya hisobida ifoda qilingan mablag‘lar harakati bo‘yicha
mablag‘laming joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha
m a’lumotlami umumlashtirish maqsadida balans tuziladi.
Dostları ilə paylaş: