Misol. Korxona oldin foydalanilgan yengil avtomobilni moliyaviy
ijaraga olish to ‘g ‘risida shartnoma tuzdi (2 yil). Avtomobilning
boshlang‘ich qiymati 20000 ming so‘m. Hisoblangan eskirish 5 000
ming so‘mni tashkil etadi. Ikki yilga ijara haqi shartnomaga ko‘ra
avtomobilning qoldiq qiymatiga teng va 15000 ming so‘mni tashkil
etadi. Ushbu summa har oy teng ulushda to ‘lanishi lozim.
Ijara to‘lovlari b o ‘yicha majburiyatlar joriy va uzoq muddatlilarga
bo‘Iinadi. Joriy qismi 6950-“Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi”
schyotida, uzoq muddatlisi esa
7910-“To‘lanadigan uzoq muddatli
ijara” schyotida aks ettiriladi. Har oylik ijara haqi 625 ming so‘mni
tashkil etadi.
Molyaviy ijara shartnomasiga asosan olingan asosiy vositalar
ijarachi tomonidan 0310-“Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan
asosiy vositalar” schyotida hisobga olinadi. Ularga hisoblangan eskirish
0299-“Moliyaviy
ijara
shartnomasi
bo‘yicha
olingan
asosiy
vositalaming eskirishi” schyotida aks ettiriladi.
11.5-jadval
Dostları ilə paylaş: