Xarajatlaming masadiga ko‘ra tasniflanishi
Mahsulotga yo'naltirilgan xarajatlarga qilingan chiqimlami ikki
turga ajratish mumkin: to ‘g ‘ri hamda egri xarajatlar.
M ahsulotga qilingan to ‘g ‘ri xarajatlar (direct costs) iqtisodiy
mazmun jihatdan to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri mahsulot birligiga borib qo ‘shiIadi.
400
Aniq bir mahsulotga to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri olib borilmaydigan xarajatlar esa
egri xarajatlar (indirect or overhead costs) bo‘lib, ular tanlangan ma’lum
bir taqsimlanish metodi bo ‘yicha taqsimlanadi.
Misol tariqasida poyafzal ishlab chiqaruvchi korxonani ko‘raylik.
Korxona turli o ‘lchamdagi va modeldagi poyafzallami tayyorlaydi.
Ularga sarflanadigan charm xomashyolari, rezinalar va boshqa material
xarajatlari, shuningdek, ishchilarga to ianadigan mehnat haqi to‘lovi,
aniq buyurtma qilingan model bo‘yicha sarflangan xarajatlami
kiritishimiz mumkin. Ishlab chiqarish davomida sarflangan elektr
energiya xarajatlari, asosiy vositalar yoki ijaralaming amortizatsiyasini
aniq bir birlik mahsulotga y o ‘naltirish mumkin emas. Bu xarajatlar
mahsulot birliklari o ‘rtasida, tanlangan taqsimlanish bazasi bo‘yicha
proporsional tarzda taqsimlanadi. Shuning uchun ular egri xarajatlar
yoki ustama xarajatlari deb ataladi.
To‘g ‘ri material xarajatlari xomashyo va asosiy materiallar bo‘lib,
ular mahsulot asosini tashkil qiladi. Ishlab chiqarishda ular asosiy yoki
yordamchi ishlab chiqarish materiallariga b o‘linadi. Masalan, poyafzal
ishlab chiqarishda charm va rezina - asosiy material, kley, ip va
boshqalar qo‘shimcha materiallardir. Agar yordamchi materiallar
qimmatbaho yoki kamyob xomashyolardan iborat b o isa , ulami ham
asosiy materiallar safiga kiritishimiz mumkin.
To‘g ‘ri mehnat haqi xarajatlari - bu asosiy ishlab chiqarish bilan
bo‘lgan ishchilaming to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri sarflagan xarajatlari bo‘lib,
mahsulot tannarxiga borib qo‘shiladi. Yordamchi ishlab chiqarish
ishchilari, mexanik-ustalar va boshqa ishchi-xodimlar ham mahsulot
tannarxiga qo‘shiladi, lekin ular egri xarajatlar deb ataladi.
Egri ustama xarajatlariga asosiy vositalar amortizatsiyasi, asosiy
fondlami tashkil qilish, texnik xizmat va asbob-uskunalami ta ’mirlash,
kommunal xarajatlar, ijara to io v i va boshqalar kiradi.
Relevant yoki bartaraf etiladigan xarajatlar qaror qabul qilinishida
o ‘zgaradigan xarajat va tushumlardir. Qabul qilinayotgan qaror ta’sir
qilmaydigan xarajat va tushumlar norelevant xarajat va tushumlardir.
401
Korxona o ‘z faoliyati davomida shunday xarajatlar qiladiki,
kelgusida biron bir natijaga erishish uchun hozirgi davrda ushbu
qiymatdagi xaarajatni bajarilishini talab qiladi. Bunday sarflar
qaytmaydigan xarajatlar bo‘lib, ular sarflangan resurslar uchun o ‘z
qiymatini yo‘qotadi va hech qanday qaror bilan uni o ‘mini to ‘ldirib
bo‘lmaydi.
Misol. Korxona o ‘z aktivlari hisobida eskirgan tugatish qiymati
80000 sh.b. b o ig a n uskuna mavjud. Hisobdan chiqarish yoki
likvidatsiya qilish xarajatlari 80000 sh.b.ni tashkil qiladi. Qaytmaydigan
xarajatni nol holatida hisobga olish uchun qaror qabul qilish kerak.
Korxona kelgusi faoliyatida ushbu uskunadan foydalanmaydi va
uni xaridor sotib olish uchun 50000 sh.b.ni taklif qilmoqda. Korxona
ushbu kelishuvni qabul qilishi kerakmi? Bu holatda korxona 30000 sh.b.
zarar k o ‘rishi mumkin, lekin agar menejer 80000 sh.b.ni qaytmaydigan
xarajat sifatida hisobga olsa, uskuna sotishda 50000 sh.b. foyda olishi
mumkin. Demak, uskunaning tugatish qiymatini xarajatlarga olib borish
korxona uchun m a’qul hisoblanadi.
Muqobil xarajatlar - bu faoydalanilmagan imkoniyatlarga qilingan
sarf xarajatlardir. Ular bir harakatni tanlash boshqa harakatning vujudga
kelishini istisno qiladigan paytdagi q o id a n chiqqan foydani bildiradi.
Masalan, sport sumkasi ishlab chiqaradigan firma jom adon tayyorlashga
buyurtma oldi. Agar korxona bu buyurtmani qabul qilsa, sport
sumkalarini sotadigan do‘konlaming butun bir tarm o gi uchun odatdagi
miqdorda sport sumkalari ishlab chiqarish imkoniyatlari (mashina va ish
vaqti) yetishmaydi. Bu buyurtmani qabul qilishning muqobil xarajatlari
sport sumkalarini ishlab chiqarish imkoniyati qolmagani sababli q o id a n
chiqarilgan foydadir. Bu q o id a n chiqqan foydani sport sumkalarini
sotishdan olinadigan potensial daromaddan ularni ishlab chiqarishga
ketadigan xarajatlarini chiqarib yasash y o i i bilan hisoblanishi mumkin.
Muqobil xarajatlar har bir odam qabul qiladigan qarorida ham mavjud
b o iad i. Muqobil xarajatlarga talabani universitetda o ‘qitish uchun
sarflangan xarajatlar ish haqiga qo'shiladi. Lekin talaba bu vaqtda
ishlamagan va ish haqi hisoblanmagan.
402
Muqobil xarajatlar harakatni tanlash chog‘ida (qaror qabul
qilishda) harakatlaming boshqa variantlaridan voz kechish natijasida
yo‘qotilgan yoki qurbon qilingan potensial foyda sifatida aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |