A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar hisobi



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə252/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

17.6. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar hisobi
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi:
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan 
hisob stavkalari darajasida va ulardan ortiqcha olingan qisqa muddatli 
hamda uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha, shu jumladan to ‘lov muddati 
o ‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha to ‘lovlar;
- Mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo‘yicha foizlami 
to ‘lash xarajatlar;
- Chet el valyutasi bilan muomalalar bo‘yicha salbiy kurs 
tafovutlaridan zararlar;
- Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, shu’ba korxonalarga va 
hokazolarga) m ablagiam i qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar;
566


- 0 ‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq 
xarajatlar;
- Moliyaviy faoliyat bo ‘yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan 
salbiy diskont.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlami hisobda aks ettirish uchun 
quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
9610-“Foizlar ko ‘rinishidagi xarajatlar”;
9620-“Valyutalar kurslari farqidan zararlar”;
9630-“Qimmatli qog‘ozlami chiqarish va tarqatish bo ‘yicha 
xarajatlar”
9690-“Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar”.
Ushbu hisobvaraqlar tranzit b o iib , aktiv hisobvaraq xarakteriga 
ega. Ulaming debet aylanmalari sodir b o ig an moliyaviy xarajatlami
kredit aylanmasi esa ulam ing hisobdan chiqarilishini k o ‘rsatadi.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar hisobi “Asosiy x o ‘jalik 
faoliyatidan olinadigan daromadlar” nomli 2-son BHMS, “Lizing 
hisobi” nomli 6-son BHMS, “Moliyaviy investitsiyalar hisobi” nomli
12-son BHMSlar bilan tartibga solinadi.
17.7. Favqulodda foyda va zararlar hisobi
Favqulodda foyda moddalari - bu ko ‘zda tutilmagan, tasodifiy 
tusga ega b o ig an , hodisa yoki xo ‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi 
faoliyat doirasidan chetga chiqadigan tusdagi muomalalar natijasida 
paydo 
b oiad ig an 
va 
olinishi 
kutilmagan 
foydadir. 
Bunga 
daromadlaming favqulodda moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan 
boshqa daromadlar b o iim id a aks ettirilishi kerak b o ig a n o ‘tgan 
davrlardagi foyda kirmaydi.
Favqulodda zararlar - bu xo‘jalik yurituvchi subyektlaming 
odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki muomalalar 
natijasida vujudga keladigan va ro‘y berishi kutilmagan odatdan tashqari 
xarajatlardir. Bunga favqulodda va davr xarajatlari tarkibida aks 
ettirilishi kerak b o ig a n o ‘tgan davr xarajatlari kirmaydi.
567


U yoki bu moddaning favqulodda foyda va zararlar sifatida aks 
ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
- korxonaning odatdagi xo ‘jalik faoliyatiga xos emaslik;
- bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak;
-boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog‘liq 
emaslik.
Favqulodda foyda va zararlar quyidagi hisobvaraqlarda aks 
ettiriladi:
9710-“Favqulodda foyda”
9720-“Favqulodda zarar”.
Ushbu hisobvaraqlar tranzit bo ‘lib, 9710-hisobvaraq-passiv, 9720- 
hisobvaraq-aktiv xarakterga ega.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin