A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

3-davr. 
Ikki yoqlama yozuv davri. (Ushbu davr 1300-1850 yillami 
qamrab oladi.) Bu davrda xo‘jalik jarayonlarining ommalashuvi
murakkablashuviga mos ravishda oddiy yozuvdan ikki yoqlama yozuvga 
o ‘tish zaruriyatining yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Hisob 
yozuvlariga katta urg‘u berilganligi ham ushbu davrga xos. Bu davrda 
buxgalteriya hisobida dastlabki schyotlar rejasi ishlatila boshlandi.
Buxgalteriyaning zamonaviy tizimining kelib chiqishi Luka 
Pacholiga borib taqaladi Vinetsiya, Italiya XV asming oxiri. Pacholi 
aytdiki “biror iqtisodiy hodisa aniq bir tizim orqali tartibli va ishonchli 
qilib m a’lumotlami buxgalteriya kitobiga yozilishi qayd qilinishi kerak”. 
Buxgalteriyaga bog‘liq bo‘lgan ko‘plab qonun qoidalari evolyutsiya 
jarayoni davomida rivojlantirildi. Bular buxgalteriya prinsiplari yoki 
konsepsiyalari deb ataladi.
Bu yerda har doim buxgalteriya amaliyotini mukammal shaklga 
keltirishga harakat qilib kelingan. Biznes doirasining kengayishi bilan 
bir qatorda buxgalteriyaning ham ahamiyati ortib bormoqda. Misol 
uchun, yangi buxgalteriya darsliklarining rivojlanishi korxonalaming 
qo‘shilishi va muvaffaqiyatga erishishi uchun, xalqaro ayirboshlash 
foydasi yoki zarari, internet biznes va boshqalar. Har bir mamlakatda 
turli 
xil 
buxgalteriya 
jamoalari 
buxgalteriya 
amaliyotini 
zamonaviylashtirish va ilg‘orlashtirishga m as’uldirlar. Misol uchun, 
AQShda, Amerika davlat buxgalterlarini tasdiqlash instituti sezilarli 
ahamiyatga ega. Shunga o ‘xshash, Hindiston va Malayziyada, Hindiston
6


buxgalterlar instituti va Malayziya buxgalterlar institutida ham mana 
shunday vazifalar mavjud.2
4-davr. 
Nazariy-amaliy davr (ushbu davr 1850-1900-yillar 
oralig'ini egallaydi). Bu davrga kelib xo‘jalik jaiyonlariga huquqiy 
maqom shakllandi. Natijada jarayonga ham iqtisodiy jihatdan, ham 
huquqiy jihatdan yondashuvlar 
belgilandi. 
Schyotlar 
rejasining 
differensiyasi boshlandi, shakllariga ahamiyat qaratildi, balans, foyda, 
tannarx, ishlab chiqarish va muomala xarajatlari tushunchalari 
shakllandi. Buxgalteriya hisobi butun reallikni baholashni qamrab oldi. 
Buxgalteriya hisobi butun jarayonni suratga oladigan, rengenometriya 
qiladigan elementga aylandi.
Yunon sivilizatsiyasi davrida Yevropada 
kompleks davlat 
boshqaruvi tizimi ruhoniylar tomonidan amalga oshirilgan.3
Vemer Sombart siyosiy iqtisodchi, 1863-yilda tug‘ilgan va 1941- 
yilda Germaniyada vafot etgan. U Berlin, Rim, Piza universitetlarida 
huquq, iqtisod, tarix va falsafa fanlaridan o ‘qib, oxir-oqibat Berlinda 
iqtisodiyot 
professori 
bo‘lgan. 
Uning 
asosiy 
ishi 
“Zamonaviy 
Kapitalismus” XX asr kapitalizmini o ‘zida aks ettirgan. Sombart o ‘sha 
davrdagi buxgalteriya yozuvlarini tahlil qilib, uni uch tasodifiy omilni 
o ‘rganib uni kapitalistik korxona o ‘sishi uchun muhim deb hisoblagan:
1. Qonun.
2. Biznes boshqarish usullari.
3. Bozor.
Qonun kompaniya uchun asos beradi, yuridik shaxs sifatida 
kapitalistik korxona va bozoming moliyaviy shaxsi bo‘lishiga vositalar 
taqdim etadi. Ish boshqaruvi texnikasi hisobiga asosan Sombart oldinga 
buxgalteriya haqida to ‘rtta tushuntirishni qo ‘ydi:
1. 
Biznes bo‘ylab kapitalning oqimini taqdim etish. Kapital 
hisobidan foyda yoki zarar hisobiga o ‘tkazish va yana qaytib kapital
2 W a n M a d z n a h W a n Ib ra h im v a M o h d R iz a l P a lil. F u n d a m e n ta ls o f b u s in e s s a c c o u n tin g . O x fo rd u n iv e rs ity P ress,
2 0 1 4 . 2 b.
A ccounting Theory. Paper-8 M. Com. (Final) D irectorate o f D istance Education M aharshi D ayanand University,
2004. 23-26 b.
7


hisobiga 
boylikni shakllantirish. Bu orqali buxgalteriyada “boylik” 
nazariyasi yaratiladi
2. Tadbirkorlar uchun cheklovlami mavjudligi, Buxgalteriya 
hisobi, iqtisodiy ratsionalizm rivojiga hissa qo‘shgan.
3. Buxgalteriya hisobi ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish tizimli 
biznesni amalga oshirishni kafolatlaydi.
4. Buxgalteriyadan boshqaruv hisobini farqli jihatlarini anglab 
olish va kapitalni shaxsiy mulk sifatida qaramaslik va qoidalar asosida 
buxgalteriya yozuvlarini to ‘g ‘ri aks ettirish. Bu yozuv 1500-1750-yilda 
Angliyada yuritilgan va ikkiyoqlama yozuv deb yuritilgan. Bunday 
yozuv orqali buxgalteriyada uchraydigan tartibsizliklar, noo‘rin chiqib 
ketishlar nazorat ostiga olingan.
5-davr. Ilmiy davr. (Ushbu davr 1900 - 1950 yillami o ‘z ichiga 
oladi). Bu davrda asosiy e ’tibor mahsulot ishlab chiqarish xarajatlariga 
va mahsulot tannarxini to ‘g ‘ri aniqlash, xarajatlaming jadalligi bilan 
ajralib turadi. Kalkulyatsiyalash tartibi ham ushbu davrga xos. 
Mahsulotning ishlab chiqarish va to ‘liq tannarxini aniqlash, smeta 
qiymati tushunchasi, direkt kost, standart kost usullari, to ‘g ‘ri va egri 
xarajatlar ushbu davming eng muammoli 
masalasiga aylangan. 
Boshqaruvning 
har 
bitta 
funksiyasini 
ajratish, 
soliqqa 
tortish 
masalalarida buxgalteriya hisobini o ‘ta va aniq tizimi yaratildi. 
Buxgalteriya hisobini ishlab chiqarish hisobiga alohida urg‘u berildi. 
Boshqaruv va moliyaviy hisobning tarkiblanishiga o ‘tish davri 
boshlandi.
6-davr. Hozirgi davmi o ‘z ichiga oladi. Bu davr 1950-yildan 
hozirgi kunga qadar bo‘lgan davmi o ‘z ichiga oladi. Xalqaro 
standartlaming qabul qilinishi bilan xarakterli bo‘lgan ushbu davr 
buxgalteriya hisobining rivojlanishida o ‘ziga xos revolyutsiya davri 
bo‘ldi deyish mumkin. Buxgalteriya hisobi, mulk egalari, jamoat, davlat 
manfaatlar bo‘yicha o ‘zining aniq javoblariga ega bo‘ldi.



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin