A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


X o‘jalik hisobi to‘g‘risida tushuncha va uning turlari



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

1.2. X o‘jalik hisobi to‘g‘risida tushuncha va uning turlari
Korxonalami 
boshqarish, 
uning 
oldiga 
qo‘yilgan 
reja 
ko‘rsatkichlariga doir vazifalami bajarish maqsadida x o‘jalik faoliyati 
ustidan kundalik kuzatib borishni talab qiiadi. Bunday kuzatish va 
boshqarish xo‘jalik hisobi yordamida amalga oshiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik shakllari turli xil bo ‘lgan 
subyektlaming tashkil topish jarayonida ulami boshqarish, faoliyatini 
nazorat va tahlil qilish; m a’muriyat tomonidan tezkor qarorlaming qabul 
qilinishiga asos bo ‘ladigan zarur m a’lumotlami asosan buxgalteriya 
hisobi taqdim etadi.
Iqtisodiy faoliyatini boshqarish iqtisodiyot hisobi orqali olingan 
m a’lumotlar asosida olib boriladi va tegishli qaror hamda qonun- 
qoidalar qabul qilinib, shular asosida butun iqtisodiyot faoliyati 
boshqariladi.
Iqtisodiy jarayonlam i kuzatish, tashkil qilish tegishli manbalami 
o ‘zgarishiga olib kelish bilan birga ularga bo‘lgan talabni o ‘rganish 
imkonini beradi. Bu imkoniyatni faqat hisob yuritish yo‘li bilan amalga 
oshirish mumkin.
Hisobni takomillashib borishiga birinchidan, ishlab chiqarishni 
o ‘sib borishi o ‘z ta’sirini o ‘tkazib borsa, ikkinchidan, boshqaruv 
tizimidagi o ‘zgarishlar ham hisobni rivojlanib borishiga asos yaratadi.
X o‘jalik hisobining turlarini quyidagi rasmda ko‘rishimiz mumkin:
1.1-rasm. 
Xo‘jaIik hisobining turlari
Xo‘jalik hisobi turlarini qaysi biridan foydalanish birinchi 
navbatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayonni o ‘rganish va
9


kuzatish muddatlariga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan m a’lumotlami ya’ni, 
o ‘tkazilgan kuzatish natijalarini umumlashtirish tartibiga ham bog‘liqdir.
Operativ (tezkor) hisob. 
Korxonalarda ishlab chiqarishni tezkor 
boshqarish maqsadlarida yuritiladi. Operativ (tezkor) hisob muomala 
sodir bo ‘layotgan joyning o ‘zida va biror-bir xo ‘jalik operatsiyasini 
sodir etish paytida yuritiladi. Bu hisobning korxona va uning tarkibiy 
bo‘linmalariga joriy rahbarlik qilish maqsadida m a’lumotlami tezkor 
ravishda olish va ulardan foydalanish uning farq qiladigan belgisi 
hisoblanadi. Hisobning bu turini tashkil qilish, yuritish uchun maxsus 
yo'riqnom a talab qilinmaydi.
Tezkor hisobning o ‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri m a’lumotni 
tezda y ig ‘ilishi va yetkazilishidir. Nazoratning tezkorligini ta’minlash 
uchun xo ‘jalik operatsiyalarining borishi haqidagi axborotni tezroq olish 
kerak boMadi. Shuning uchun tezkor hisobning m a’lumotlari iloji 
boricha osonroq yo‘l bilan qayd qilinishi mumkin. Ulami bevosita 
kuzatish y o ‘li bilan telefon, faks, telegraf, og‘zaki yoki hujjatlar orqali 
yetkaziladi.
Tezkor hisobning m a’lumotlaridan mutloq aniqlik talab etilmaydi, 
chunki ulam ing asosiy vazifasi - kuzatilayotgan obyektlarda sodir 
bo‘layotgan o ‘zgarishlami tezlik bilan xabar qilishdir. Shuning uchun 
amaliyotda tezkor hisobdan faqat taxminiy axborotni olish bilan 
kifoyalanadilar. Tezkor axborot yordamida - menejerlar ishlab chiqarish, 
foyda bo‘yicha topshiriqni bajarilishining borishi, korxonani ta’minlash 
va mahsulot realizatsiyasi bo‘yicha topshiriqlaming bajarilishi, tovar 
moddiy qiymatliklar zaxirasining darajasi hamda boshqa korxonalar
tashkilotlar, muassasalar bilan hisob-kitoblaming holati hamda borishi 
haqidagi m a’lumotlami olishda foydalanishadi.
Tezkor hisobning ba’zi m a’lumotlaridan faqat korxonaning 
tarkibiy qismidagina foydalanilmay, ulami boshqaruvchi organlarda 
ham foydalaniladi. Bunday m a’lumotlar umumlashtirilib, ichki tezkor 
hisobot tarkibiga kiritilishi mumkin. Tezkor hisobotning ko‘rsatkichlari 
ayrim tarmoqlar va butun iqtisodiyot miqyosida tegishli jarayonlami
10


borishi ustidan kuzatish hamda axborotni umumlashtirish uchun xizmat 
qiladi.
Tezkor hisobning m a’lumotlari ulardan keyinchalik foydalanishda 
buxgalteriya yoki statistika hisobida qayta ishlanadi.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin