Xato yozuvni bitta 0 ni o ‘chirish orqali to‘g ‘rilash mumkin emas.
Demak, “qizil stom o” usulidan foydalanishga to‘g ‘ri keladi.
600 000-540 000 = 60 000.
Buxgalteriya hisob registrlariga 540 000 so‘m ortiqcha yozilganligi
sababli, 600000 dan 540 000 ayirilishi shart. Aksincha, yozilishi kerak
bo'lgan summadan kam summa yozilgani aniqlansa, “qo‘shimcha
yozuv” usulidan foydalaniladi.
Masalan, xodimga hisoblangan ish haqidan 170 000 so‘m daromad
solig‘i ushlab qolindi. X o'jalik jarayoni buxgalteriya hisob registrida
quyidagi buxgalteriya provodkasi asosida aks ettiriladi:
Debet 6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar”.
Kredit 6410.
Xato yozuv orqali yuqoridagi schyotlar uchun yuritiladigan
buxgalteriya hisob registriga 170 000 soni o ‘m iga 120 000 soni
yozilgani aniqlandi.
170 0 0 0 - 1 2 0 000 = 50 000.
Xato yozuv to ‘g ‘rilanishi uchun 50 000 qo‘shimcha yozuv aks
ettirilishi kerak.
Materiallar qiymatida farqlar ijobiy yoki salbiy bo‘lishiga ko‘ra
tegishli schyotlarga “q o ‘shimcha yozuv” yoki “qizil yozuv” usuli orqali
aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: