A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

SF= STF-DS-BS,
bunda,
SF — so f foyda;
DS — foydadan to ianadigan soliq;
BS — boshqa soliqlar va to io v lar.
M oliyaviy natijalaming shakllanishi va ishlatilishi 21-son BHMS 
“X o ‘jalik 
yurituvchi 
subyektlar 
moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyatining 
buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi va uni q o ila sh bo‘yicha 
Y o ‘riqnoma”ning 5-qism 9-bo‘limida keltirilgan schyotlarda hisobga 
olinadi128.
Moliyaviy natijalaming shakllanishi va ishlatilishi hisobi quyidagi 
schyotlarda yoritiladi:
9000 - Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga 
oluvchi schyotlar;
9100 - Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)laming tannarxini 
hisobga oluvchi schyotlar;
9200 - Asosiy vositalar va boshqa aktivlaming chiqib ketishini 
hisobga oluvchi schyotlar;
9300 - Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi 
schyotlar;
9400 - Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar;
9500 - Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar;
9600 - Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlami hisobga oluvchi 
schyotlar;
9700 - Favquloddagi foyda (zarar)lami hisobga oluvchi schyotlar;
9800 - Soliqlar va boshqa majburiy to io vlam i to ia s h uchun 
foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar;
128 0 ‘z R M o liy a v a z irlig i to m o n id a n
0 9 .0 9 .2 0 0 2 y ild a g i 1 0 3 -so n li b u y r u g ‘i b ila n ta s d iq la n g a n 0 ‘z b e k isto n
R e s p u b lik a s in in g 2 1 -so n li B H M S. “X o ‘j a lik y u ritu v c h i s u b y e k tla m in g m o liy a v iy -x o ‘j a l i k fao liy ati b u x g a lte riy a
h iso b i s c h y o tla ri re ja s i v a uni q o 'lla s h b o ‘y ic h a y o 'r i q n o m a ”.
555


9900 - Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar.
Moliyaviy natijalami shakllantirish uchun alohida daromadlami 
hisobga oluvchi schyotlar va alohida xarajatlami hisobga oluvchi 
schyotlar ishlatiladi. M ahsulot (tovar, ish, xizmat)lami sotishdagi 
qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz va boshqa to io v la r olinadigan schyotlar 
yoki pul m ablagiarini hisobga oluvchi schyotlaming debetida va 
byudjetga to io v la r b o ‘yicha qarzlami hisobga oluvchi schyotlaming 
(6400) kreditida aks ettiriladi.
9010 
“Tayyor mahsulotlami 
sotishdan daromadlar”, 
9020 
“Tovarlami sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar 
ko ‘rsatishdan 
daromadlar” 
schyotlarining 
kreditida 
xo‘jalik 
subyektining asosiy faoliyati (tayyor mahsulotlar, tovarlami sotish
ishlar bajarish, xizmatlar k o ‘rsatish)dan daromadlar olinadigan schyotlar 
va pul m ablagiarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogiangan holda 
aks ettiriladi, biroq, oldingi hisobot davrlarida olingan, ammo joriy 
hisobot davriga tegishli b o ig a n daromad summalari 6230 “Boshqa 
kechiktirilgan daromadlar” schyoti bilan bogiangan holda aks ettiriladi. 
Hisobot davrining oxirida ushbu schyotlar yakuniy 
moliyaviy 
natijalarga olib boriladi.
9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti hisobot yilida korxona 
faoliyati yakuniy moliyaviy natijasining shakllanishi to ‘g ‘risidagi 
axborotlami umumlashtirish uchun m oijallangan. 9910 “Yakuniy 
moliyaviy natija” schyotining debetida xo‘jalik subyektining xarajat 
(zarar)lar, kreditida esa foydalar aks ettiriladi. H ar bir hisobot davri 
oxirida 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining debeti va krediti 
bo‘yicha aylanmalar yig'iladi va hisobot davrining yakuniy moliyaviy 
natijasini ifodalovchi ushbu schyot b o ‘yicha umumiy qoldiq hisoblab 
chiqariladi.
Hisobot davrining tugashi bilan yillik moliyaviy hisobot tuzishda 
9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti 8710 “Hisobot davrining 
taqsimlanmagan 
foydasi 
(qoplanmagan 
zarari)” 
schyoti 
bilan 
b ogian g an holda yopiladi.
556


Yuqoridagilardan kelib chiqib, moliyaviy natijalami buxgalteriya 
hisobida hisobga olishning asosiy vazifalari quyidagilardir:
> moliyaviy 
natijalaming 
shakllanishi 
to ‘g ‘ri 
ekanligini 
o ‘rganish;
> olingan foyda miqdorini har oyda hamda yil boshidan o ‘z 
vaqtida va to ‘g ‘ri hisob-kitob qilish;
> moliyaviy natijalami oldindan bashorat qilgan holda zarar 
ko ‘rmaslik y o ‘llarini ishlab chiqish;
> moliyaviy natijalar bilan bog‘liq operatsiyalami va ulaming 
taqsimlanishini 
buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida va tegishli 
registrlarda to ‘g ‘ri aks ettirish.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin