obligatsiyalar hamda xo‘jalik yurituvchi
subyektga tegishli qimmatli
qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar.
- Mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar
(lizing to ‘lovini olish).
-
Valyuta
schyotlari,
shuningdek
chet
el
valyutalaridagi
muomalalari bo‘yicha ijobiy kurs tafovutlari.
- Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, shu’ba korxonalarga va
hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar.
Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar soliqqa tortishda
yalpi daromadga kiritilmaydi.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlar hisobi “Asosiy x o‘jalik
faoliyatidan olinadigan daromadlar” nomli 2-son BHMS, “Ijara hisobi”
nomli 6-son BHMS, “Moliyaviy investitsiyalar hisobi” nomli 12-son
BHMSlar bilan tartibga solinadi.
Moliyaviy faoliyat bo ‘yicha olinadigan daromadlar uchun quyidagi
hisobvaraqlar ochilishi mumkin:
9510-“Royalti ko‘rinishidagi daromadlar”;
9520-“Dividendlar ko ‘rinishidagi daromadlar”;
9530-“Foiz ko‘rinishidagi daromadlar”;
9540-“Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”;
9550-“Moliyaviy ijaradan daromadlar”;
9560-“Qimmatli qog‘ozlami qayta baholashdan daromadlar”;
9590-“Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari”.
Ushbu hisobvaraqlar tranzit bo‘lib, passiv xarakterga ega.
Ulaming
kredit aylanmasida tegishli manbalar hisobidan moliyaviy foydaning
ko‘payishi, debet aylanmasida esa ulam ing
hisobdan chiqarilishi aks
ettiriladi.
9510-“Royalti ko‘rinishidagi daromadlar” schyotida royalti va
kapital transferti bo‘yicha olingan daromadlar aks ettiriladi.
Royaltidan olingan daromadlarga quyidagicha provodka beriladi:
Debet 4850-“01inadigan royalti”;
Kredit 9510-“Royalti ko‘rinishidagi daromadlar”.
9520-“Dividendlar
ko‘rinishidagi
daromadlar”
schyotida
565
0 ‘zbekiston Respublikasi hududida va chet ellarda ulush q o ‘shish y o ii
bilan boshqa korxonalar faoliyatida qatnashishdan
olingan daromadlar,
aksiyalar bo‘yicha dividendlar aks ettiriladi.
Dividendlar
bo‘yicha olinadigan daromadlarga quyidagicha
pro vodka beriladi:
Debet 4840-“01inadigan dividendlar”
Kredit 9520-“Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”.
9530-“Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar”
schyotida uzoq va qisqa
muddatli investitsiyalar bo‘yicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi.
Foizlar hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi:
Debet 4830-“01inadigan foizlar”
Kredit 9530-“Foizlar k o ‘rinishidagi daromadlar”.
9540-“Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotida valyuta
schyotlari, shuningdek xorijiy valyuta muomalalari bo‘yicha ijobiy kurs
farqlaridan olingan daromadlar aks ettiriladi.
9550-“Moliyaviy ijaradan daromadlar”
schyotida mulkni uzoq
muddatli ijaraga berishdan olingan daromad aks ettiriladi.
Hisobot davri yakunida 9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560, 9590-
hisobvaraqlaming kredit aylanmasidagi summalar yakuniy moliyaviy
natijaga o ‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: