132
o‘ziga suvni yaxshi o‘zlashtiradi. Shuning uchun uning namligi 15–40 % ni tashkil
qiladi. Oksidlangan nikel rudalari tabiiy o‘zgarishlar natijasida paydo bo‘lgan va
ikkilamchi zaxiralar hisoblanadi. Oksidlangan nikel rudalari xorij davlatlaridan
Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina, Kuba, Indoneziya, Braziliya va boshqa davlatlarda
uchraydi.
Oksidlangan rudalarda nikel, asosan, buzenit (NiO) va garnierit (Ni, Mg)
SiO
3
·n H
2
O minerallari shaklida uchraydi. Nikel rudasida, ko‘pincha, kobalt ham
uchraydi. Uning miqdori nikelga nisbatan 15–25 marta kamroqdir. Rudalarning
yo‘ldosh
minerallari
asosan
loy
(kaolinit)
Al
2
O
3
·2SiO
2
·2H
2
O,
tolk
2MgO·4SiO
2
·H
2
O, temir birikmasi Fe
2
O
3
· nH
2
O, kvars va ohaklar bilan uchraydi.
Oksidlangan nikel rudalarida sulfidli materiallar, nodir va kamyob metallar
uchramaydi. Bu ko‘rsatkich bilan oksidlangan rudalar sulfidli mis nikelli rudalar
tarkibidan tubdan farq qiladi.
Sulfidli nikel rudalarining tavsifi
Sulfidli nikel rudalari kompleks xomashyodir. Ularning tarkibida ko‘p
miqdorda mis bor, shuning uchun bu rudalar mis-nikelli rudalar deyiladi. Bundan
tashqari, rudalarda kobalt, platina, selen, tellur va boshqa metallar bor. Ayrim
rudalarni 90–92 % foydali metallar (Fe, Ni, Su, Co) tashkil qiladi. Qolgan
ikkilamchi oksidlari esa (SiO, MgO, Al
2
O
3
·SaO) faqat 10–8 % turli hokazo
elementlar qoladi, xolos.
Asosiy mis-nikelli rudadagi minerallar quyidagilar: pentlandit (Ni, Fe)
9
S
8
, mis
xalkopirit (SuFeS
2
) va xalkozin (Su
2
S) bilan keltiriladi.
Sulfidli mis-nikelli rudalarning asosiy minerallaridan biri pirrotin Fe
7
S
8
. Tog‘
jinsi asosan oksidlardan tuzilgan, ularning miqdorini quyidagilar tashkil etadi, %:
40–50 SiO
2
, 10–25 Mg; 15–20 Al
2
O
3
, 10 CaO.
Namunaviy mis-nikel rudasining o‘rtacha tarkibi quyidagicha, %: Ni 5,6; Cu
1,8; Co 0,16; S 28; Fe 45; SiO 10; Al
2
O
3
6,9; MgO 1,4; CaO 1,2.
Dostları ilə paylaş: