A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/102
tarix03.12.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#171833
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   102
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

 
 
 
 


10 
1-BOB. MIS ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI 
1.1.
 
Metallurgik texnikasining rivojlanishdagi asosiy yo‘llanmalari. 
O‘zbekistonda mis metallurgiyasining rivojlanishi. 
Bir qator foydali qazilmalar (metall) bo‘yicha O‘zbekiston tasdiqlangan 
zaxiralar va istiqbolli rudalar jihatidan MDH mamlakatlaridagina emas, balki 
butun dunyoda ham yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Masalan, oltin zaxiralari 
bo‘yicha respublika dunyoda 4-o‘rinda, uni qazib olish bo‘yicha 7-o‘rinda, mis 
zaxiralari bo‘yicha 10–11-o‘rinda, uran zaxirasi bo‘yicha 7–8-o‘rinda turadi. 
O‘zbekiston Respublikasining salohiyati juda yuqori. Ayniqsa, mustaqillik 
yillarida og‘ir sanoat, ya’ni konchilik sanoati tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Qisqa 
tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bugungi kunda 2000 dan ortiq sanoat 
korxonalari ishlab turgan bo‘lsa, ulardan 50% ga yaqini og‘ir sanoat tarmog‘iga 
mansubdir. Shulardan ko‘pchiligi, 1970–1980-yillarda yarim mahsulot holida 
olingan mahsulotlar boshqa respublikalarda, xususan, Rossiyada tayyor holda 
olinar edi. 
1926-yilda geolog V. N. Nasledov tomonidan Qoramozor tog‘larida bir qator 
konlarning topilishi bu hududda ilk ma’danli konlarning ochilishiga zamin yaratdi. 
1925-yilda mineral xomashyoning turli xillarini qidirib topish va ularni o‘rganish 
ishlarini tezlashtirish maqsadida Geologiya qo‘mitasining O‘rta Osiyo bo‘limi 
tashkil qilindi. Geologiyada mahalliy aholiga suyangan holda tog‘ yo‘llarini, eski 
g‘orlarni, qadimiy konlarni yaxshi biladigan tog‘lik aholi yordamida birin-ketin 
yaxshi natijalarga erishila boshlandi. 1929-yilda Samarqand viloyatida Langar 
molibden koni ochilgan bo‘lsa, oradan 5 yil o‘tgach, shu konda volfram rudalari 
borligi aniqlandi. 1933–1934-yillarda geolog D. M. Bogdanovich Angrendagi 
Jigariston hududida kaolin xomashyosi bo‘yicha qidiruv ishlarini amalga oshirish 
jarayonida ko‘mir zaxirasi borligini aniqladi. 1940-yilda G. S. Chekrisov bu kon-
ning sanoat miqyosida xalq xo‘jaligi ahamiyatiga molik ekanligini aniqladi. Ora-
dan 1–2 yil o‘tgandan so‘ng Angren ko‘mir havzalarida qurilish ishlari boshlab 
yuborildi. 


11 
Asrimiz boshida Toshkent viloyatiga qarashli bo‘lgan Angren ko‘miri 
O‘zbekiston ehtiyojining 58–60% ini qondirib kelmoqda, ya’ni bir yilda o‘rtacha 3 
mln.t.dan ortiq qazib chiqarilmoqda (2005-y.). Respublikamizda ko‘mir Angren 
konidan tashqari, Surxondaryo viloyatining Sharg‘un va Boysun konlarida ham 
1950-yillar oxiridan boshlab yerosti usulida qazib olinmoqda. 
O‘zbekistonda konchilik sanoati bo‘yicha 400 ga yaqin rangli metallar, 
ko‘mir, gaz qazib chiqaruvchi korxonalar, neft konlari, shaxta makonlari va turli 
konlar ishlab turibdi. Ular tarkibida yuqorida qayd etilgan Olmaliq va Angren 
korxonalaridan tashqari, 1950-yillari o‘z ishini boshlagan Ingichka konini, 1956-
yilda o‘z faoliyatini boshlagan Chirchiqdagi O‘zbekiston o‘tga chidamli va qattiq 
qotishmali metallar kombinati, O‘rta Chirchiq plavikoshpat kombinati, 1970–
1980-yillarda ishga tushirilgan Uchquloch, Kovuldi, Marjonbuloq kon va ruda 
boyitish fabrikalarini, 1966-yilda ishga tushirilgan Qo‘shbuloq koni, 1973-yildan 
mahsulot bera boshlagan Angren oltin boyitish fabrikasi, 1967–1969-yillarda 
MDH davlatlaridagi konlar orasida ulkan hisoblangan Muruntov kon-boyitish 
korxonasini va 1987-yilda foydalanishga topshirilgan Zarmiton konini sanab o‘tish 
mumkin. Ularning qatoriga “O‘zbekneftgaz qazib chiqarish” davlat aksiyadorlik 
birlashmasi, “O‘zbeksement”, “O‘zbekmarmar”, ikkilamchi xomashyodan alyumi-
niy ishlab chiqaruvchi zavod kabi yirik ishlab chiqarish birlashmalari va boshqa 
korxonalar kiradi. Respublikada oltin zaxiralarini qidirib topish va foydalanish 
borasida olamshumul ishlar qilinmoqda. “O‘zbekoltin” birlashmasi Qoraqo‘ton, 
Bichanzor, Qo‘shbuloq va Chodak konlari zamirida o‘z faoliyatini boshlagan, 
desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Bugungi kunda sof oltin olinib, respublika iqtisodiga o‘zining salmoqli 
hissasini qo‘shib kelayotgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati nafaqat O‘zbe-
kistonning, balki O‘rta Osiyoning eng yirik korxonalari sirasiga kiradi. 1995-yilda 
Navoiy davlat konchilik institutining ochilishi kombinatni yosh yetuk 
mutaxassislar bilan ta’minlash uchun zamin yaratdi. Konchilik va metallurgiya 
jarayonini o‘rganib, uning sir-asrorini, mexanik va kimyoviy-texnologik o‘zgarish-
larning majmuini tahlil qilib, uning tasnif va tasviriga qisqartirishlar kiritish


12 
soddalashtirish, 
ixchamlashtirish, 
unda 
mahsulot 
sifatini 
o‘zgartirmay, 
unumdorlikning yuqori bo‘lishini ta’minlash davr taqozosidir. Aynan shu 
yo‘nalishda Navoiy davlat konchilik institutida olib borilayotgan sa’y-harakatlar 
natijasi fan olamiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shilmoqda. Navoiy kon-metallurgiya 
kombinatining dunyo miqyosida rivojini va o‘rnini, Navoiy viloyatidagi yaxlit 
korxona hamda muassasalarning majmui taraqqiyotini o‘zaro bog‘liqlikda 
o‘rganish muhim iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. 
O‘zbekiston rangli metallurgiya korxonalarida mahsulot ishlab chiqarishni, 
asosan, uning sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish jarayonlarini jadallashtirish bilan 
birga oltin, volfram, reniy, osmiy va boshqa kamyob metalli kichik foydali qazilma 
konlarini o‘zlashtirish hisobiga ham ko‘paytirish mumkin. 
Yangi texnologiyalarni sanoatga tatbiq etish va ikkilamchi xomashyolardan 
chiqindi va oqova eritmalardan kerakli metallarni qayta ishlash, mineral 
xomashyolardan qo‘shimcha noyob, nodir va qimmatbaho metallarni yo‘ldosh 
usullar bilan ajratib olish doimo dolzarb masala bo‘lib kelgan. Ushbu muammoni 
yechishda 
respublikamizning 
taniqli 
olimlaridan O.Xodjaev, 
Z.Salimov, 
X.T.Sharipov, G.S.Sattarov, S.A.Abdurahmonov, M.M.Yakubov va boshqa 
olimlarning hissasi beqiyosdir. Ayniqsa, akademik V. Rahimov va professor 
B.R.Raimjanovlar boshchiligidagi kon-geologiya yo‘nalishi sohasidagi olimlarning 
20 dan ortiq ilmiy-tadqiqot ishlari konchilik va metallurgiya sohasida, sanoatda 
keng qo‘llanib kelinmoqda.
Olmaliq hududida qadimdan oltin, kumush, mis va boshqa rudalar qazib 
olinganligidan xabar topgan hukumat rahbarlari Ikkinchi jahon urushi davrida 
Qalmoqqir, Oqtuproq kabi qadimiy konlardan oltin qazib olish haqida qaror qabul 
qildilar. Bir nechta izlanuvchi artellar yordamida bobokalonlarimizning qadimiy 
usuli bilan oltin qazib olina boshlandi. Avvaliga mahalliy oqsoqollar eski g‘orlarni, 
ulardan yerosti konlariga yo‘llarni ko‘rsatib, ochib berdilar. So‘ng kichik 
temiryo‘llar, ularda sirpanib yuradigan aravachalar o‘rnatildi. Ko‘z bilan bir 
qarashda aniqlay oladigan mutaxassislar yordamida oddiy bolg‘a, bolta, kirka, 
o‘tkir tosh qirqqichlar yordamida tarkibida oltini bor rudalar yerosti usuli bilan 


13 
vagonlar va qoplarda yer ustiga olib chiqila boshlandi.Yer ustida qazib olingan 
ruda maydalanib, suvda yuvilar, tog‘ jinsi zichligiga qarab yengil unsurlar og‘ir 
ma’dan javharlaridan ajratilar va qayta-qayta yuvilgach, sof oltin ajratib olinib, 
davlatga topshirilar edi. Uch smenada kecha-kunduz front ortida ish qizg‘in olib 
borilar, to‘plangan, yig‘ilgan oltin qumi o‘z vaqtida olib ketilmay, smenadan 
chiqqach, ajratib olingan toza oltinni qo‘riqlashar edi. Shunday qilib, diyorimizda 
XX asrning birinchi oltini urush vaqtida olinib, Vatan himoyasi, front uchun, 
qolaversa, g‘alaba uchun o‘zbek oltinlari katta hissa qo‘shgan, desak mubolag‘a 
bo‘lmaydi. 
1946-yilda Olmaliq mis-molibden kombinatini qurish bo‘yicha loyiha 
topshirig‘i tasdiqlandi. Urushdan keyingi yillarda Qo‘rg‘oshinkon va Oltintopkan 
polimetall konlarida qidiruv ishlari tugallandi. 1948-yilda Olmaliqda qo‘rg‘oshin-
rux ishlab chiqaruvchi kombinat qurish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 
Rangli metallurgiya vazirining 1948-yil 12-iyuldagi qarori bilan yangi 
qurilishi boshlangan Oltintopkan kombinatiga rahbar bo‘lib N.A.Sagoev 
tayinlandi. 1954-yil yangi Olmaliq mis-molibden kombinati D.L.Vlasov 
rahbarligida faoliyat ko‘rsata boshladi. Shu yil Qalmoqqir makoni karyer sifatida 
ishlay boshladi. Qalmoqqir cho‘qqisi, uning qirlari, asosan, nokerak tog‘ 
jinslaridan iborat bo‘lib, katta qir portlatilib, sekin-asta tashlanma joyga chiqarila 
boshlandi. Shunday qilib, 6 yil mobaynida qadimiy ko‘hna Qalmoqqir konining 
deyarli ustki qismi tekislanib, butun nokerak tog‘ jinslari olinib, misga, 
molibdenga, qolaversa, oltin, kumushga boy ma’danli kon ochildi [9]. 
Hozirgi kunda Qalmoqqir konining o‘zi yirik ruda qazib olinadigan sanoat 
makoni hisoblanadi. Dastlabki rudalar bu yerda 1956-yildan qazib olina boshlandi. 
Zamonaviy texnikalarning kelishi bu yerdagi kon ishlarining jadal sur’atlar bilan 
olib borilishini ta’minlab kelmoqda. 
Kombinat tarkibiga kiruvchi Qo‘rg‘oshin koni esa 1952-yildan 1990-yilgacha 
ishlab keldi. Bu yerdagi rudalar kamayib borishiga qaramay, foydali qazilmalarni 
boyitish fabrikasiga tashlanma joylarda saqlanadigan balansorti rudalari qisman 
kelib turadi. 


14 
Yuqorida keltirilgan konlardan qazib olingan rudalar qayta ishlanib, kerakli 
metall olish uchun Olmaliq shahrida zavod va fabrikalar qurilishiga sabab bo‘ldi. 
1954-yilda qo‘rg‘oshin-rux boyitish fabrikasi ishga tushgan bo‘lsa, 1963-
yilning 31-dekabridan Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatining asosiy tarmog‘i 
bo‘lib kelayotgan mis eritish zavodi o‘z ishini boshladi.
Oltintopkan, Qo‘rg‘oshin-rux kombinati Olmaliq mis-molibden kombinati 
bilan qo‘shilib, bitta Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatiga aylantirilgach, 1958-
yil 14-yanvardan P.S. Poklonskiy bosh direktor lavozimida ish boshlab, anchagina 
o‘zgarish kiritdi. Qisqacha Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatining rahbarlari 
haqida to‘xtalib o‘tishimizning asosiy sababi O‘rta Osiyoda eng yirik 
kombinatlardan biri bo‘lgan Olmaliq TMKning yildan-yilga rivojlanishida 
kombinat rahbarlarining salmoqli hissasi borligidir. Quyida kombinatga qarashli 
bo‘lgan yirik korxonalar haqida to‘xtalib, ularning har biriga alohida tavsif berib 
o‘tamiz. Chunki har bir korxona u makonmi, zavod yoki fabrikami, o‘zining 
tarixiy ahamiyatiga loyiq rivojlanish bosqichlariga ega.
XX asr o‘rtalarida o‘z faoliyatini boshlagan kombinat, asosan, quyidagi 
asosiy zavod, fabrika va boshqa muassasalardan tashkil topgan. Foydali qazilma 
konlari tarkibiga kiruvchi makonlar: Qalmoqqir, Sariqcho‘qqi, Uchquloch, 
Oltintopkan, Paybuloq, Sovuqbuloq, bundan tashqari uncha katta bo‘lmagan 
o‘ndan ortiq katta-kichik konlari mavjud. Ular kombinat qaramog‘ida bo‘lmasa-da, 
u yerda qimmatbaho va rangli metallar qazib olinmoqda. 
Dalillardan ma’lum bo‘lib turibdiki, deyarli barcha konlarning topilishida 
arxeologlarning xizmati beqiyosdir. Ular nafaqat yangi konlarni topishga, balki 
tashlanma, ikkilamchi toshqollar tarkibining kimyoviy-fizikaviy xossasini 
o‘rganib, qanday metallar eritilganligini va shu atrofda qanday metall koni 
borligini aniqlab berishgan.
Konlar haqida ma’lumotlar juda kam. Chunki qayerda oltin, kumush, mis 
konlari mo‘l bo‘lsa, o‘sha joyning hukmdorlari solnomachi, sayohatchi va 
tarixchilarga konlar haqida yozishga ruxsat bermaganlar. Taxt talash, mol-u dunyo 
uchun bir davlatdan ikkinchi davlatga yurish zamirida ko‘proq qimmatbaho 


15 
ma’danlar zaxirasi turgan. Qurama tizmasining qadimdan “Ko‘hi sim” deb atalishi 
bejiz emas. Shuningdek, bu tizma atrofida yirik shaharlarning paydo bo‘lishi ham 
aynan “Ko‘hi sim” tufaylidir. 
Tunkentning ustki qismi–hozirgi Miskon, Sovuqbuloq koni, Sariqcho‘qqi, 
Kovuldi, Ungirlikon, Qorabuloqning barchasida rangli, qimmatbaho ma’danlar 
koni bo‘lgan. 
Oltintopkan konlariga taalluqli qo‘rg‘oshin-rux rudalari zaxirasi ko‘pligi 
jihatidan hayratga solarli darajada bo‘lib, ularni qazib olish ishlari 1950-yili 
boshlangan. 
Qalmoqqir, Oltintopkan konlari qatori mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘z 
hissasini qo‘shib kelayotgan Sariqcho‘qqi koni ham 1960-yildan buyon mis-molib-
den rudalarini qazib olish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib kelmoqda. 
Kombinatning ixtiyoridagi konlar ichida eng yoshi Uchquloch hisoblanadi. U 
yerdan 1983-yilning yoz oyida ruda qazib olina boshlangan. Geologlarning 
ta’kidlashicha, bu kon kelajagi porloq konlardan hisoblanadi. 
Xomashyolar, asosan, kombinatning korxonalarida qayta ishlanadi. Qanday 
kon bo‘lishidan qat’i nazar, Qurama tizmasidagi barcha konlar tarkibida kam 
bo‘lsa-da, kumush bor. Tarkibida oltin, kumush zaxiralariga boy konlar safiga 
Qalmoqqir, Uzoqdagi, Miskon, Sariqcho‘qqi, Qizota, Pastki Kovuldi va 
boshqalarni qayta bo‘lsa-da, ta’kidlab o‘tish mumkin va umuman olganda, Olmaliq 
tegrasidagi oltinli kvars va sulfidli oltin shaklidagi qazilma boyliklarni 3 xil 
geologik tipga bo‘lish mumkin: 
- kam sulfidlangan (0,5–1%) oltin-margimushli qazilma konlari. Ular, asosan, 
Janubiy Kovuldi, Kulchuloq, Qorasoy va boshqa konlarda; 
- oltin-kumushli. Bu qazilma boyliklar Kovuldi, Orabuloq, Tangil va boshqa 
konlarda; 
- oltin-tellurli, asosan, sulfidlangan (10–80%) qazilma boyliklar Oqtuproq, 
Golduran, Baliqti, Togap, Kaltasoy konlarida joylashgan. 


16 
Qo‘rg‘oshin-ruxli 
qazilma 
boyliklar 
Qo‘rg‘oshinkon, 
Oltintopkan, 
Uchquloch metall konlarida joylashgan bo‘lib, bu konlar haqida alohida to‘xtalib 
o‘tamiz. 

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin