A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/102
tarix03.12.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#171833
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   102
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

 
 



SO‘Z BOSHI
Og‘ir rangli metallar metallurgiya kursi yosh mutaxassislarga ishlab 
chiqarish va ilmiy izlanish ishlarida murakkab sanalgan jarayonlarni oson 
o‘zlashtirishga yordam beradi. Mazkur darslikning muhim tomoni shundan 
iboratki, zamonaviy ilmiy adabiyotlarni o‘rganishda, ilmiy tadqiqot ishlarini olib 
borishda 
va 
talabalarni 
boshqa 
texnologik 
ahamiyatga 
ega 
bo‘lgan 
mutaxassisliklarni ham o‘rganishda bu kursning puxta o‘rganilishi talab etiladi. 
E’tiboringizga havola etilayotgan mazkur darslik oily o‘quv yurtlari talabalar 
iuchun mo‘ljallangan bo‘lib, u imkon qadar “Og’ir rangli metallar metallurgiyasi” 
kursining barcha mavzularini o‘z ichiga mujassamlashtirgan. Bu o‘quv 
qo‘llanmadan sanoat ishlabchiqarish korxonalarida ishlayotgan metallurgiya 
mutaxassislari hamda sohasi yaqin bo‘lgan oily o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan 
talabalar ham foydalanishlari mumkin. 
Mazkur darslik mualliflarning ko‘pyillar mobaynida oily o‘quv yurtlarida, 
o‘rtamaxsus ta’lim bilim yurtlaridagi ilmiy-pedagogik faoliyatlarida metallurgiya 
va shu sohaga tegishli fanlarni o‘qitishda to‘plangan tajribalari asosida yozilgan. 
Ayni paytda mazkur kurs bo‘yicha o‘zbek tilidagi adabiyotlarning kamligi ham 
ushbu qo‘llanmani yaratilishiga asosiy turtki bo‘ldi. 
 
 



KIRISH 
 
Bugungi kunda metallurgiya sanoati jadallik bilan rivojlanib bormoqda. 
Metallga boʼlgan ehtiyojning keskinlik bilan oshishi yangi turdagi texnologiyalarni 
yaratishga sabab boʼlmoqda. Jumladan iqtisodning turli tarmoqlarida ogʼir rangli 
metallar hisoblanuvchi mis, rux, qoʼrgʼoshin, qalay, kadmiy, nikel, kobalt 
metallariga talab oshib bormoqda.
Hozirgi vaqtgacha mis metallurgiyasida keng tarqalgan texnologik sxema va 
ularning qurilmarini joylashish sxemalari ko‘pgina kamchiliklarga ega. Ularning 
asosiy kamchiligi sifatida qimmatli komponentlarni texnologiyaning mahsulot va 
yarim mahsulotlari bilan ifloslanishiga olib keluvchi, rudali xom ashyoning ko‘p 
bosqichli qayta ishlanishini keltirish mumkin. Buning natijasida ular rudali xom 
ashyodan to‘liq va hamma foydali komponentlarni ajratib olinishini ta’minlamaydi. 
Bundan tashqari, mavjud pirometallurgik jarayonlar, birinchi navbatda energetik 
sarf – xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lgan rudali eritish atrof muhitni ifloslanishiga olib 
keladi. Qo‘llanilayotgan ko‘pgina jarayonlarni eskirib, hozirgi kun talabiga javob 
bermaydigan deb atash mumkin.
“Ogʼir rangli metallar texnologiyasi” fani xom ashyoni metallurgik qayta 
ishlashga tayyorlash, piro- va gidrometallurgik usullardan foydalanib metall 
tarkibli xom ashyoni qayta ishlab asosiy metallni ajratib olish, asosiy metalldan 
tashqari yarim mahsulot va chiqindilardan qolgan qimmatbaho moddalarni ajratib 
olish, qayta ishlash jarayonida kechadigan fizika-kimyoviy oʼzgarishlarni bilish va 
ularga taʼsir etish, metall tarkibli xom ashyolarni qayta ishlashda qoʼllaniladigan 
asosiy va yordamchi dastgohlar turi va ularning ishlash printsipini bilish toʼgʼrisida 
bilimlarni oʼrgatadi. Shu sababadan fan “Metallurgiya” yoʼnalishidagi 
mutaxassislarni tayyorlashda dolzarbdir.

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin