59
Magnetit murakkab kimyoviy birikma bo‘lib, neytral va oksidlantiruvchi
atmosferalarda 1590
0
C da suyuq holatga ajralmasdan, o‘z kimyoviy ko‘rinishini
o‘zgartirmasdan o‘tadi.
Temir oksidi FeO (vyustit) o‘ta murakkab birikma, neytral atmosferada
qizdirilsa, umuman o‘zgarmaydi. Oksidlantiruvchi
atmosferada yuqori oksid
holatlarga, masalan, magnetit holiga oson o‘tadi.
Mis boyitmasida mavjud bo‘lgan rux, qo‘rg‘oshin va boshqa metall
birikmalarining o‘zgarishini qisqacha ko‘rib chiqamiz.
Rux sulfidi ZnS qisman oksidlanadi, qisman parchalanadi, qisman esa
reaksiyaga kirib, erkin metallik holiga o‘tadi:
ZnS + 2ZnO = 3Zn + SO
2
(1.22)
Yallig‘ eritish pechida rux jarayon mahsulotlarida quyidagicha taqsimlanadi:
shteynga 45,5%; gaz va changga 5,55%, toshqolga 50 %.
Mis boyitmasida ko‘pincha qo‘rg‘oshin sulfidi Pb uchraydi. Yallig‘ pechda
eritish davrida qo‘rg‘oshin quyidagicha taqsimlanadi: shteynga 30%, toshqolga
59,6 %, chang va gazlarga 10,4 %.
Mis boyitmasida ko‘pincha margimush, surma, vismut va kamyob metallar
bo‘ladi. Ularning kimyoviy aylanishlarini batafsil o‘rganish uchun,
birinchi
navbatda, jarayon mahsulotlari ichra taqsimlanishlari ko‘rib chiqiladi, %:
As
Sb
Bi
Toshqolga
54,2
54,0
7,6
Gazga
11,8
16,0
85,4
Chiqish
darajasi
66,0
70,0
93,0
Shteynga
34,0
30,0
7,0
60
Kamyob metallarning taqsimlanishi, %:
Cd
In
Ge
Tl
Se
Te
Shteyn
59
55
33
53
70
62
Toshqol
17
40
54
38
9
18
Chang
24
5
13
9
21
20
Bekorchi va ikkilamchi jins minerallari bo‘lmish kremnezem SiO
2
,
glinozem Al
2
O
3
, kalsiy oksidi SaO va boshqalar, deyarli o‘zgarmagan holda,
toshqol tarkibiga to‘liq o‘tadi.
Qurama tizmasida mis-molibden koni alohida joylashgan, biroq uning
yonginasida rux-qo‘rg‘oshinli kon ham bor. Misli ashyolar tarkibida ruxning paydo
bo‘lishi bejiz emas. Rux sulfidi yuqori erish haroratiga ega bo‘libgina qolmay,
uning zichligi ham ancha kamdir. Rux ko‘proq shteyn tarkibiga o‘tadi.
Shixta
tarkibida ruxning ko‘payishi shteyn zichligining kamayishiga olib keladi. Toshqol
chegarasidagi fazalar oralig‘idagi taranglik kamayishi ro‘y beradi. Bu o‘z
navbatida toshqol tarkibida misning ko‘proq yo‘qolishiga bog‘liq. Umuman
olganda, ruxning shteyn va toshqolga taqsimlanishi misning shteyn, FeO ning
toshqol tarkibida ko‘payishiga olib keladi. Rux oksid holida jarayonga unchalik
salbiy ta’sir ko‘rsatmasa-da, biroq sulfid holidagi ruxning shixta tarkibida ko‘p
bo‘lishi toshqolda erigan oltingugurtli birikmalarning ko‘payib
ketishi hisobiga
rangli metallarning mexanik yo‘qolishi ortib boradi, bu esa misning toshqol bilan
ko‘proq tashlanma joyga chiqib ketishiga olib keladi. O‘rtacha 5% gacha rux
oqova gaz orqali chang hisobiga uchib ketadi. Olmaliq tog‘-metallurgiya kombina-
tidagi xomashyo tarkibida qimmatbaho metallar: oltin, kumush, kadmiy, indiy,
germaniy, talliy, selen, tellur, osmiy, reniy va boshqa rangli va nodir metallar
mavjudki,
ular eritish mobaynida shteyn, toshqol, gaz va chang tarkibiga o‘tib,
quyidagicha taqsimlanadi: oltin va kumush zichligi boshqa metallarga qaraganda
ancha og‘ir bo‘lganligi uchun ham asosan shteyn tarkibiga o‘tadi. Reniy, asosan,
chang tarkibida bo‘lib, oqova gaz bilan uchib chiqadi.
61
Nodir metallardan selen bilan tellurning 65–70% shteynga o‘tsa, 20%
atrofida metallar oqova gaz tarkibida uchib ketadi, qolgan gaz miqdori toshqolga
o‘tadi, qolgan metallar: indiy, germaniy, talliy o‘rtacha
teng yarmi toshqolda
bo‘lsa, qolganlari toshqol va gaz tarkibida bo‘ladi. Bu nodir metallar o‘zi kam
bo‘lganligi uchun ham ularni qayta ishlash yoki ajratib olish unchalik yuqori
iqtisodiy samara bermaydi. Biroq reniy va osmiylarni nihoyatda kam miqdorda
bo‘lsa ham ajratib olish eng dolzarb muammolardan biridir. Bu kamyob metallar
mustaqil respublikamiz xalq xo‘jaligiga eng kerakli metallardandir. Unchalik
murakkab bo‘lmagan gidrometallurgiya usuli bilan har ikkala metalni ham Olmaliq
mis eritish zavodida qo‘shimcha sex ochib, ajratib olish mumkin. Tanlab eritish va
oddiy ekstraksiya usuli bilan sulfat kislotasi sexidagi
texnologik eritmani qayta
ishlash unchalik ko‘pkapital mablag‘ talab qilmaydi.
Mis eritish mobaynida unga yo‘ldosh bo‘lgan barcha unsurlarni qayta
ishlash yo‘li bilan ajratib olish, ularni kompleks qayta ishlash davr talabi ekanligini
bugungi bozor iqtisodiyoti ko‘rsatib turibdi. Konlar tarkibida asosiy metallarning
kamayib borishi, elektr va atom texnikasining misli ko‘rilmagan darajada
rivojlanishi nodir metallarga bo‘lgan ehtiyojning ortib borayotganligidan dalolat
bermoqda. Bu borada Olmaliq tog‘-metallurgiya
kombinatida ham umidli
kompleks tadbirlar rejalashtirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: