85
Jarayonning me’yorda oqilona borishida toshqolning harorati 1220–1250
0
C,
shteynniki esa 1150–1180
0
C bo‘lishi eng ma’qul ko‘rsatkichdir.
Hozirgi davrda pechning ishlab chiqarish unumdorligi sutkasiga 10–12 t/m
2
ni tashkil qiladi.
KMEP jarayonida texnologik kislorod xomashyo aralashmasining 15–20
m/stezlikda yondirgichdan chiqishini ta’minlaydi. Tezlik kamroq bo‘lsa,
zarralarning kinetik energiyasi kam bo‘lib, tezroq cho‘kadi, tezlikning ortishi esa
pechning ostiga zarralarning urilishiga olib keladi.
Ko‘pchilik zavodlarda olingan suyuq eritmalarning miqdori kovshlar soni
bilan o‘lchanadi.
Boyitma, flus va jarayon mahsulotlarining tarkibini aniqlash maqsadida,
kimyoviy tahlilga yuboriladi. Boyitma va ashyolardan – Cu, Fe, S, SiO
2
,Zn va Pb
larni; shteyndan misni; toshqoldan – Cu, Fe, SiO
2
va CaO larni; aylanuvchi
changdan esa Cu, Fe, SiO
2
,CaO va Al
2
O
3
kimyoviy birikmalarni aniqlash uchun
namunalar olinadi.
Kapital ta’mirlashdan keyin pech 72–96 soat davomida qizdiriladi, qizitish
tezligi 15–20
0
C/soat. Pechning qizitilishi 4 ta gaz yondirgichlar bilan olib boriladi.
Ularning ishlab chiqarish unumdorligi bir soatda 1000 m
3
.
Dostları ilə paylaş: