Nazorat savollari
1.Yallig‘-qaytaruvchi pechning konstruksiyasi?
2. Vanyukov pechidagi jarayonni nechi kamerali bo‘ladi?
3. Yallig‘ pechning me’yoriy ishlashi nimalarga bog‘liq.
4. Yallig‘-qaytaruvchi pechda harorat qancha bo‘ladi?
1.7.
Sul'fidli mis boyitmalarni avtogen eritish jarayonlarining
umumiy tasnifi
Metallurgiya sanoatida, xususan, mis eritishda butun sarf bo‘lgan
xarajatlarning teng yarmi xomashyolarni va shixtalarni tayyorlashga hamda eritib,
undan shteyn olishga sarflanadi. Qolgan 50 % xarajat esa konverterlash, elektroliz
71
yo‘li bilan tozalash va nihoyat, mis olishga sarflanadi. Shixta va xomashyoni
tayyorlash hamda ularni eritish uchun ketgan sarfni kamaytirish borasida
olimlarimiz juda ko‘p ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib, o‘z takliflari bilan
metallurgiya sanoatiga o‘zgartirish kiritishga harakat qildilar. Uzoq yilgi samarali
mehnatlar natijasida mis sanoatida avtogen, ya’ni o‘z-o‘zidan boradigan jarayonlar
sanoat miqyosida qo‘llanilmoqda. Ularga muallaq holatda boradigan mash’alli
eritish pechi va kislorodli muallaq elektrotermik pechi, minorali avtogen eritish
pechi va suyuqlikda boradigan avtogen eritish pechlari (Vanyukov pechi) kiradi.
Eritishjarayonlarini uchta asosiy turga bo‘lish mumkin:
1) tashqaridan doimiy issiqlik berib turiluvchi jarayonlar.
2) avtogen, ya’ni ichki kimyoviy reaksiyalar natijasida to‘liq o‘z-o‘zini
issiqlik bilan ta’minlaydigan jarayonlar.
3) aralash, ya’ni ham tashqaridan issiqlik beriladigan hamda ekzotermik
kimyoviy reaksiyalar natijasida issiqlik ajralib chiqadigan jarayonlar.
Avtogen jarayonlarga yuklanishi mo‘ljallangan xomashyo uchun alohida
talablar qo‘yiladi. Bu talablarning asosiysi uning tarkibidagi kerakli birikmalarning
kislorod bilan o‘zaro ta’siri natijasida ajralib chiqadigan issiqlikning xomashyo
yoki shixtani eritishga yetarli bo‘lishidadir.
Oltingugurt bilan birikkan moddalar avtogen jarayonlar uchun asosiy
xomashyodir. Chunki ular kislorod bilan reaksiyaga kirishib, ekzotermik holatni
yuzaga keltirib, quyidagicha issiqlikni chiqarishi mumkin. Masalan:
Cu
2
S–144,56 kJ/kg; FeS–368,36 kJ/kg; PbS–72,59 kJ/kg. (1.29)
Eritishning avtogenli maromi oltingugurtli moddalarning eritish turi
bo‘yicha quyidagicha bo‘ladi: piritli, xalkopiritli, pirrotinli yoki kislorodning
purkashdagi tarkibiga ko‘ra, nokerak jinslar va ashyoning tarkibi hamda
miqdoriga, purkash yo‘nalishiga, ya’ni pech tubidagi yoki yonidagi mash’alli
qatlamga, ichki va tashqi issiqlik almashinuviga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.
72
Yuqorida qayd etilgan oltingugurtli ashyo bilan qaysi usul yoki yo‘nalish
bo‘yicha jarayonning tanlanishi o‘z o‘rnida uning ichida oltingugurtning harorat
ostida parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik ashyoni to‘liq eritishga
o‘tmaydi. Asosiy harorat temir sulfidining (FeS) oksidlanishi natijasida ajralib
chiqadi. Buni quyidagi qiymatlardan bilish mumkin. Parchalangan 1 kg
oltingugurtning oksidlanishi natijasida 6792 kJ/kg issiqlik ajralib chiqsa, temir sulfi-
dining oksidlanishi natijasida 1 kg oltingugurt hisobida 14759 kJ/kg issiqlik ajralib
chiqadi.
Misli rudalar quyidagi beshta asosiy turga bo‘linadi: sochma mis (qumli
holda), porfirli mis, vanadiy-temirli mis, misli kolchedan va skarnli qazilma
boyliklaridir.
Birinchi turdagi sochma mis qazilma boyliklari ko‘proq Afrikada
aniqlangan. Bu turdagi sulfidli rudalar tarkibida misning miqdori 3–4 %, oksidli
rudalarda 3–14% ni tashkil etadi.
AQSH va Chilining asosiy xomashyosi keng tarqalgan turdagi porfirli mis
rudalar hisoblanadi. Ularning tarkibidagi misning miqdori 0,5–2% atrofida
bo‘ladi. Bu rudalar juda katta maydonlarni egallagan bo‘lib, yer qobig‘ining ustki
qismiga yaqin joylashganligi tufayli ularni ko‘proq ochiq usul bilan qazib olish
qulay. Asosan, yirik qazilma konlar Chilining Chukikamata viloyatida va
AQSHning San-Manuel, Bingxem-Kanon va ushbu mamlakatlarning boshqa
hududlarida joylashgan.
Kolchedanli qazilma konlar ko‘proq vulqonli jinslarda linza ko‘rinishida
uchrab turadi. Bunday qazilma konlar Ispaniyada, Skandinaviya mamlakatlarida,
Kanada va MDHning bir qancha respublikalarida uchrab turadi (asosan, Uralda).
Porfirli mis va misli kolchedan rudalarini boyitish natijasida ulardan
avtogen eritish jarayoni uchun kerakli bo‘lgan misli boyitmalar ajralib chiqadi.
Boshqa turdagi, ya’ni sochma mis, vanadiy-temirli mis va skarnli rudalarni
qayta ishlaganimizdan olingan boyitmalar esa avtogen jarayonlar talabiga javob
bermaydi.
73
Sochma mis rudalari tarqoq, qiyin boyitiladigan, tarkibi sulfidli va silikatli
tashkil etuvchilardan iboratdir. Hozirgi kunda ularni qazib olish, asosan, yo‘ldosh
birikmalar sifatida olib borilmoqda.
Misli qazilma boyliklar umuman 14%–36% rudali minerallardan tashkil
topgan. Ularning tarkibida 6–16% Fe va 7–13% S va boshqa birikmalar bor. Bu
turdagi rudalar ham avtogeneritish jadvaliga to‘g‘ri kelmaydi va asosan shixta
tarkibida qayta ishlanadi. Tarqoq rudalar minerallarning bir xilligi va kimyoviy
tarkibining doimiyligi bilan ajralib turadi. Ulardan olingan boyitmalar avtogen
eritish jarayonini ta’minlay oladi.
Mis metallurgiya sanoatida avtogen jarayonlar keng qo‘llanib keli-
nayotganligini e’tiborga olib, shu jarayonning fizik-kimyoviy xususiyatlari bilan
batafsilroq tanishib chiqamiz.
Oltingugurtga boy bo‘lgan ashyolarni avtogen jarayoni orqali eritishda
texnologik kislorod yordamida purkab, jarayonning muallaq holatda borishi
kislorodli-mash’alli eritish pechi degan nomni olgan bo‘lsa, muallaq holatda
mash’ala bo‘lib yonishi, so‘ng moddalarning parchalanib, erish haroratiga o‘tishi
kislorodli-muallaq holatdagi eritish pechi deb ataladi (KFP yoki KVP).
Bunday eritish usuli hozirgi kunda dunyoda 8 ta mamlakatda: Kanadadagi
“Kopper-Klif”, AQSHda Chino va Xayden hamda O‘zbekiston Respublikasining
Olmaliq mis eritish zavodlarida ishlab kelmoqda. Texnologik purkash orqali
muallaq holatda eritishning afzalliklaridan biri gorizontal mash’alli pechdir.
Eritish pechining ichidagi gorizontal holatdagi mash’alada oltingugurtning
toza kislorod bilan yuqori tezlikda oksidlanishi va unga nisbatan past tezlikda gaz
oqimining paydo bo‘lishi texnologik oqova gaz hajmining ko‘payib ketmasligiga
olib keladi.
Muallaq holatdagi eritish pechi yallig‘ qaytaruvchi pechga o‘xshamagan
bo‘lib, old qismida quritilgan shixta qorishmasi tepadan, pechning old qismidan
texnologik kislorod bilan purkalanadi.
Dostları ilə paylaş: |