3-Mavzu: Ishlab chiqarishning zararli va zaharli omillarini inson organizmiga ta’sirini hisoblash. Ishning maqsadi



Yüklə 19,3 Kb.
səhifə1/4
tarix20.09.2022
ölçüsü19,3 Kb.
#63838
  1   2   3   4
3-Mavzu Ishlab chiqarishning zararli va zaharli omillarini inso


3-Mavzu: Ishlab chiqarishning zararli va zaharli omillarini inson organizmiga ta’sirini hisoblash.


Ishning maqsadi:
1.Talabalarga ishlab chiqarishning zararli omillari haqida ma’lumot berish.
2.Talabalarga zaharli omillarini inson organizmiga ta’sirini o’rgatish.



  1. Changning zararliligini baholash

Qattiq moddaning havoda muallaq holatda bo‘la oladigan eng mayda zanachalar chang deb ataladi. Qurilish maydonida, qurilish materiallari tayyorlashda, tuproq qazish, ortish-tushirish, buyoqchilik va boshqa ishlami bajarishda havoga chang tarqaladi. Chang va tutun umumiy qilib aerozollar deb ataladi.
Qo‘mitaik va anqo‘mitaik changlar bo'ladi. Qo‘mitaik changlar jumlasiga o'simlik changi, yog'och changi va boshqalar kiradi. Anqo'mitaik chang jumlasiga mineral chang (kvarts, asbest changi va hokazolar) hamda metall changi (cho'yan, alyuminiy changi va hokazolar) kiradi. Metall changi, masalan, elektrgaz alangasida payvandlash jarayonida havoda tutunga qo'shilib aerozollar hosil qiladi.
Changlaming fizik va ximiyaviy xossalari ulaming dispersliligi, zarrachalarining shakli, erish qobiliyati hamda ximiyaviy tarkibiga bog'liq. Changning dispersliligi uning gigiena jihatidan baholash uchun eng muhim alomati hisoblanadi. Changlaming havoda muallaq holatda bo'lish davomliligi, nafas olish qo'mitalariga kirib borish chuquriigi, fizik-ximiyaviy aktivligi va boshqa xossalari chang zarrachalarining o'lchamlariga bog'liq. 200 mkdan katta chang zarrachalari tez o'tiradi. 200 mkdan kichik (0,1 mkgacha) chang zarrachalari havoning qarshiligi tufayli sekin o'tiradi. 0,1 mkdan kichik (ko'zga ko'rinmaydigan) chang zarrachalari deyarli o'tirmaydi va havoda tartibsiz harakatda bo'ladi. Bunday changning nafas olish qo'mitalariga kirishi katta. Modda qanchalik qattiq va uning maydalanishi qanchalik intensiv bo'lsa, uning disperslik darajasi shunchalik yuqori va inson organizmiga ta’siri shunchalik zararli bo'ladi. Qurilish industriyasi korxonalarining ishlab chiqarish xonalari havosida 70-80% 5 mk gacha
kaltalikdagi chang zarrachalari bo'ladi. Changning biologik aktivligi, xususan, uning inson organizmiga ta’syri (zaxarlash, yalliqlantirishi va hokazolar) changning ximiyaviy tarkibiga bog'liq.
Changning dispersligi ortishi, ya’ni maydalangan moddalaming solishtirma sirti kattalashishi bilan uning ximiyaviy aktivligi ortadi. Changning eruvchanligi katta axamiyatga ega. Agar chang zaxarli bo'lmasa va uning hujayralarga ta’siri ularni mexanik yalliqlantirishdangina iborat bo'lsa, bunday changning hujayra suyuqliklarida yaxshi erishi maqbul omil hisoblanadi. Zaxarli changning hujayra suyuqliklarida yaxshi eruvchanligi esa zararli omil bo'ladi.
Chang asosan nafas olish yo'llariga zararli ta’sir ko'rsatadi, ya’ni ularning yuqorigi bo'limlarini ham. o'pkani ham kasallantiradi, shuningdek teri va ko‘zga ta’sir qiladi. Nafas olganda nafas yo'llariga kiradigan 5 mk li va undan katta chang zarrachalarining hammasi yuqorigi nafas olish yo'llarida, birinchi navbatda, burun bo'shlig'ida ushlanib qoladi. Buning oqibatida shilliq parda shikastlanadi va yallig'lanadi. Bu holning oldi olinmasa, u zo'rayib, hatarga aylanadi burun bo'shlig'ining tozalash (filtrlash) xususiyati pasayadi. 5 mkdan kichik chang zarrachalari o'pkagacha kirib boradi. O'pkadan chang turli yo'llar bilan, masalan, limfatik yo'llar-yuvish yo'li bilan chiqarib yuboriladi (tozalanadi). Nafas olish yo'llariga chuqur kirib borib, u erda uzoq vaqt turib olgan chang pnevmokoniozlar kabi og'ir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu kasalliklar turlariga qarab ajratiladi. Silikoz - tarkibida erkin kremniy (IV) oksid 5102 bo'lgan changing ta’siri natijasida kelib chiqadi (bunday chang qurilish materiallari karerlarida, temir-beton va uysozlik kombinatlarida bo'ladi). Silikatoz - tarkibida bog'langan holatdagi kremniy (IV) oksid bo'lgan changning ta’sirida kelib chiqadi (silikatlar - qurilish materiallar chiqariladigan korxonalarda bo'ladi). Antrakoz - ko'mir changi ta’sirida paydo bo'ladi.
Sideroz - temir changi ta’sirida kelib chiqadi. Qurilishda shlaydigan kishilar o'pka shamollashi, dermatitlar. ekzemalar kabi kasalliklarga duchor bo'lishlari mumkin. Ekzemalar sintetik smolalar, ohak changi ta’sirida paydo bo'ladi. Serchang havoda teriga tushgan chang zarrachalari yo'q va teri bezlariga kirib ularni berkitib qo'yishi va ularning mikroblar kirishiga qarshilik ko'rsatish qobiliyatini pasaytirishi mumkin. O'tkir qirrali chang zarrachalari ko'zni shikastlashi mumkin. Ko'zga tez-tez chang lushishi ko'z jildining yalliqlanishi va ko'z pardasining o'zgarishiga olib keladi.



Yüklə 19,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin