93
Jarayonning mohiyati sulfidlarni toshqol eritmasida, kislorod yoki
kislorodga boyitilgan havo oqimida yondirishdan iboratdir. Jarayon kessonlangan
shaxtali pechda, eritmaning pastdan yuqoriga qarab ko‘tarilishi sharoitida amalga
oshiriladi.
Hozirgi paytda VP jarayoni yallig‘ pechda eritish o‘rnida qo‘llanilmoqda.
Norilsk va Balxash tog‘-metallurgiya kombinatlarida jarayon to‘la tatbiq etilgan.
Pechning xomashyosiga boyitma, flus va qattiq aylanuvchan moddalar kiradi.
Xomashyoning umumiy namligi 6–8 %. Pechga suyuq konverter toshqolini quyish
mumkin. Xomashyo pechning yuqori qismidan vannadagi eritmaga yuklanadi.
Shteyn va toshqol pechning qarama-qarshi tomonlaridan, sifon orqali chiqariladi.
Vanyukov pechining ko‘ndalang kesimi 1.6-rasmda keltirilgan
.
Dostları ilə paylaş: