90
Moskva po‘lat va qotishmalar institutining “Rangli og‘ir metallar metallur-
giyasi” kafedrasi olimlari tomonidan taklif etilgan yangi jarayon “suyuq
vannada
eritish” deb ataladi.
Uzoq yillar davomida otasi, professor Vladimir Andreyevich boshlagan
ishni sanoat miqyosida o‘g‘li, professor Andrey Vladimirovich Vanyukov tatbiq
qilib, yuksak yutuqlarga erishdi va metallurgiya sanoatiga o‘ta
unumdorligi bilan
ajralib turadigan yangi agregat olib kirdi. Pechni takomillashtirishda, uni har
tomonlama zamonaviy jihozlashda Moskva po‘lat va qotishmalar instituti olimlari
bilan birgalikda “Ginsvetmet” (rangli metallar bosh ilmiy
tadqiqot instituti,
Moskva shahri), “Gipronikel” (nikel ilmiy-loyiha tadqiqot instituti, Moskva
shahri), “Kazminsvetmet” (Qozog‘iston rangli metallar vazirligi), Qozog‘iston
Fanlar akademiyasi olimlari hamda Norilsk va Balxash kon-metallurgiya
kombinati, Ryazan ilmiy tadqiqot tajriba zavodi mutaxassislari va ilmiy xodimlari
faol ishtirok etishdi.
Avvaliga sinov bir necha bora Ryazan tajriba zavodi pechida o‘tkazilib,
yaxshi natija bergach, 1986-yili Norilsk kon-metallurgiya kombinatida to‘la
sinovdan o‘tkazildi. Har tomonlama
yaxshi natijalar olingach, uning texnik-
iqtisodiy ko‘rsatkichlari nafaqat o‘sha paytda sobiq Ittifoq sanoatida ishlab turgan
eritish pechlaridan, balki rivojlangan chet eldagi
ayrim pechlardan ham ustun
ekanligi namoyon bo‘la boshladi.
1987-yilda Ittifoq Vazirlar Kengashining qaroriga binoan, A.V. Vanyukov-
ning vafotidan so‘ng ushbu eritish pechiga “Vanyukov pechi”, jarayonga esa
“Vanyukov jarayoni” deb nom berildi. Asta-sekin ota-bola Vanyukovlar boshlagan
ishni uning shogirdlari Moskva po‘lat va qotishmalar institutining “Rangli og‘ir
metallar metallurgiyasi” kafedrasining mudiri professor, texnika fanlari doktori
Valentin Petrovich Bistrov va Aleksey Yakovlevich
Zaysevlar davom ettirib
kelmoqda. Ular yildan-yilga “Vanyukov pechi”ni takomillashtirib, yuqorida qayd
etilgan ikkita katta kon-metallurgiya kombinatida to‘la muvaffaqiyatli ishlashiga
olib keldilar.
91
Pechning sanoatga kirib kelishi va uning konstruktiv
yaratilishi uzoq
yillarda, asosan, o‘tmishdagi pirometallurgiya pechlarining mukammal takomil-
lashgan bir ko‘rinishi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Pechning shaxtasi to‘g‘ri
burchakli bo‘lib, orasida suv o‘tib turishiga mo‘ljallangan mis plitalari o‘rnatilgan.
Ana shu suv sovutkichlari yonidan doimiy kislorodli havo furma orqali yon
tomonidan purkab turiladi. Havo purkalangan suyuq vannaga yuqoridan har xil
hajmdagi qumoq shixta yuklab turiladi. Furmaning pastki qism bo‘limida
eritmadan
toshqol va shteyn ajralib, har ikkala tomonidan o‘rnatilgan sifonlar
orqali hosil bo‘lgan mahsulot pechdan tinimsiz chiqarib turiladi.
1.14-rasmda ko‘rsatilganidek, pechning asosiy qulayligi har ikkala yon
tomonidan kislorodning to‘g‘ri shixta tushayotgan eritma ostidan purkalanishidir.
Bu ustki va ostki purkalanish jarayonlariga qaraganda ancha qulay va issiqlik
massa almashinuviga o‘z ta’sirini yuqori me’yorda ko‘rsatadi.
Undan tashqari,
vannada erigan va hali erib ulgurmagan ashyolar aralashmasi harakatining bir xilda
biqirlashiga olib keladi. Ana shu eritmadagi bir xildagi doimiy ashyolarning
aylanishi va biqirlashi mayda sulfidli zarralarning bir-biriga to‘qnashishiga, buning
natijasida zarralarning yiriklashuviga olib keladi. Eritmada jarayon qanday holatda
ro‘y berishidan qat’i nazar (harakat, toshqol qovushqoqligi va hokazo),
kattalashgan shteyn zarralari pechning tubiga, shteyn fazasiga cho‘kadi.
Dostları ilə paylaş: